9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


Download 213.95 Kb.
bet118/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

Oldingi tahrirga qarang.
8. Vasiyatnoma, ishonchnoma yoki arizani tasdiqlashdan oldin mansabdor shaxs hujjat loyihasini ovoz chiqarib o‘qib beradi yoxud murojaat qiluvchining o‘zi uni o‘qib chiqadi. Agar vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi hujjat loyihasining matniga rozi bo‘lsa, u mansabdor shaxs ishtirokida uni imzolaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Agar murojaat qiluvchi jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra vasiyatnomani, ishonchnomani yoki arizani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va mansabdor shaxs hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda vasiyatnoma yoki ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida ko‘rsatilishi hamda hujjatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etilishi lozim.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Quyidagi shaxslar vasiyat qiluvchining o‘rniga vasiyatnomani imzolashi mumkin emas:
mansabdor shaxs;
vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan vasiyat majburiyati yuklatilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs, uning eri (xotini), bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari, shuningdek vasiyat qiluvchining qonun bo‘yicha merosxo‘rlari;
to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmagan fuqarolar;
savodsiz bo‘lgan shaxslar va vasiyatnomani o‘qiy olmaydigan boshqa shaxslar;
yolg‘on guvohlik berganlik uchun muqaddam sudlangan shaxslar.
Oldingi tahrirga qarang.
Mansabdor shaxs ishonch bildiruvchining yoki ariza beruvchining o‘rniga ishonchnomani imzolashi man etiladi.
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarning matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan yozilishi lozim.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Qo‘shimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida mansabdor shaxsning imzosidan oldin takroran izohlanishi, mansabdor shaxsning imzosi va tegishli tashkilotning muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar mansabdor shaxsning imzosidan oldin izohlanishi hamda uning imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, o‘chirilgan barcha so‘zlarni va raqamlarni boshlang‘ich matnda o‘qish imkoni bo‘lishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Vasiyatnoma, ishonchnoma yoki ariza qonun talablariga muvofiq bo‘lmagan, ya’ni qonunlarni chetlab o‘tish maqsadida davlat va jamiyatning manfaatlariga zid holda amalga oshirilayotgan taqdirda mansabdor shaxs bunday notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
12. Mansabdor shaxs o‘z nomiga va o‘z nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va o‘zining qarindosh-urug‘lari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tug‘ishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bog‘langan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni tasdiqlashga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni ro‘yxatga olish kitobida qayd etiladi. Hujjat qayd etilgan tartib raqami tegishli hujjatning barcha nusxalaridagi tasdiqlovchi yozuvga qo‘yiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling