9-labaratproya Mavzu: Hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Reja
Sitoskeletni hosil qiluvchi organoidlar
Download 79.6 Kb.
|
9-L. Hujayraning tuzilishi va kimyoviy tarkibi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikronaychalar
Sitoskeletni hosil qiluvchi organoidlar. Sitoskelet - hujayraning tayanch-harakat sistemasidir. Sitoskeletni mikronaychalar va mikrofibrillalar hosil qiladi.
Mikrofibrillalar diametri 4-7 nm ga teng bo’lib, aktin va boshqa oqsillardan tashkil topgan. Mikrofibrillalar plazmatik membrana tagida va sitoplazmada parallel holda ustma-ust joylashgan nozik ipchalardan iborat. Mikrofibrillalar hujaypaning shaklini belgilashda, biron buyumga yopishishda, amyobasimon harakatida, shyningdek hujayra mitozida sitoplazmani teng ikkiga bo’luvchi qisqaruvchi halqa hosil qilishda ham ishtirok etadi. Mikronaychalar - oqsildan tuzilgan naychalar bo’lib, ularning diametri 25 nm ga, uzunligi esa 200 nm ga teng, ularni ham mikrofibrillalar kabi faqat elektron mikroskopda ko’rish mumkin. Mikronaychalar asosan tubulin oqsilidan tuzilgan. Bu organoid bo’linish dukini hosil qiladi, xromosomalarning mitoz va meyozda qutblarga ajpalishini ta’minlaydi, sitoskeletni, hujayra qobig’ini hosil qilishda qatnashadi. Mikronaychalar kiprikchalar, xivchinlar va sentriolalar tarkibiga ham kiradi. Hujayraning harakatlanishida kiprikchalar va xivchinlar kabi maxsus organoidlar qatnashadi. Ular bir hujayralilarda ham, ko’p hujayralilarda ham uchraydi. Xivchinlilar sinfiga kiruvchi (masalan, tufelka) bir hujayralilar, spermatozoidlar xivchinlar yordamida harakatlanadi. Infuzoriyalar sinfiga kiruvchi sodda hyvonlarda kiprikchalar harakat organoidi hisoblanadi. Odamning nafas yo’llari epiteley hujayralarida ham kiprikchalar mavjud. Bu kiprikchalar har xil yot narsalarni, masalan, chang zarrachalarini tutib qolishda va nafas yullaridan chiqarib yuborishda qatnashadi. Ko’p hujayrali organizmlar va odamlarning muskul hujayralari sitoplazmasida maxsus organoid - miofibrillalar bo’lib, ular muskul tolalarining qisqarishini va natijada organizmning hrakatlanishini ta’minlaydi. Ba’zi sodda hayvonlar, amyobalar va ko’p hujayralilarning qon hujayralari leykositlar, biriktiruvchi to’qimaning ayrim hujayralari va boshqa ko’pgina hujayralar sitoplazmaning o’simtalari -soxta oyoqchalar yordamida harakatlanadi. Bunday harakatlanish amyobasimon harakat deb ataladi. O’simlik hujayralarining juda qalin po’sti bo’lgani va zich joylashganligi sababli harakatlanmaydi, faqat ularning sitoplazmasi oqimini kuzatish mumkin.
1. Oziq (trofik) kiritmalari. Ularga yog’ tomchilari, glikogen donachalari, lesitin yoki tuxum sariqligi kiradi. Usimlik hujayralarida kraxmal, aleyron donachalari ko’p uchraydi. 2. Sekresiya kiritmalari. Ularga hayvonlarning bez hujayralaridagi granulalarni, o’simliklarda ayrim tuzlar kristallarini misol qilib keltirish mumkin. 3. Pigment kiritmalariga teri hujayralari tarkibidagi melanin kiradi. 4. Qoldiq tanachalar lizosomalarda hazm bo’lmay qolgan moddalar ham kiritmalarga kiritilishi mumkin.
Download 79.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling