9-ma'ruza mavzu. Fermentlarning xossalari. Fermentlar klassifikatsiyasi. Reja


Download 39.2 Kb.
bet4/4
Sana11.11.2023
Hajmi39.2 Kb.
#1767149
1   2   3   4
5.Izomerazalar. Bunday fermentlar yuqorida ta’kidlanganidek, organik birikmalarning izomerlanishini ta’minlaydi.

6.Ligazalar(sintetazalar). Bu sinfga mansub bo‘lgan fermentlar biosintez reaksiyalarida energiyaga boy bo‘lgan moddalardan foydalanadi. Biosintez reaksiyalarida aksariyat, energiya donori sifatida ATF ishtirok etadi. U reaksiya mahsuloti sifatida qatnashmasdan, faqat energiya bilan ta’minlaydi.

Ligazalarga yana asetat-K0A-sintetaza fermentini ham misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu ferment asetat kislotaning faol holdagi asetil-K0A ga aylanishini katalizlaydi..

9.3.Fermentlarni hujayrada joylanishi.
Barcha hujayralar uchun umumiy bo‘lgan jarayonlarda ishtirok etadigan turli xil fermentlarni uchratish mumkin. Ixtisoslashgan hujayralarda faqat shu hujayralarning vazifasi bilan bog‘liq bo‘lgan fermentlar uchraydi. Hujayralarning har bir organoidi ham muayyan bir biokimyoviy vazifani bajarganligi uchun ularning tarkibida shu vazifa bilan bog‘liq bo‘lgan fermentlar yoki ularning majmuasi joylashadi.
Mitoxondriyalarda energiyaga boy bo‘lgan ATF ni katalizlovchi oksidlanish-qaytarilish fermentlari bo‘ladi. Bu energetik generatorlarda (mitoxondriyalarda) DNK, RNK larni borligi kuzatilib, ularga tegishli fermentlar mavjudligi aniqlangan.
Xloroplastlarda uglevodlarning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan ferment tizimi hamda quyosh energiyasini kimyoviy bog‘larga aylantirish reaksiyalarini katalizlovchi fermentlar joylashgan. Glikoliz jarayonida ishtirok etuvchi fermentlar hujayraning suyuq qismi gialoplazmada aniqlangan. Lizosoma va vakuolalar tarkibida har xil organik birikmalarni parchalaydigan gidrolaza fermentlari mujassamlashgan.
Oqsillar biosintezi bilan bog‘liq bo‘lgan fermentlar ribosomada, nuklein kislotalarning almashinuvini katalizlaydigan fermentlar esa yadroda uchraydi. Shunday qilib, hujayraning organoidlarida joylashgan fermentlar tizimi hujayra, to‘qima, a’zo va umuman tirik organizm faoliyatini mutanosib-gormoniya holida, maqsadga muvofiq ishlashda benihoya katta ahamiyat kasb etadi.
Download 39.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling