9-ma’ruza Mavzu: Streometriyaga kirish. Reja: Stereometriyaning mantiqiy tuzilishi


Uch perpendikular haqidagi teorema


Download 0.62 Mb.
bet5/6
Sana17.09.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1680219
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Stereometriyaga kirish

Uch perpendikular haqidagi teorema.
Те о re m a. Tekislikda og'maning asosidan uning proyeksiyasiga perpendikular qilib o'tkazilgan to'g'ri chiziq og'maning o'ziga ham perpendikular. Aksincha, tekislikdagi to'g'ri chiziq og'maga perpendikular bo'lsa, u og'maning proyeksiyasiga ham perpendikular bo'ladi (9-rasm)
Kesishuvchi ikki tekislikning kesishish chizig'iga perpendikular tekislik bilan kesganda hosil bo'lgan kesishish chiziqlari orasidagi burchak berilgan tekisliklar orasidagi burchak deyiladi va bu burchak kesishuvchi tekisliklarning chiziqli burchagi deb ataladi (10- rasm)
9-rasm 10-rasm
Tekisliklarning perpendikularlik alomati.
Ta’rif. Kesishuvchi ikki tekislikning chiziqli burchagi 90° bo‘Isa, bunday tekisliklar о ‘zaro perpendikular tekisliklar deb ataladi.
Teorema. Agar tekislik boshqa bir tekislikka perpendikular to’g’ri chiziq orqali o’tsa, bu tekisliklar perpendikulardir.
Ayqash to’g’ri chiziqlar.
Ayqash to'g'ri chiziqlarning umumiy perpendikulari deb, oxirlari shu to'g'ri chiziqlarda bo'lib, ularning har biriga perpendikular bo'lgan kesmaga aytiladi.
Ayqash to'g'ri chiziqlar bitta va fa­qat bitta umumiy perpendikularga ega. Umumiy perpendikularning uzunligi ayqash to’g‘ri chiziqlar orasidagi masofa deyiladi (11- rasm).
11-rasm

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling