Hujayralarni sun’iy o’stirish metodi, ularning tuzilishi va funksiyalarini tirik organizmdagi holatlariga yaqin bo’lgan sharoitda o’rganishga imkon beradi. O’simlik va hayvon to’qimalarining mayda bo’lakchalari maxsus oziq muhitiga joylashtirilib, organizm bilan bir xil sharoitda o’stiriladi. Vaqti-vaqti bilan oziq muhiti yangilab turiladi. O’sayotgan, rivojlanayotgan, harakatlanayotgan, bo’linayotgan hujayralarni maxsus mikroskop yordamida kinoplyonkaga tushirib olish mumkin.
Avtoradiografiya metodi hujayradagi biokimyoviy jarayonlar dinamikasining uzluksiz davom etishini o’rganishga imkon beradi. Bu metodning asosida hujayraga radioaktiv izotoplar, nishonlangan atomlar kiritilishi yotadi. Izotoplar hujayradagi birikmalar tarkibiga kiradi. O’rganilayotgan preparat ustiga fotoemulsiya surkab kiritilgan izotoplarning hujayraning qaysi qismlari bilan bog’langanini aniqlash mumkin.
Yuqoridagi usullardan tashqari hujayrani o’rganishda boshqa har xil usullardan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |