9-Ma’ruza. Mavzu: Quyma materiallari Reja
Download 18.31 Kb.
|
9-Ma’ruza. Mavzu Quyma materiallari Reja-fayllar.org
Pechni ishga tushirish. Pechni ishga tushirishda avval o’txonasiga tarasha, ustiga o’tin qalab yoqiladi-da, keyin uning ustiga oz-ozdan furma teshiklaridan 600—800 mm chamasida koks kiritiladi, bunga salt kolosha deyiladi. U shixta materiallarining pechning yuqori temperaturalari zonasida erishiga ko’maklashadi.
So’ngra pechda avvaliga kichikroq bosimda havo haydalib, keyin bosim me’yoriga yetkaziladi. Pech rosa qizigach, unga ma’lum nisbatda portsiyalab shixta (qattiq cho’yan chushka, cho’yan va pulat lomlar, ferroqotishmalar, koks va ohaktosh ) kiritiladi. Koksning yonishida shixtaning metall qismi erib, hosil bo’layotgan metall tomchilari o’txonaga o’ta boradi. Ajraluvchi gazlar esa pechь yuqorisiga ko’tarilayotganda shixtani qizdirib trubaga o’tadi. Jarayon davomida shixta tarkibi Si, Mn larning oksidlanishi va ularning o’zaro birikishi oqibatida shlak hosil bo’ladi. Zaruriy tarkibli cho’yanlarni eritish jarayonida shixta tarkibini belgilash paytida jarayonda shlakka va gazlarga o’tuvchi elementlar miqdorini hisobga olish kerak. Tajribalar ko’rsatadiki, jarayonda kremniy 10-15% ga, marganets 15-20% ga, temir 1-1,5% ga, fosfor miqdori deyarli o’zgarmaydi, oltingugurt miqdori esa koks hisobiga 50% ga ortadi. Shu boisdan shixta tarkibida o’rtacha 20-45% ЛK1 yoki boshqa markali cho’yan, 60— 40% cho’yan lom, 10-25% po’lat lom, ma’lum miqdorda ferroqotishmalar va ohaktoshlar bo’ladi. Cho’yan ishlab chiqarishda pechda kechadigan jarayonlarni kuzatish davomida quyidagi xarakterli zonalarga ajratish mumkin: 1-zona. Bu zona shixtani pechga kiritish darajasini pastki joyidan salt koloshaning ustki qismigacha bo’lgan oraliq bo’lib, bu zona yonish mahsulotlari issiqligi hisobiga 400-500°S qizib, namlikdan holi bo’ladi. 2-zona. Bu zona salt koloshaning ustki qismidan furna teshiklar o’qigacha bo’lgan oraliq bo’lib, bu zona temperaturasi 1350-1450°S oralig’ida bo’ladi. Odatda, pechda muhit oksidlovchi (CO:C02<1) bo’lgani sababli 1-zonadagi shixta materiallari ajraluvchi gazlar bilan qizib, asta sekin oksidlana boradi. Shuningdek, bu zonada S02 gazi borligi tufayli metall oltingugurtga ham to’yinishi, ohaktoshning parchalanishi bilan birga metall erib, o’txona tomon tomchilab o’tishida gazlar va salt kolosha koks bilan munosabatda bo’ladi. Bu zonada metallning oksidlanishi 1-zonaga nisbatan shiddatliroq kechib, temir oksidlardan temir qaytaruvchi ferroqotishmalari bilan qaytariladi. SHunday qilib, qaytarilgan temir koks ugleroli va oltingugurtga to’yina boradi. SiO2, MnO, P2O5 oksidlar o’zaro va CaO bilan birikib, shlak hosil etib, cho’yan sirtida yig’ila boradi. O’txonadan har soatda namuna olib, uning tarkibi (Si, Mn, R, S, C) kuzatiladi. Qachonki cho’yan kutilgan tarkibga o’tgach, yig’gichga yoki kovshga chiqariladi. Ma’lumki, bu pechь tuzilishi jihatidan domna pechga o’xshasa-da, bunda temir rudalardan temir qaytarilmaydi, faqat metall qayta eritilib, o’ta qizdiriladi, xolos. Bu pechlarda olinuvchi cho’yan massasiga ko’ra odatda, 10-12% koks va 6% gacha flyus sarflanadi. Pechь unumdorligi esa hajmiga ko’ra soatiga bir tonnadan 30 tonnagacha oraliqda bo’ladi. Keyingi yillarda ularning ish unumini oshirish, yoqilg’ini tejash, cho’yanlar xossalarini yaxshilash, atmosferani zararli chiqindilardan muhofaza qilish maqsadida ajralayotgan gazlarni tozalash apparatlarida tozalash, ularni rekuperator qurilmalarida yoqish, havoni qizdirib pechga haydash, kisloroddan foydalanish, shuningdek, elektr pechlardan, ikkita (dubleks) pechlarda eritish yo’li bilan ham cho’yan olinmoqda. http://fayllar.org Download 18.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling