80-modda. Ijro xatini taqdim etish muddatlari va ijro xati bo‘yicha undirib olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro xati, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, u yozilgan kundan boshlab uch yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi.
Ijro xatini taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini, shuningdek ijro xati bo‘yicha undirishni tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(80-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi.
14-bob. VEKSELNI PROTEST QILISh. ChEKNI TO‘LOVGA TAQDIM ETISh VA ChEKNING TO‘LANMAGANLIGINI TASDIQLASh
81-modda. Vekselni protest qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius puli to‘lanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi ko‘rsatilmagan vekselni qonunchilikka muvofiq protest qiladi.
(81-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
82-modda. Chekni to‘lovga taqdim etish va chekning to‘lanmaganligini tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
To‘lovchining turar joyidagi notarius to‘lovga taqdim etilgan chekni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi.
(82-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 807 — 816-moddasi.
Chek to‘lanmagan taqdirda notarius chekning to‘lanmaganligini unga yozib qo‘yish yo‘li bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank to‘lamaganligi va bu xususda chekka yozib qo‘yilganligi haqida bildirish xati yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 814-moddasi.
Chek to‘lanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga ko‘ra ijro xatini yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |