Hujayra markazi - hayvon hujayralarining va ba’zi o’simlik hujayralarining membpanasiz organoidi hisoblanadi, yadroning yoniga joylashgani uchun uni sentrosoma (lotincha sentrum - markaz, soma -tanacha so’zlaridan olingan) deb ataladi. Diploid hujayralar ikki juft sentriolalardan tashkil topadi. Sentriola naysimon tuzilgan bo’lib, uzunligi 0,3-0,5 mkm, diametri esa 0,1-0,2 mkm ga tengdir. Sentruolanung devorini 9 mikronaycha tripletlari- uchliklari hosil qiladi. Murakkab o’simliklar, ba’zi zamburug’lar, suv o’tlari, sodda hayvonlarda hujayra markazi aniqlanmagan.
Sentriolalarning funksiyasi hozirgacha to’liq aniqlanmagan. Ular bo’linish dukini hosil qilishda qatnashadi, deb taxmin qilinadi. Chulki sentriolalardan bo’linish dukining mikronaychalari tarqaladi. Bo’linish duki sentriolalari bo’lmagan o’simlik hujayralarida ham hosil bo’lishi mumkinligini unutmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |