9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Download 213.95 Kb.
|
FK 101-144
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh., 2006-yil 7-mart, 38-son Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qaroriga ILOVA Oldingi tahrirga qarang. Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi (ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda) NIZOM Oldingi tahrirga qarang. 1. Ushbu Nizom avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini, boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta), ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qo‘yish, lizing shartnomalarini (keyingi o‘rinlarda “avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar” deb yuritiladi) rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda) 2. Mazkur Nizomning amal qilishi: yuridik shaxslar tomonidan mazkur yuridik shaxslarning xodimlariga avtotransport vositalaridan foydalanishga ishonchnomalar berilishi hollariga; Oldingi tahrirga qarang. transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlariga (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) transport vositasidan foydalanish va boshqarishni berish hollariga; (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 915-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 09/19/915/4033-son) Oldingi tahrirga qarang. yengil avtomobillarni, mototransport vositalarini ijaraga berish xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini, shuningdek karshering tashkilotlari yo‘lovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik shaxslarga o‘ttiz kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish yuzasidan oddiy yozma shartnomalar tuzish hollariga; (2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb ataladi) ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan transport vositalariga tatbiq etilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 3. Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlanishi kerak. Avtomototransport vositalarini: ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari (avtomototransportni ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularning vakillari va vositachi (distribyutorlik) tashkilotlar); lizing shartnomalari bo‘yicha lizing xizmatlari ko‘rsatadigan tashkilotlar (yengil avtotransport vositalari lizingidan tashqari); yuridik shaxslar bilan lizing shartnomalari bo‘yicha mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini kamida 2,0 mlrd so‘m miqdorida ustav kapitaliga ega bo‘lgan kredit tashkilotlari va asosiy faoliyat turi lizing hisoblangan tashkilotlar; Oldingi tahrirga qarang. “TRADE-IN” dasturi bo‘yicha fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy dilerlik korxonalariga; (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 876-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/876/3927-son) Oldingi tahrirga qarang. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining tuman (shahar) bo‘limlari davlat ijrochilari tomonidan belgilangan tartibda kimoshdi savdolarida sotish holatlari bundan mustasno. (3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son) “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari konsullari tomonidan ham tasdiqlanadi. Download 213.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling