9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi
-modda. Notariusning mustaqilligi va betarafligi
Download 213.95 Kb.
|
FK 101-144
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-modda. Notarial harakatlarning maxfiyligi
5-modda. Notariusning mustaqilligi va betarafligi
Oldingi tahrirga qarang. Notarius o‘z faoliyatida mustaqil va betaraf bo‘lib, uni amalga oshirishda notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka amal qiladi. (5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 6-modda. Notarial harakatlarning maxfiyligi Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlar to‘g‘risida o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi. Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning o‘zigagina berilishi mumkin. Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida bo‘lgan ishlar munosabati bilan ularning talabiga binoan beriladi. Notariuslar tomonidan shuningdek: Oldingi tahrirga qarang. maxsus vakolatli davlat organiga — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar); (6-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son) davlat soliq xizmati organiga — ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalar; ichki ishlar organiga — avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga o‘tkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga — boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami to‘g‘risidagi va oluvchi haqidagi ma’lumotlar; (6-modda to‘rtinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son) kredit byurosiga uning so‘roviga ko‘ra — bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar); rieltorlik tashkilotiga uning so‘roviga ko‘ra — bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar); manfaatdor shaxslarga vasiyat qiluvchining vafotidan keyin — vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar beriladi. Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi maqsadida uning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”ning 5-bandi. Ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) taqdim etish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshirilishi mumkin. (6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Download 213.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling