9-ma’ruza asosiy va yordamchi lahimlarda kon bosimining sodir bo‘lishi reja
Lahim atrofida kuchlanishning taqsimlanishi. Vertikal stvol
Download 304,47 Kb. Pdf ko'rish
|
7-mavzu
3. Lahim atrofida kuchlanishning taqsimlanishi. Vertikal stvol
mustaxkamlagiga ta’sir etuvchi kon bosimini hisoblash. Stvol mustaxkamlagichiga ta’sir etuvchi kon bosim qiymati, tog‘ jinsi massivining tuzilishi, uning (sochiluvchanligi) joylashish sharoiti, tog‘ jinsining fizik xossasi, mustahkamlagich materialining xossasi va uning tuzilishi (konstruksiya), stvolning qazish va mustahkamlash surati va boshqa xususiyatlarini inobatga olish orqali aniqlanadi. YUqorida keltirilgan barcha omillarni tuliq inobatga olgan xolda, stvol mustaxkamlagichiga ta’sir etuvchi bosimni xisoblash juda katta qiyinchiliklarga olib keladi. SHuning uchun stvol mustaxkamlagichiga ta’sir etuvchi kon bosimini xisoblashda soddalashtirilgan uslublarini (haqiqatga bir muncha yaqin bo‘lgan uslublar) qo‘llaniladi. Stvol mustaxkamlagichiga (devorlariga) ta’sir etayotgan bosim, uncha murakkab bo‘lmagan, sochma muxitning muvozanat xolati uslubini qo‘llash asosida aniqlanadi. Unda stvol qazib o‘tilayotgan muxitning ichki ishqalanish burchagi va zarrachalarning o‘zaro tortishish kuchi uncha katta bo‘lmagan tog‘ jinslaridan iboratdir, deb qabul qilinadi. Ayrim hollarda esa hisoblash ishlarida tog‘ jinsi zarrachalarini bir-biriga o‘zaro (bog‘lanish kuchini hisobga olgan xolda) mustaxkam bog‘langan jinslar deb qaraladi. Keyingi davrlarda atrov tog‘ jinsi va mustahkamlagich tizimining o‘zaro kuch ta’siri ostidagi xolatini o‘rganuvchi uslub rivojlanib bordi, bu uslubda, bosim faqat tog‘ jinslari xossalari orqali emas, balki shu bilan birga mustaxkamlagich tavsifini hisobga olgan xolda aniqlanadi. Bu uslublarni asosi qilib olinishiga stvol atrofi tog‘ jinslarida elastik bo‘lmagan deformatsiya sodir bo‘lish gipoteziyasi yotadi, uning qiymati mustahkamlagichni moslashuvchanligiga qarab aniqlanadi. Stvol atrofii tog‘ jinslarining kuchlanganlik xolati YAxlit bir xil jinsni izatrop tog‘ jinslarida o‘tkazilgan, dumaloq kesim yuzaga ega bo‘lgan, mustaxkamlanmagan stvol atrofi kuchlanishi (polyar koordinat tuzilishda) quyidagicha taqsimlanadi. 0 ) 1 ( ) 1 ( 2 2 2 2 r r r a P r a P bunda r va - (doiraviy) radial va tangensial kuchlanish. r -urunma kuchlanish. r va - silindrik koordinat sistemasida nuqta koordinatasi. R-gorizontal kuchlanish (stvol o‘tilishida oldin mavjud bo‘lgan kuchlanish) H P -tog‘ jinsining yon bosim koeffitsienti; -tog‘ jinsining o‘rtacha hajm og‘irligi; N- joylashish chuqurligi; a- stvolning o‘tilishda radiusi. Elastik tog‘ jinslar massivida yon bosim koeffitsienti, Puasson ( ) koeffitsienti quyidagi nisbat orqali bog‘langan. 1 Download 304,47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling