9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi
-modda. Notarius faoliyatidagi cheklovlar
Download 213.95 Kb.
|
FK 101-144
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-modda. Davlat notarial idorasi
7-modda. Notarius faoliyatidagi cheklovlar
Notarius: ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga; shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish chog‘ida vositachilik xizmati ko‘rsatishga; faksimiledan foydalanishga va shaxsiy muhrni boshqa shaxslarga berishga, bundan uning litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilgan davrga muhrni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga topshirishi mustasno; ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda o‘z idorasi joylashgan hududdan tashqarida faoliyatni amalga oshirishga haqli emas. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzmasdan turib o‘z faoliyatini amalga oshirishga ham haqli emas. Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan cheklov davlat notarial idorasining boshqa xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. (7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Oldingi tahrirga qarang. 8-modda. Davlat notarial idorasi Davlat notarial idoralari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi. Davlat notarial idorasi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi. Davlat notarial idorasining nomida “davlat notarial idorasi” degan so‘zlar bo‘lishi, tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi va zarur bo‘lganda, davlat notarial idorasining raqami bo‘lishi kerak. (8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Oldingi tahrirga qarang. 81-modda. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Oldingi tahrirga qarang. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius yuridik shaxs tashkil etmagan holda o‘z idorasiga ega bo‘lishga, bank hisobvarag‘i va boshqa shaxsiy hisobvaraqlar ochishga, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishga hamda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga, sudda o‘z nomidan ishtirok etishga hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli. (81-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning idorasi tugatilganda kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan so‘ng qolgan mol-mulk notariusning tasarrufida qoladi va unga soliq solinmaydi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial idoraning xodimlarini lavozimga tayinlashda va lavozimidan ozod qilishda mustaqildir, bundan ushbu Qonunning 21 va 22-moddalarida ko‘rsatilgan hollar mustasno. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius idorasining nomida “xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius” degan so‘zlar bo‘lishi va tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi kerak. Download 213.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling