Golji apparati 1889 yilda italiyalik olim K. Golji tomonidan nerv hujayralarida kashf etilgan. Oddiy yorug’lik mikroskopida tekshirilganda to’rsimon ko’rinishga ega bo’lganligi uchun shunday nom berilgan. U hamma eukariot hujayralarda uchraydi. Elektron mikroskopda tekshirilganda Golji apparati yassilangan bo’shliqlar, yirik vakuolalar va mayda pufakchalardan tuzilganligini ko’rish mumkin. Uning membranalari silliq tuzilgan. Golji apparati bo’shliqlari evdoplazmatik to’r kanalchalari bilan tutashib ketadi. Endoplazmatik to’rda sintezlangan moddalar Golji apparati bo’shlig’iga o’tadi, u joyda konsentrasiyalanib, ma’lum shaklga kirib, tashqariga chiqarish uchun tayyorlanadi yoki hujayraning o’zida sarflanadi. Golji apparati, shyningdek uglevodlar sintezida, lizosomalar va hujayra membranalarini hosil qilishda qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |