9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi
Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Download 213.95 Kb.
|
FK 101-144
Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni hamda ularni rasmiylashtirishni yanada tartibga solish, avtomototransport vositalari bilan bitishuvlarni sodir etishda fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash hamda jinoyatchilikning oldini olish va huquq-tartibotni mustahkamlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalar va bitishuvlarni rasmiylashtirishning belgilangan tartibini ta’minlash, belgilangan qoidalarga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin. Oldingi tahrirga qarang. Belgilangan tartib buzilishi aniqlangan taqdirda aybdor mansabdor shaxslar javobgarlikka, zarur hollarda jinoiy javobgarlikkacha tortilsin. (1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda) Oldingi tahrirga qarang. 2. Belgilansinki, 2008-yil 1-dekabrdan boshlab: notariuslar tomonidan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini, boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta), ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qo‘yish, lizing shartnomalarini notarial tasdiqlash faqat “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo‘lgan qat’iy hisobot beriladigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi; notarial tasdiqlangan boshqa shaxsga berish shartnomalari ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak, foydalanish va (yoki) tasarruf etish huquqiga ishonchnomalar va ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qo‘yish, lizing shartnomalari esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining DYHXX organlarida hisobga qo‘yilishi kerak (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda) 3. Belgilab qo‘yilsinki, avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqiga oldin berilgan ishonchnomalar mazkur qarorga muvofiq ular amal qilishining qolgan muddatiga qayta rasmiylashtirilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan ishonchnomalar 2007-yil 1-yanvargacha davlat boji undirilmasdan qayta rasmiylashtirilishini ta’minlasinlar. Ishonchnomalar qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etilmagan taqdirda 2007-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. 4. Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining DYHXX organlari aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortgan va ularni transport vositasini boshqarishdan vaqtincha chetlatgan holda avtomobil egalari tomonidan avtomototransport vositalarini rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishi ustidan tegishli nazoratni amalga oshirsin. (4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda) 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin; idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri B. Mustafoyev va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. Matlyubov zimmasiga yuklansin. Download 213.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling