9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi
Download 213.95 Kb.
|
FK 101-144
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-martdagi 57-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang. 4. O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar tuzish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin amalga oshiriladi. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda) 5. DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan avtomototransport vositalarining bozorlarda oldi-sotdisi va ayirboshlanishi, shuningdek avtomototransport vositalarini birjalar orqali sotish taqiqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. (5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son) Oldingi tahrirga qarang. 6. Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash mazkur Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. 7. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlash hamda rasmiy dilerlar tomonidan “TRADE-IN” dasturi bo‘yicha ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish boshqa shaxsga berish taqiqlanmaganligi va xatlab qo‘yilmaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi, tasarruf etish huquqisiz ishonchnomalar bundan mustasno. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomani rasmiylashtirish davomida murojaat qiluvchilar tomonidan avtomototransport vositalari agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechiriladi va bu haqda shartnomada aks ettiriladi. Rasmiy dilerlar tomonidan “TRADE-IN” dasturi bo‘yicha ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga qadar avtomototransport vositalari sotib oluvchining tanloviga ko‘ra, xohlagan DYHXX organlarida agregatlar raqamlari ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechirilishi lozim. Bunda agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ma’lumotnoma taqdim etiladi va ushbu ma’lumotnoma ko‘zdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari, ko‘zdan kechirilgan sana ko‘rsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qo‘yilgan holda shtamp bilan tasdiqlanadi. Shtamp 10 kun mobaynida amal qiladi. Avtomototransport vositasi ko‘zdan kechirilganligi uchun to‘lov undirilmaydi. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12 avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son) Oldingi tahrirga qarang. 8. Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash faqat qat’iy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo‘lgan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda ishonchnoma bo‘yicha ishonchli shaxsga, boshqa shaxsga berish shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchiga va ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchiga, tekin foydalanish shartnomasi bo‘yicha ssuda oluvchiga, garov shartnomasi bo‘yicha pul beruvchiga, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga berilishi kerak bo‘lgan birinchi nusxa gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Agar ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, u ishonchli shaxslar soni bo‘yicha gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Qolgan nusxalarda gerbli (maxsus) blankaning seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatiladi. Gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular bo‘yicha hisobot berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Konsullik muassasalari ishonchnomalarning gerbli (maxsus) blankalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ta’minlanadi. (8-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda) Download 213.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling