9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


Download 213.95 Kb.
bet64/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Gerbli (maxsus) blankalardagi ishonchnomalar va bitimlar notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida gerb yig‘imi undiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Gerb yig‘imidan tushadigan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga;
50 foizi –O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi va gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar bankini yaratishga, shuningdek adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga maqsadli tartibda sarflanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-dekabrdagi 413-sonli qaroriga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 603-modda)
Gerbli (maxsus) blankalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish shartnomalari, shuningdek avtotransport vositalarini ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari va kimoshdi savdolari orqali sotish shartnomasi (bayonnoma) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son qaroriga muvofiq bir vaqtning o‘zida avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazgan va hisobdan chiqargan holda sotib oluvchining yashash joyidagi (turgan joyidagi) DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Avtotransport vositalarini 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga, mototransport vositalarini 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga istisno tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi ushbu shaxslarga rasmiylashtiriladi, guvohnomaga va avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish kartochkasiga: “Transport vositasi egasi 18 (16) yoshga to‘lgunga qadar vasiylik va homiylik organlarining yoki ularning qonuniy vakillarining (ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarning) ruxsatisiz avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar tuzish taqiqlanadi” yozuvi kiritiladi.
Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar (ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari va kimoshdi savdolari orqali sotish bo‘yicha boshqa shaxsga berish shartnomalari, shartnomalar (bayonnomalar) bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda avtomototransport vositasi ro‘yxatga olingan joydagi DYHXX organlarida hisobga qo‘yilishi kerak”;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab 10 kun mobaynida DYHXX organlarida ro‘yxatga olish (hisobga qo‘yish) uchun taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar tomonidan avtotransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomalar bilan bog‘liq ma’lumotlar DYHXXning elektron ma’lumotlar bazasiga “yagona darcha” tamoyili asosida avtomatik ravishda yuboriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
DYHXX organlari tegishli notarial idoralardan ularga nisbatan avtomototransport vositalari bilan bitimlar tasdiqlangan avtomototransport vositalariga tegishli tezkor ma’lumotlarni olish yo‘li bilan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar avtomobil egalari (ijaraga oluvchilar va ishonchli shaxslar) tomonidan DYHXX organlarida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishi (hisobga qo‘yilishi) bo‘yicha talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalarini mazkur band talablarini buzgan holda boshqarish qonunchilikka muvofiq haydovchilar transport vositasini boshqarishdan vaqtincha chetlatilgan holda ularni ma’muriy javobgarlikka tortishga olib keladi.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan gerbli blankalar bo‘yicha har oylik hisobot yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi yilning har choragida tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar bo‘yicha taqqoslash o‘tkazadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial idoralarida avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish va taqiqlanganligi va xatlab qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki (hujjatli) shakllantirilishini ta’minlaydi. Ma’lumotlar bankini shakllantiradigan notarial idoralari ro‘yxati tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan DYHXX organlari bilan birgalikda qo‘shimcha ravishda tegishli hudud bo‘yicha boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki yuritiladi.
Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanishi va taqiq olib tashlanishi, shuningdek boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish tartibi boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mazkur Nizomni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur Nizom talablarini tushuntirish va avtomototransport vositalari egalari e’tiboriga yetkazish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
15. Mazkur Nizom 2006-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 10-son, 77-modda; 2008-y., 43-son, 434-modda; 2009-y., 17-son, 214-modda; 2010-y., 13-son, 98-modda; 2011-y., 7-8-son, 65-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 52-son, 603-modda; 2017-y., 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/863/2098-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/876/3927-son; 19.11.2019-y., 09/19/915/4033-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)



O‘zbekiston Respublikasining qonuni



Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling