9-labaratproya Mavzu: Hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Reja


Download 79.6 Kb.
bet18/18
Sana09.11.2021
Hajmi79.6 Kb.
#172592
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
9-L. Hujayraning tuzilishi va kimyoviy tarkibi.

Hujayralar evolyusiyasi. Prokariot hujayralarning eukariotlardan oldin paydo bo’lganligi aniqlangan. Paleontologiya ma’lumotlariga ko’ra prokariotlar bundan 3,5 mlrd. yil ilgari, eukariotlar esa 1-1,5 mlrd. yil ilgari paydo bo’lgan. Usha holat, shyningdek asosiy biokimyoviy jarayonlarning har ikkala hujayralarda bir-biriga o’xshashligi eukariotlarning dastlabki prokariot hujayralardan kelib chiqqanligi to’g’risida taxminlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.

Simbioz gipotezasiga binoan eukariot hujayralar har xil prokariot hujayralarning bir-biriga qo’shilib simbioz hayot kechirishga moslashishi natijasida kelib chiqqan. Taxmin qilinishicha asosiy xujayin hujay­ralar amyobasimon harakatlanuvchi prokariotlar bo’lgan. Aerob pro­kariotlarning bu hujayraga kirib, asta-sekin o’zgarishi natijasida mitoxondriyalar, hozirgi spiroxetalarga o’xshagan bakteriyalarning kirib o’zgarishi natijasida xivchinlar paydo bo’lgan. Yashil o’simliklarning xloroplastlari esa ko’k-yashil suv o’tlarining simbiont-prokariotlaridan kelib chiqqan. Evolyusiya jarayonida asta-sekin simbiont hujayralar genlarining bir-biriga o’tib qo’shilishi natijasida yadro paydo bo’lgan. Eukariotlarning endoplazmatik to’r, Golji anparati membranalari va boshqa membranali tuzilmalari yadro qobig’ining tashqi membranasi hisobiga paydo bo’lgan deb taxmin qilinadi.

Invaginasiya gipotezasiga ko’ra eukariot hujayralarning ajdodi prokariotlar hisoblanadi. Bu gipotezaga binoan o’z DNKsi bo’lgai organoidlar mitoxondriyalar, xloroplastlar va yadro hujayra qobig’ining sitoplazmaga botib kirishi natijasida hosil bo’lgan. Bu gipoteza bilan mitoxondriyalar, xloroplastlar va yadroning 2 qavat membrana bilan o’ral­ganligini oson tyshyntirish mumkin. Shunday qilib, eukariot hujayra­larning hosil bo’lishi irsiy apparatning murakkablashishiga, mitoz va meyoz usullarida bo’linishning kelib chiqishiga olib keladi, natijada irsiy o’zgaruvchanlik jarayonlari jadallashadi. O’sha sabablar 1 mlrd. yil davomida eukariot hujayralarning oddiy bir hujayralilardan tortib sut emizuvchilar va odamgacha rivojlanishiga imkoniyat yaratdi.
Nazorat savollari:

1. Hujayraning kimyoviy tarkibi?

2. Hujayra organoidlari haqida nima bilasiz?

3. Yadroning tuzilishi va vazifalari?



4. Hujayralar evolyusiyasi?
Download 79.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling