9-ma’ruza asosiy va yordamchi lahimlarda kon bosimining sodir bo‘lishi reja
Download 304.47 Kb. Pdf ko'rish
|
7-mavzu
9-MA’RUZA ASOSIY VA YORDAMCHI LAHIMLARDA KON BOSIMINING SODIR BO‘LISHI Reja: 1. Asosiy va yordamchi lahimlarda kon bosimining sodir bo‘lish turlari 1. Kon bosimini boshqarish masalalari va kon lahimi mustahkamlagichlarini tanlashning asosiy talablari (prinsiplari) 2. Lahim atrofida kuchlanishning taqsimlanishi. Vertikal stvol mustaxkamlagiga ta’sir etuvchi kon bosimini hisoblash. 3. Mustaxkamlagichga ta’sir etuvchi bosimni hisoblash 1. Asosiy va yordamchi lahimlarda kon bosimining sodir bo‘lish turlari Tog‘ jinslarining deformatsion va mustahkamlik xususiyatiga qarab, lahim sirti atrofida tog‘ jinslarida har xil ko‘rinishdagi deformatsiya va buzilishlar sodir bo‘lishi mumkin. Lahim devori, ship ost tog‘ jinslarining buzilishi va deformatsiyalanish jarayonlari, harxil kon – geologik sharoitdan kelib chiquvchi kon jinsi xossalariga bog‘liq va shunga asoslanib kon bosimini sodir bo‘lishining har xil ko‘rinishlari tarzida tasniflanadi. Lahim o‘tish jarayonida, shpurlar majmuasi portlatilsa yoki mashina va mexanizmlar yordamida tog‘ jinsini maydalab qazish ishlari olib borilsa, lahim atrofi tog‘ jinslari juda tez elastik deformatsiyalanadi. Bu tarzda deformatsiyalanish, lahim tog‘ jinsini katta qismini egallaydi, shu bilan birga lahimning oldingi o‘tilgan qismida, kavjoy orqasidan ma’lum masofagacha sodir bo‘ladi. Lahim atrofida deformatsiyaning sodir bo‘lish tezligi juda katta bo‘lganligi (tovush tezligiga yaqinligi) tufayli, mustahkamlagich o‘rnatishdan oldin sodir bo‘lib, sezilmaydigan tarzda o‘tadi. SHu bilan birga, oldin o‘tilgan lahimlar agar moslashuvchan bo‘lmagan mustahkamlagich bilan mustahkamlangan bo‘lsa, juda kichik qo‘shimcha elastik deformatsiya tasirida ham katta buzilish hosil bo‘lishi mumkin. Bu holatdan saqlanish maqsadida doimiy mustahkamlagichlar, lahim qazish yuzasidan bir muncha masofa orqada kechiktirilib o‘rnatiladi. SHuni ta’kidlab o‘tish zarurki, doimiy mustahkamlagich o‘rnatilishini kechiktirish lahimlarni faqat portlatish ishlaridan himoya qilish uchun emas, balki shu bilan birga elastik deformatsiya ta’siridan himoya qilish uchun ham kerak. Kon lahimlarida ayrim hollarda elastik deformatsiya katta energiya ajratish bilan birga atrof tog‘ jinslarini jadal mo‘rt buzilishiga olib keladi. SHuni alohida takidlab o‘tish kerakki, tog‘ jinslarini mo‘rt buzilishi natijasida kon bosimini sodir bo‘lishi, tasir etayotgan kuchlanish va tog‘ jinsini deformatsiyalanish holatlari orqali aniqladi. Agar tasir etayotgan kuchlanish aniq bir chegaraviy qiymatdan katta bo‘lmasa yoki tog‘ jinslari birmuncha plastik deformatsiya sodir qilish qobiliyatiga ega bo‘lsa, tog‘ jinslarida mo‘rt buzilish sodir bo‘lmaydi. Elastik deformatsiyalar sodir bo‘lgandan so‘ng, plastik deformatsiya rivojlanadi. Tog‘ jinsini otilishi faol ko‘rinishda sodir bo‘lsa, kuchlanishni (konsentratsiyasi) kamayadi va uzoq muddat davomida deformatsiyalanish jarayoni va tog‘ jinsini buzilishi nisbatan tinch sodir bo‘ladi. Lahim atrofidagi tasir etuvchi kuchlanish darajasi, atrofdagi massivning struktur bloklarini buzish uchun etarli bo‘lmagan hollarda, tog‘ jinsi surilish (siljish), tabiiy darzlik yuzasi bo‘yicha yoki boshqa harxil jinsli struktura yuzalari bo‘yicha sodir bo‘ladi. Bu esa kon bosimini har xil ko‘rinishida sodir bo‘lishiga olib keladi – tog‘ jinsi o‘pirilib tushishi va osilib turishlari va boshqa ko‘rinishlar. Bu holatda massivga kichik qo‘shimcha kuch ta’sir etsa, tog‘ jinslari lahimga qarab qulashi mumkin. Agar lahim atrofi tog‘ jinslari qayishqoqlikga moyil bo‘lsa, jumladan tog‘ jinsi yoyilish xususiyati, lahimlarda o‘ziga xos ko‘rinishlardagi kon bosimlari sodir etadi – lahim devorlari, ship ost tog‘ jinslari yaqinlashuvi yoki lahim osti tog‘ jinslarini ko‘chishi seziladi. Lahim atrofi tog‘ jinsi massivida plastik, qayishqoq deformatsiyalanish va buzilish sodir bo‘luvchi oblast-elastik bo‘lmagan maydon deyiladi. Elastik bo‘lmagan deformatsiya maydoni lahim holatini ifodalaydi va u lahim uchun mustahkamlagich tanlash, uni hisoblash ishlarida asos qilib olinadi – shuning uchun uni aniqlash, nazariy va eksperimental tahlil qilish ishlarining asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Download 304.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling