9. Elektr stansiyalarning o‘z ehtiyoj sxemalari


Download 116.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.10.2023
Hajmi116.09 Kb.
#1712268
Bog'liq
9.Elektr stansiyalarning o‘z ehtiyoj sxemalari



9. Elektr stansiyalarning o‘z ehtiyoj sxemalari 
Elektr stansiyalarning o‘z ehtiyoj istemolchilari tarkibi elektr stansiya turi, 
undagi transformatorlar quvvati, sinxron kompensatorlar mavjudligi, elektr 
qurilmalar turiga bog‘liq bo‘ladi. Elektr stansiyalarning o‘z ehtiyoj istemolchilari 
soni soddalashtirilgan sxema asosida qurilgan elektr stansiyalarda, doimiy 
navbatchilik 
tashkil 
qilinmagan 
ob’ektlarda 
bo‘ladi. 
Bu 
istemolchilar: 
trnasfomatorlarni shamollatish motorlari, QR va QN yuritmalarni qizdirish
taqsimlash qurilmalari jamlanmasi hamda yoritish uskunalari kiradi. 
Yuqori kuchlanish uzgichlari qo‘llanilgan nimstansiyalarda compressor 
qurilmalari, operativ toki o'zgarmas tokda nimstansiyalarda esa zaryadlash va 
razryadlash qurilmalari qo‘shimcha o‘z ehtiyoj qurilmalaridir. Sinxron 
kompressorlar o‘rnatilganda ularning podshipniklarini moylash tizimi, sovutish mi 
nasoslari kiradi. 
Elektr stansiyalarning muhim o‘z ehtiyoj istemolchilariga operativ zanjirlar, 
aloqa tizimi, telemexanika, transformatorlarni sovutish tizimi, avariyaviy yoritish 
tizimi, yong‘in o‘chirish tizimi, kompressor energiya qabul qilgichlari kiradi.
O‘z ehtiyoj istemolchilari quvvati kichik, shuning uchun 380/220 V tizimiga 
ulanadi.
O‘z ehtiyoj transformatorlari quvvati o‘z ehtiyoj istemolchilari yuklamasidan 
yuklanish koeffitsienti hisobga olib tanlanadi, bunda yozgi va qishqi yuklanish 
alohida hisobga olinadi.
110-220 kV kuchlanishli nimstansiya uchun o‘z ehtiyoj transformatorlari 
quvvati chegarasi 630 kVA dan oshmasligi kerak. Texnik - iqtisodiy asoslanganda 
u
к
=8% da 1000 kVA transformator qo‘llanilishiga ruxsat beriladi.
330 kV va undan yuqori kuchlanishli nimstansiya uchun o‘z ehtiyoj 
transformatorlari quvvati chegarasi 1000 kVA dan oshmasligi kerak. 
Har bir nimstansiyada 2 tadan kam bo‘lmagan o‘z ehtiyoj transformatorlari 
o‘rnatiladi.
Bir transformatorli nimstansiyalarda ikkinchi transformator elektr ta’minoti 
mahalliy elektr tarmoqlaridan amalga oshiriladi.
Ikki transformatorli nimstansiyalarda ish endi boshlanganda bir transformator 
o‘rnatishga ruxsat beriladi.
Nimstansiya operativ zanjirlarida o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok ishlatilishi 
mumkin.
O‘zgarmas operativ tok 330-750 kV kuchlanishli barcha nimstansiyalarda, 
110/220 kV kuchlanishli 3 va undan ortiq moyli uzgichlar qo‘llanilsa, 110/220 kV 
kuchlanishli nimstansiyalarda havo uzgichlari bo‘lsa qo‘llaniladi.
O‘zgaruvchan operativ tok yuqori kuchlanishli uzgichlarsiz 35-220 kV 
kuchlanishli nimstansiyalarda qo‘llaniladi. Bir yoki ikki yuqori kuchlanishli uzgichli 
110 kV kuchlanishli nimstansiyalarda to‘g‘rilangan o‘zgarmas tokdan foydalanish 
mumkin.


 
1-rasm. Elektr stansiyalarning o‘z ehtiyoj sxemalari:
a - o‘zgaruvchan operativ tokli; b - o‘zgarmas operativ tokli 
O‘zgaruvchan operativ tok nimstansiyalarda o‘z ehtiyoj transformatorlari T1, 
T2 bosh trasformator kirishiga payvandlash orqali ulanadi. 6-10 kV kuchlanishli 
shinalarda kuchlanish to‘liq yo‘qolsa 6-10 kV kuchlanishli uzgichlarni boshqarish 
uchun kerak.
0,4 kV shinasi seksiyalanadi. O‘zgaruvchan operativ tok zanjirlari ta’minoti TS 
stabilizatorlar orqali chiqishida 220 V bilan amalga oshiriladi.
O‘zgarmas operativ tok nimstansiyalarda o‘z ehtiyoj transformatorlari T1, T2 
6-35 kV li shinalarga ulanadi. Agar 6-35 kV kuchlanishli taqsimlash qurilmalari 
mavjud bo‘lmasa o‘z ehtiyoj transformatorlari asosiy transformator past kuchlanish 
chulg‘amiga ulanadi.

Download 116.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling