2. Eukariot hujayraning tuzilishi. Hujayra qobig’i. Bir hujayrali suv o’tlari va sodda hayvonlardan tortib, yuqori tuzilgan gulli o’simliklar, murakkab hayvonlar va odamlargacha bo’lgan hamma mavjudotlar eukariot organizmlarni tamkil etadi. Eukariot hujayralar prokariot hujayralarga qaraganda murakkab va xilma-xil tuzilgan. U larda haqiqiy yadro va organoidlar mavjud. Eukariot yunoncha eu - haqiqiy, yaxshi, karion - yadro so`zlaridan olingan. Hujayralar bir-biri bilan uzaro bog’liq bo’lgan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan: 1) Hujayra qobig’i, 2) sitoplazma, 3) yadro.
Eukariot hujayralarning kattaligi va shakli asosan ular bajaradigan funksiyalarga bog’liq bo’ladi. Ularning o’rtacha diametri 10 mkm dan 100 mkm gacha bo’ladi. Tuxum hujayralar tarkibida oziq moddalar ko’p to’planganligi uchun ancha yirik bo’ladi. Tuyaqush tuxumining diametri 150 mm gacha boradi. Hujayralarning o’lchami organizmning kattaligiga bog’liq emas. Masalan, yirik sut emizuvchilarning qizil qon tanachalarining diametri 10 mkm dan oshmaydi. A’zoning yoki butun organizmning kattaligi esa hujayralar miqdoriga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |