9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


II. Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlashning umumiy qoidalari


Download 213.95 Kb.
bet117/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

II. Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlashning umumiy qoidalari
(II-bob nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Mansabdor shaxs voyaga yetgan shaxslarning murojaatiga binoan ularning vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalarini tasdiqlaydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlashda mansabdor shaxs murojaat qiluvchilarning shaxsini, shuningdek fuqarolarning muomala layoqatini aniqlaydi.
Mansabdor shaxs murojaat qiluvchilarning shaxsini quyidagi hujjatlarga asosan aniqlaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 21-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-3, 22.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 10/21/2231-3/0987-son)
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 21-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-3, 22.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 10/21/2231-3/0987-son)
Oldingi tahrirga qarang.
chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 21-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-3, 22.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 10/21/2231-3/0987-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsi — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 21-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-3, 22.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 10/21/2231-3/0987-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mansabdor shaxsda murojaat qiluvchining ruhiy holatining buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lsada (shubha tug‘dirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, u vasiyatnomani, ishonchnomani yoki arizani tasdiqlashni kechiktiradi va sudning shu fuqaroni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori bor-yo‘qligini aniqlaydi. Agar mazkur fuqaro sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, mansabdor shaxs notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi. Agar mansabdor shaxsning ushbu harakatidan murojaat qiluvchi norozi bo‘lsa, mansabdor shaxs uning ustidan shikoyat qilinishi mumkinligini tushuntiradi.
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-oktabrdagi 242-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-2, 29.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/2231-2/1430-son)
Agar mazkur fuqaro sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan bo‘lsa, mansabdor shaxs notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining roziligini talab etadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling