9-bob. Yakunlovchi qoidalar
49-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining va ular mansabdor shaxslarining ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan bank kreditlarini olishda qonunchilikda belgilangan tartibda kafil bo‘lishi mumkin.
(49-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 22-bobi 4-§ (Kafillik).
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga doir ishlarni tashkil etish hamda boshqa masalalar bo‘yicha hamkorlik qiladi.
50-modda. Boshqaruvchi tashkilotlar, boshqaruvchilar va shirkatlarning birlashmalari
Boshqaruvchi tashkilotlar, boshqaruvchilar va shirkatlar o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish, tajriba almashish, umumiy manfaatlarni ifoda etish va himoya qilish, davlat boshqaruvi va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni ta’minlash, shuningdek faoliyatning boshqa masalalarini hal etish maqsadida assotsiatsiyalarga (ittifoqlarga) birlashishga haqli.
LexUZ sharhi
Uyushma (ittifoq)ning huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasida belgilangan.
51-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |