9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


-modda. Dengiz protestlari haqida ariza berish muddatlari


Download 213.95 Kb.
bet113/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

86-modda. Dengiz protestlari haqida ariza berish muddatlari
Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma to‘rt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib chiqargan hodisa portda yuz bergan bo‘lsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan boshlab yigirma to‘rt soat ichida berilishi kerak.
Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada ko‘rsatilishi kerak.
87-modda. Dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzish
Notarius kapitanning arizasi, kema daftaridagi ma’lumotlar, shuningdek kapitanning o‘zi hamda kema qo‘mondonligi tarkibidan kamida ikki guvohni va kema komandasi tarkibidan ikki guvohni so‘roq qilish asosida dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzadi va uni o‘z imzosi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga beriladi.
17-bob. ChET EL HUQUQI NORMALARINING QO‘LLANILIShI. XALQARO ShARTNOMALAR
88-modda. Notarius tomonidan chet el huquqi normalarining qo‘llanilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, xalqaro shartnomalarga muvofiq chet el huquqi normalarini qo‘llaydi.
Notarius xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul qilib oladi, shuningdek, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilgan shaklda tasdiqlovchi ustxatlar yozadi.
(88-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
89-modda. Meros mol-mulkni qo‘riqlash va merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning O‘zbekiston Respublikasi hududida qolgan mol-mulkini qo‘riqlash yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etganidan keyin chet el fuqarosiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni qo‘riqlash, shuningdek bunday mol-mulk xususida merosga bo‘lgan huquq haqida guvohnomalar berish bilan bog‘liq harakatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(89-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling