9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


-modda. Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganidan keyin qilgan harakatlari


Download 213.95 Kb.
bet21/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

143-modda. Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganidan keyin qilgan harakatlari
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganligini bilguncha yoki bilishi lozim bo‘lgunicha qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs yoki uning huquqiy vorislari uchun uchinchi shaxslarga nisbatan o‘z kuchini saqlab qoladi.
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lganidan keyin qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.
Agar uchinchi shaxs ishonchnomaning amal qilishi bekor bo‘lganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, ushbu moddaning qoidalari qo‘llanilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 101, 105, 134, 135, 141, 142-moddalari.
144-modda. Ishonchnomani qaytarish majburiyati
Ishonchnomaning amal qilishi bekor bo‘lganidan keyin ishonchnoma olgan shaxs yoki uning merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) darhol ishonchnomani qaytarib berishlari shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 101, 105, 134, 135, 141 — 143-moddalari.



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


qarori
Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya qilinishi ustidan nazorat faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 228-moddasiga muvofiq notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshirishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — adliya organlari) tomonidan davlat notarial idoralar notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat faoliyatini tashkil etish va o‘tkazish tartibi;
adliya organlari tomonidan tasdiqlangan yillik (choraklik) ish rejasiga muvofiq notariuslar faoliyatini har uch yilda bir marta rejali tekshirish tartibi;
adliya organlari tomonidan notariuslar faoliyatini reyd (har yili kamida bir marta), “sirli mijoz” va xizmat tekshiruvi (zaruratga qarab) ko‘rinishidagi qisqa muddatli tekshirish tartibi;
adliya organlari tomonidan notariuslar faoliyatini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi va adliya organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni muntazam o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladigan kameral tekshirish tartibi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling