9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


Download 213.95 Kb.
bet116/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-may,
111-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 25-maydagi 111-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
(yo‘riqnoma nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vasiyatnoma — fuqaroning o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkini yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini o‘zi vafot etgan taqdirda boshqa shaxsga o‘tkazish xususidagi xohish istagi bildirilgan hujjat;
ishonchnoma — bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat.
Oldingi tahrirga qarang.
ariza — fuqaroning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki ulardan voz kechish haqidagi istagi bayon etilgan hujjat.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 136 va 1126-moddalari hamda Qonunning 26-moddasiga muvofiq quyidagilar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar va ishonchnomalarga tenglashtiriladi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot bo‘yicha o‘rinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, qariyalar va nogironlar uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ostida suzib yurgan kemalarda safarda bo‘lgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga o‘xshash boshqa ekspeditsiyalarda bo‘lgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar bo‘lmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi bo‘lmagan shaxslarning, ular oila a’zolarining hamda harbiy xizmatchilar oila a’zolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism bo‘yicha o‘rinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuqorida sanab o‘tilgan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar (keyingi o‘rinlarda mansabdor shaxslar deb yuritiladi) tarkibi kengaytirib talqin etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Davolash muassasalarida davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashayotgan, qidiruv yoki shunga o‘xshash boshqa ekspeditsiyalarda bo‘lgan fuqarolar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash masalalari bo‘yicha umumiy asoslarda notarial idoralarga murojaat etish huquqiga egadir.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-oktabrdagi 242-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-2, 29.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/2231-2/1430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mansabdor shaxslar vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek mazkur Yo‘riqnomaga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
4. Mansabdor shaxslarning va amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirig‘i bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning o‘zigagina berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlarning maxfiyligini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mansabdor shaxs vasiyat qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga yoki ariza beruvchiga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashadi. Shu maqsadda:
vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni rasmiylashtirishdan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarni ularga tushuntiradi;
vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash munosabati bilan vujudga keladigan oqibatlar to‘g‘risida ogohlantiradi;
fuqarolarning iltimosiga ko‘ra zarur hollarda vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar loyihalarini tuzadi;
vasiyatnomalar va ishonchnomalarni o‘zgartirish yoki bekor qilish tartibini tushuntiradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling