№9 ma’NAVIY- ma’rifiy soat rejasi


- ILOVA AQLIY HUJUM SAVOLLARI


Download 64.74 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi64.74 Kb.
#1833176
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 Mavzu Erkinlik va intizom

2 - ILOVA
AQLIY HUJUM SAVOLLARI

  1. Intizom nima?

  2. Erkinlik va beboshlikning farqini ayting?

  3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday huquq va erkinliklar berilgan?



3 - ILOVA
Kichik guruhlarga savol.

  1. Erkinlik haqidagi buyuklarning qanday fikr va mulohazalarini bilasiz?

  2. Intizom bilan ish yuritish deganda nimani tushunasiz?



4 - ILOVA
QANDAY” – ORGANAYZER

“Intizomlilikka qanday o’rgatish mumkin?” davom ettiring!




1-ILOVA
Mavzu: “Erkinlik va intizom”.


Tayanch so’z va iboralar: Erkinlik, intizom, tartib, nazorat, nizom, qoida, beboshlik, huquq, Amir Temur, Abdulla Avloniy.


Chinakam erkin odam kim?
O‘z ehtiroslari va o‘zgalarning bema’ni
havaslariga qul bo‘lmagan kishigina erkindir.
F.N. Glinka
Erkinlik va intizom, bu tushunchalarni har bir kishi turlicha talqin qiladi, ya’ni erkinlik deganda ayrim kishilar o‘zining barcha burchlardan, mas’uliyatlardan ozodligini anglasa, intizom deb, o‘ziga nisbatan boshqalarning mas’uliyat bilan yondoshishini tushunishadi. Kimdir bu fikrlarni inkor qilishi mumkin biroq har insonning qaysidir darajada qalbida shunday o‘y – hayollar kechsa ajabmas. Nemis olimi Lyudveg Berne: «Erkinlikni yaxshi ko‘rmaydigan odam yo‘q, ammo haqgo‘y odam uni barcha uchun, nohaq esa faqat o‘zi uchun talab qiladi» degan edi. Jamiyatda ayrim insonlarning farzandlarini erkalab, ularning xohish – istaklarini amalga oshirishda, jamiyatning turli qonun qoidalarini buzushi, pisand qilmasligi kabi holatlar uchrab turadigan haqiqatdir. «Faqat nodonlargina beboshlikni erkinlik deydilar» izohlagan edi antik dunyo tarixchilaridan biri Tatsit. Beboshlik bilan erkinlikning katta farqi bor.
“Beboshlik – bu hech bir qonun qoidaga amal qilmaslik, axloq me’yorlariga rioya etmaslik yoki ularni pisand qilmaslik” diya sodda qilib ta’riflash mumkin. Italyan tarixchisi Karlo Juzeppe Bottaning erkinlik haqida haqli ta’rif bergan quyidagi so‘zlarini aytib o‘tish joiz: «Erkinlik – barcha uchun odil va teng bo‘lgan jamiyat qonunlariga boshdan oxir og‘ishmay rioya qilishdan bo‘lak narsa emas»
Albatta, kishilar o‘rtasidagi munosabatlar erkinligi axloq-odob me’yorlari, diniy aqidalar va davlat tomonidan o‘rnatilgan qonun-qoidalar asosida tartibga solinadi. XX - asrga kelib taraqqiyot shu darajada yuksaldiki, endilikda jahon bo‘yicha umumiy bo‘lgan turli tashkilotlar tuzilishni, deklaratsiyalar, paktlar, ishlab chiqilishini talab qildi. Shunday deklaratsiyalardan biri «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»dir. Bu deklaratsiya dunyodagi jamiki insonlarning teng va erkin ekanliklaridan dalolat beruvchi hujjatdir. «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ning birinchi moddasida:

Download 64.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling