9-mavzu. Alisher navoiy ta’sirida yozilgan tazkiralar reja


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.12.2020
Hajmi0.65 Mb.
#168273
Bog'liq
9-MARUZA MATNI


9-mavzu. 

ALISHER NAVOIY TA’SIRIDA YOZILGAN TAZKIRALAR 

  

Reja: 

1.    Fors tiltdagi tazkirakar. 

2.    Faxriy Hiraviy va uning tazkiralari. 

3.    Turk tilidagi tazkiralar. 

4.    Sodiqbek Sodiqiy Afshar (Kitobdor) va uning 

“Majma’u-l-xavos” tazkirasi 

  

Tayanch tushunchalar: fors tazkirakari, Faxriy Hiraviy, turkiy tazkiralar, Sodiqbek 

Sodiqiy, 

“Majma’u-l-xavos” 

  

Sharqda tazkiranavislik an’anasi qadimdan mavjud. 



Adabiyotlar

 tarixi, uning nazariy 

jihatlari, adabiy maktablar, adabiy jarayon, uning namoyandalari haqidagi ma’lumotlar 

ana shu tazkiralar orqali ham bizgacha etib kelgan. Dastlabki tazkira asarlari adabiyot 

va yondosh sohalariga oid mazmundagi asarlar tarkibida uning 

ma’lum bir qismi 

o‘laroq zamima tazkiralar yozilgan. Masalan, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning “Kitob 

ash-


she’r” (XI-XII asrlar), Muhammad Rovandiyning “Tazkirai musavvara” (1172), 

Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” kabi asarlarining tazkira qismlari shular 

jumlasidandir. 

            

Hazrat Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasini “Latoyifnoma” nomi 

bilan fors tiliga tarjima qilgan Faxriy Hiraviy (1497-98 - 

?) qalamiga mansub “Ravzat 

us-


salotin” (“Sultonlar bog‘i”, 1551-1555) tazkirasi sulton, shahzoda va podshoh 

xonadoni vakillaridan chiqqan ijodkorlar hamda amir shoirlar haqidadir. Ushbu 

muallifning “Javohir ul-ajoyib”  (“Ajoyib javohirlar”, 1555) nomli  shoiralar haqidagi 

boshqa bir tazkirasi ham mavjud bo‘lib, bu ikki tazkira o‘z davrining noyob 

adabiyotshunoslik asarlaridandir. 

Faxriy Hiraviy badiiy ijod bilan ham jiddiy shug‘ullangan, uning “Tuhfat ul-habib” 

(“Do‘stlar tuhfasi”) sarlavhali forsiy she’rlar majmuasi, “Sanoe’ ul-husn” (“Go‘zal 

san’at”) nomli ilmi bade’, ya’ni she’r nazariyasiga oid asari, “Haft kishvar” (“Etti 

mamlakat”) degan tarixiy rivoyatlardan tashkil topgan tasavvufiy risolasi va turkiy 

“Devon”i bor. 

Faxriy Hiraviyning hayot yo‘li haqida ma’lumotlar juda oz bo‘lishiga qaramay, uning 

asarlari qachon yozilgan va qaysi hukmdorlar

ga bag‘ishlanganidan kelib chiqib, 

muallifning qaerlarda yashaganini va qanday asarlar bitganini aniqlash imkoni bor. 

Tazkiranavis va muarrixlarning taxminlariga ko‘ra, Faxriy 1497-98 yili dunyoga 

kelgan. Manbalarda olim, fozil, fasih (nazokatli so‘zlovchi), xushmijoz, xushta’b, 



xushxat, iftixori zamon, zubdat ul-muallifin (mualliflar sarasi), xushtabiat odam va 

yaxshi shoir, deb ta’riflanadi. 

 

“Latoyifnoma”, ya’ni “Majolis un-nafois”ning forscha tarjimasida mutarjim o‘zidan 



ba’zi fikrlar va tafsillarnigina emas, balki alohida boblar ham qo‘shgani haqida 

fanimizda ozmi-

ko‘pmi fikrlar bildirilgan. 

Faxriy Hiraviyning “Ravzat us-salotin” tazkirasi “Majolis un-nafois” ta’sirida bitilgan. 

Asar odobi tasnifga ko‘ra, Allohning hamdi, Payg‘ambar na’ti, asarning yozilish 

sababi, niyati ta’lif va asar mundarijasi muqaddimada beriladi. Faxriy yozadi: 

“Kunlarning birida SHoh Hasan huzurida she’riyat xususida so‘z ketar edi, ul janob: 

“Husayn Boyqaro “Devon”larini bizga sovg‘a qildilar, deya ta’zim va da’vat yuzasidan 

shu

nday baytni o‘qidilar: 



Suxan nazdi suxandon buzurgvor buvad, 

Suxan z-osmon omad, suxan na xor buvad. 

  

(So‘z uni biluvchilar nazdida ulug‘vor bo‘ladi, 

So‘z osmondan tushgan, so‘z xor bo‘lmaydi) 

Bu ta’zim, bu hurmatni mulohaza etgach, menda nazm ibtidosidan boshlab she’riyat 

bilan mashg‘ul bo‘lgan sultonlar haqida asar yozish niyati paydo bo‘ldi va bu tazkira 

yaratildi, unga “Ravzat us-salotin” nomi berildi”. 

Muqaddima va etti bobdan iborat bu asar mundarijasi quyidagicha: 

1) 


she’r va unga goho iltifot ko‘rsatgan Bahrom Go‘r, Sulton Sanjar, Tug‘rulbek, 

Sulton Aloiddin Jahonso‘z haqida; 

2) 

yaxshi she’rlar yozgan chig‘atoy podshohlari; 



3) Amir Temur avlodlari 

– Samarqand va Buxoroda yashagan sohibi devon shoirlar; 

4) Iroq va Rum nozimlari; 

5) Hindiston va boshqa atrof maliklari; 

6) amirlar; 

7) 


Shoh Hasan Arg‘un. 

“Ravzat us-salotin”da 81 ta ijodkor (sulton va amirlar) haqida ma’lumotlar jamlangan. 

Tazkiraning II bobi Muhammad SHayboniyxon nomi bilan ochiladi. SHoh Budog‘ o‘g‘li 

Abulxayrxon nabirasi SHayboniyxonni

ng muxtasar ta’rifidan so‘ng uning goh-gohi 


she’r aytgani ta’kidlanadi va Imom Muso Rizoga atab Mashhadda yozgan 

qasidasidan 2 bayt keltiriladi:  



Tus va Mashhadkim, derlar lutfu ehson andadur, 

Ravzai Sulton Ali shohi Xuroson andadur. 

Gumbazining qubbasi olamg‘a bo‘ldi nurbaxsh, 

Ko‘k erurkim, partavi xurshidi tobon andadur. 

Tazkirada Ubaydullohxonning ikki forsiy va quyidagi turkiy bayti keltiriladi: 



Bir-

bir ayting, do‘stlar, holimni dildor ollida, 

Aytib-

aytib yig‘langiz, zinhor-zinhor ollida. 

Buqoxon o‘g‘li YUnusxon saltanat ishlaridan kechib, safar ixtiyor qiladi va bir necha 

muddat Rum shaharlarida yashaydi. Qalamtaroshlik san’atida ustod bo‘lgan 

YUnusxon shu yillari mana shu kasb vositasida ro‘zgor tebratgan. SHuning uchun uni 

Ustod YUnus qoshiqtarosh deb taniganlar. Deydilarki, Rumdan Samarqandga 

kelganida Abu Sa’id unga mo‘g‘ul julusini topshirgan ekan. Tab’i nazmi g‘oyat yaxshi 

bo‘lgan: 

Muningcha husnu jamoling ko‘rarsa noz aylagil, 

Kelur yuzung suyi birla bur soz aylagil... 

Qozu qimizu qizu qoshi kerak, 

CHangu rubobu barbatu ud ovozi kerak. 

O‘ljaxon o‘g‘li Sulton Mahmudxonning (uni SHayboniyxon qatl ettirgan) bir forsiy 

matla’i keltiriladi. Quyidagi bayt esa O‘ljaxon o‘g‘li Sulton Saidxon qalamiga mansub: 

Qaysi gulshanning yuzung yanglig‘ guli ra’nosi bor, 

Qaysi gulning xam seningtek bulbuli shaydosi bor? 

Rashidxon Sulton Saidxon o‘g‘li bag‘oyat zarif podshoh va xushta’b shoir bo‘lgan: 



YUzungni ko‘rgali devonadurmiz, 

Jahonning ahlidin begonadurmiz. 

Demonkim, lolavu gulni ko‘rubmen 

Ki, davlatlarg‘a men xud yonadurmen

Bu bobda yana Budoqxon Sevinchakxonning 

o‘g‘li (taxallusi Navro‘ziy), Muhammad 

Aminxon (Qozon xoni), Po‘lodxon Temur Sulton o‘g‘li (Muhammad SHayboniyxon 

nabirasi), Abdulazizxon Abdu

llohxon o‘g‘li, Sulton Said Abusa’idxon Ko‘chimxon o‘g‘li 

(taxallusi Ko‘hkan, uning “oyad” radifli she’riga Mo‘min Jarroh degan bastakor musiqa 

(naqsh) bastalagan) kabi sultonlarning forsiydagi she’rlari va ular haqida maroqli 

ma’lumotlar beriladi. 

Fikrlar

imizni xulosalaydigan bo‘lsak: 



1. 

Faxriy Hiraviyning “Ravzat us-salotin” tazkirasi “Majolis un-nafois” ta’sirida 

yozilgan. Uning yaratilishida Husayn Boyqaroning bilvosita o‘rni bor. 

2. 


Muallif “Majolis un-nafois” tarjimasi “Latoyifnoma”ga qilgan ilovasi - IX majlisning (9 

qism va xotimadan iborat) “Zikri latoyifi umaroi nomdor” va “Zikri latoyifi salotini 

komgor” qismlaridagi ma’lumotlarni ba’zan to‘laligicha, ba’zi hollarda esa to‘ldirib 

keltiradi. 

3. Tazkira turkiyda qalam tebratgan shoirlar va ular ijodidan keltirilgan namunalari 

bilan g‘oyat qimmatli manbadir. 

4. Fikralardagi badiiy lavhalar, muallifning tanqidiy qarashlari asarga davr adabiyoti 

va adabiy jarayoni haqida muayyan tasavvur yaratish imkonini beradi. 

5. Tazkiradagi 81 ijodkordan aksariyatining nomlari boshqa tazkiralarda uchramaydi. 

Bu jihati bilan asar noyob adabiy yodgorlik hisoblanadi. 

6. 

“Ravzat us-salotin”ni chuqurroq va boshqa tazkiralar bilan qiyosan o‘rganish 



navbatdagi vazifalarimizdandir. 

“Javohir ul-ajoyib” muallifning ayollar haqida yozgan tazkirasi bo‘lib, unda 31 shoira 

haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bu ma’lumotlar ba’zi o‘rinlarda bilganlarimizni to‘ldiradi, 

aksaran esa, yangi ma’lumotlar yoxud yangi she’rlar namunalaridir. Tazkirachilik 

an’anasida ayol ijodkorlar haqida alohida tazkiralar yaratish yo‘nalishi ham ravnaq 

topgan. Bu tazkiralarning adabiyot tarixi uchun ahamiyati g‘oyat katta. Zero, shoiralar 

qaysi davrda yashamasinlar, adabiy jarayonda bevosita ishtirok etish huquqiga ega 

bo‘lmaganlar. Ularning aksariyatiga devon tartiblash nasib bo‘lmagan. Binobarin, 

ularning hayotlari, ijodlari haqida ana shu tazkiralar birlamchi manbalardandir. 

            

“Javohir ul-ajoyib” tazkirasi yozilgan vaqtda Faxriy Hiraviy Sindda SHoh 

Hasan A


rg‘un saroyida xizmatda edi. U SHoh Hasanga bag‘ishlab “Ravzat us-salotin” 

nomli tazkira (uning yozilishiga Husayn Boyqaroning devonini Hasan Arg‘un mutolaa 

qilgani va hayratga tushgani sabab bo‘lgan edi) va “Sanoe’ ul-hasan” (“Go‘zal 

san’atlar”) nomli she’riy san’atlarga oid asar yozgani ma’lum. 

            

Alisher Navoiy “Majolis...”ining ta’siri haqida prof. Mustafo Eson shunday 

yozadi: “Hazrat Alisher Navoiy boshqa ko‘plab tazkiralarga namuna bo‘larlik asar 

yaratgani bilan ahamiyatlidir... muhimi, tazki

ralarning Onado‘lida paydo bo‘lishiga 

ta’siri, ya’ni bu tazkiralarga andozalik vazifasini bajarishidir. YAnada to‘g‘rirog‘i, Hirot 

maktabi tazkiralari sifatida nom olgan Jomiy, Davlatshoh va Navoiy hazratlarining 

asarlari keyinroq Usmonli o‘lkasida paydo bo‘lgan tazkirai shuaro janriga teran ta’sir 



etib, adabiy biografiya rivojini tezlashtirdi... Butun XVI asr tazkiralarida Navoiy 

an’analari davom etdi, XVII asrdan... mumtoz tazkiralarga yana qaytildi

[1]

 va endi 



Navoiy yangi bir sog‘inch bilan eslanib, qo‘msala boshlandi”

[2]




Navoiy ta’siridagi turk tazkiralari. Onado‘lida yaratilgan ilk tazkiralar sifatida Saxiy 

Bey (v.1548)ning “Hasht bihisht” (“Sakkiz jannat”, 1538) asariga diqqat qaratamiz. 

Muqaddimada muallif o‘zining “Hirot tazkiralaridan “Bahoriston”, “Davlatshoh 

tazkirasi” va “Majolis...”ni tadqiq etganini Usmonli o‘lkasida etishgan shoirlarni 

unutilishdan qutqarmoq uchun ularga o‘xshatma tarzida bir asar yozganini aytadi”

[3]


Saxiy Bey Navoiydan andoza olib, o‘z tazkirasini 8 qismga ajratdi, ularni “Hasht 

bihisht (jannat)” deb atagani holda agar Hazrat Navoiy Sulton Husayn Boyqaro 

ijodiga 8-

majlisni lozim ko‘rsa, Saxiy Bey o‘z podshohi Qonuniy Sulton Sulaymonga 

1-

majlisni bag‘ishlaydi. Keyin esa 2-tabaqada yana orqaga qaytib, Sulton 



Sulaymondan avval o‘tgan adiblar ijodiga murojaat qiladi. So‘ngra esa amaldor 

shoirlar, olim-

shoirlar, o‘zidan avval yashab, vafot etgan shoirlar, muallifning 

yoshligida shuhrat qozongan shoirlar, asar yozilayotgan paytda hayot bo‘lgan va 

nihoyat, 

so‘nggi tabaqada nomi endi eshitila boshlagan umidli shoirlar tasniflanadi. 

Ayni o‘rinda “Majolis...”ning majlislararo tasnifi o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgani uchun 

ularni qiyoslash o‘rniga yana mutaxassislarning e’tiroflariga tayanamiz. Tazkirachilik 

makta

blari haqida maxsus tadqiqot yaratgan prof. M.Eson kuzatishiga ko‘ra, “Hayot 



hikoyalarining tartib tarzi Saxiyda tabaqot asosida bo‘lgani kabi bu usulni aynan 

Navoiydan olgan: shoirlarning qisqacha tug‘ilgan joyi, nomi, vazifalari, adabiy aholi 

bilan bog‘liq bir necha taqlidiy qolipli so‘z, asarlari, ba’zan shoir bilan bog‘liq bir 

voqea, oxirida bir necha bayt yoki qit’a kabilar” shular jumlasidan

[4]



            



“Majolis...”ning ta’siri Onado‘lidagi ilk tazkirada ko‘ringanidek, keyingi davr 

tazkiralarida ham mana shu holat u yoki bu ma’nolarda takrorlanadi, ayrim fakt va 

kuzatishlar asosida boyitiladi. Oradan sakkiz yil o‘tib, Saxiy Beyning tazkirachilik 

faoliyati Latifiy (1491-1582) tomonidan davom ettiriladi. Ham shoir, adib va olim 

Latifiyning Navoiy ijodiga bog‘lanishi tazkiradan tashqari uning nazm va nasr 

qorishig‘ida yozgan “Fusuli arbaa” (“To‘rt fasl”) asarida ham kuzatiladi. SHoirning 

“Nazmu-l-javohir” nomli asari esa Hazrat Alining hikmatlari asosida tuzilgani hamda 

ulug‘ o‘zbek shoiri asarining nomini aynan olgani Navoiyning Latifiy ijodiga ta’sirini 

alohida o‘rganishga ehtiyoj borligini anglatadi. Muallif“Tazkiratu-sh-shuaro va 

Tabsiratu-n-

nuzamo” (”SHoirlar tazkirasi va nozimlar qiyofalari”, 1546) tazkirasini 

Qonuniy Sulton Sulaymon (Muhibbiy taxallusi bilan she’rlar yozgan)ga bag‘ishlagan 

bo‘lsa-da, uning tazkirachilikdagi o‘rni mavjud asarlarga ijodiy munosabatda ko‘rinadi. 

Latifiyning yozishicha, Navoiy she’rlarini ilk bor Onado‘liga olib kelgan shoir Basiriy 

bo‘lgan: “Ajam sarhadiga yaqin joydan. Sulton Boyazid zamonida Hazrat SHayx 

Jomiy va Mavlono Navoiy tarbiyatnomasiyla kelmish... aksari avqotin bu diyorda 

kechurmagin tarzi she’rida tarkiyzabon nazmlari shevasin va Rum shoirlari ishvasin 

rioyat etmishdi. 

            

Matla’: 


                        

Oshiqlarini oh ul masihodam o‘ldurur, 

                        

Bu odam o‘ldururki, Masih odam bo‘ldurur”

[5]



Ayni faktning o‘zi hali Hazrat Navoiy va Sulton Husayn Boyqaro usmonli Sulton 

Boyazid II bilan diplomatik yozishmalarga kirishmay turib, Navoiy asarlari Onado‘liga 

kirib kelgan bo‘lishi yoki Navoiy she’rlari bilan birga uning maktubini mana shu Basiriy 

keltirgan bo‘lishi ham mumkin. CHunki Navoiy ijodining Onaduliga kirib kelishi bilan 

juda ko‘p olimlar qiziqarli kuzatishlar olib borgan bo‘lsalar-da, Navoiy asarlarini ilk bor 

kim olib borgani va nima uchun u turkistonli shoir Bas

iriy vazifani ado etgach, o‘z 

yurtiga qaytmasdan Rumda qolib ketgani va “she’rida tarkiyzabon nazmlari shevasi”ni 

davom ettirgani noma’lum edi. YUqorida Latifiy keltirgan baytning o‘ziyoq Basiriyning 

she’riy iste’dodidan darak beradi. Biroq Latifiy Basiriy haqida mufassal ma’lumot 

bermaydi. 

Navoiy an’anasini o‘zicha boyitgan Latifiy shoirlar tasnifotida alifbo usulini ma’qul 

ko‘radiki, bu usul ham keyingi tazkiralarda an’anaviylik tusini oldi. Bundan tashqari 

Latifiy “Fasli avval”da yana ham o‘ziga xosroq yo‘lni tanlab, XIII asrdan o‘z zamoniga 

qadar boshqa o‘lkalardan (jumladan, Turkistondan ham) Onado‘liga kelib o‘rnashib 

qolgan 13 shoir haqida ma’lumot beradi: bular Jaloliddin Rumiy, Sulton Valad, 

Sadriddin Ko‘nyoviy, Oshiq Posho, SHayx Rushaniy, Abdulloh Ilohiy, SHayx 

SHamsiddin Buxoriy, SHayx Ibrohim Gulshaniy, Kotib Mehmet CHalabiy, Sulaymon 

CHalabiy va SHayx Boyaziddir. Garchi Latifiy o‘z tazkirasini Sulton Sulaymonga 

bag‘ishlagan bo‘lsa ham u o‘z hukmdori Muhibbiyga maxsus bo‘lim ajratmaydi, 

aksincha, 

sulton va shahzodalar bo‘limining eng so‘ngida bir necha sahifada uning 

she’rlari tahlili munosabati bilan hukmdorga murojaat qiladi. Tazkirada bir yoki bir 

necha bayt o‘rniga to‘liq holda g‘azal va qit’aning keltirilishiga e’tibor qaratsak, Latifiy 

tazkirasi antologiyaga yaqinlashganini ham kuzatish mumkin. 

Mufassalroq to‘xtalishni rejalashtirganimiz uchinchi tazkira Oshiq CHalabiy (1520-

1571)ning “Mashoyiru-sh-shuaro” (“SHoirlar mashoirasi”, 1568) nomli 425 shoir ijodi 

haqida ma’lumot beruvchi tazkiradir. Muqaddimada tazkiranavis 

“Zaboni turkiyning dostonsaroyi, 

Fasohat bulbuli, ya’ni Navoiy 

ja’m etdugi “Majolisun-nafois”ki, hajlai nozi kavoibi aro’isdur”

[6]


 deya Navoiydan 

so‘z 


ochadi. Va davomida “Oxir umrinda Sulton Boyazid (bu o‘rinda Eldirim Boyazid emas, 

Sulton Boyazid II (1447-1512) nazarda tutilgan, u 1481 yilda taxtga chiqqan - H.B.)ga 

Navoiy o‘ttiz uch g‘azal yubormish, birisi ushbu g‘azaldur, matla’si quyidagichadir: 

Matla’i Navoiy: 

Ul pari paykarki hayron bo‘lmish insu jon anga, 

Jumla olam manga hayronu men hayron anga. 

Sulton Boyazid bu g‘azalni Ahmat Poshoga yuborib, unga nazira bitishni buyurdi”. 

Ushbu faktga asoslanib, dastlab shoir Nomiq Kamol, keyin F.Ko‘prulu, Agah Sirri 

Lavend, Kamol Eraslon   ... kabi turk; Gibb, Broun, Z.Kleynmixel, Gorbuzova kabi 

g‘arb olimlari; N.Karimov, J.Nagieva, Olmos Ulvi, R.Ro‘zmonova v.b...o‘zbek va ozar 

olimlari maqola va tadqiqotlarida bu fikrlar dunyo bo‘ylab ilmiy “sayohat” qilgan, bu 

samarali ta’sir natijalari atroflicha o‘rganilgan. Lekin Oshiq CHalabiy tazkirada o‘rni 



bilan Navoiy 

g‘azalining “yaxshiligi”, unga nazira yozgan shoir maqta’si (Maqta’: 



So‘zda ushshoqi muhayyir ayladirsun Ahmada, Bo‘yla go‘yo o‘lmag‘a kuyin kerak 

bo‘ston anga)” mahorat bobida Navoiydan ancha quyiroq ekanini ham qayd etgan 

(290-b.). 

Ayni fikr         Qin

olizoda Hasan CHalabiyning “Tazkiratu-sh-shuaro” (1585-1586) 

tazkirasida takrorlanish barobarida “Hazrati Jomiy va Navoiy g‘azallari siporishnoma 

(maxsus rasmiy davlat maktubi 

– H.B.) bilan Sulton Boyazidga kelgan” deb 

umumlashtiradi

[7]

. Va “Ahmad Posho Navoiy uslubini o‘rgangach, uning she’ri xub va 



tarzi guftori marg‘ub bo‘ldi” deb Ahmad Posho Navoiy g‘azallari yo‘liga kirgandan 

keyin she’rlarining usluban go‘zallashgani va hamma tomonidan rag‘bat ko‘rgani 

qayd etadi”

[8]


SHuningdek, bunga uyg‘un fikrlar G‘alibo‘lulu Alining “Ko‘nhu-l-axbor” asari tazkira 

qismi”da “Sulton Husayn Boyqaroning vaziri mushiri va ul asri bohirun-nasrin malozi 

fuhulu fuzalo bo‘lgan Mir Alisher ul shahriyori oliyhimmat (Boyazid II ga – H.B.) bir 

necha g‘azal jo‘natdi. Ular taqi nazoir jihatdan tatabbusini marhum Ahmad Poshoga 

asir ayladi” kabi tazkiralardan tazkiralarga ko‘chib, yuqorida tilga olingan olimlarning 

tadqiqot va maqolalariga mavzu bo‘ldi. Alining tazkirasida Kotibiy taxallusli Saidiy Ali 

Rais munosabati bilan yana bir muhim fikr o‘rtaga tashlanadi. Bu shoir vazifa 

yuzasidan Hindistonda Navoiy izdoshi sifatida tanilgan va Navoiyi Soniy laqabini 

olgan shoir “uch yarim yil sayohatdan so‘ng Hindu Sind va Xuroson va Gujarat va 

SHerozu Ozarboyjon salomini keltirdi”

[9]


Ko‘rsatilgan tazkiralar ichida Oshiq CHalabiyning “Mashoyiru-sh-shuaro” asari Navoiy 

ijodiga keng va atroflicha munosabat bildirgani bilan ajralib turadi. Oshiq CHalabiy 

Navoiy g‘azallarini Rumga Basiriy keltirganiga urg‘u beradi: “Navoiyi marhumning 

“Majolis un-nafois”inda mazkur bo‘lgan shuarodan va poytaxti mulki Xuroson bo‘lgan 

Hirotda Mirzo Sulton Husaynu Navoiyu Jomiyu Binoiy va ul kasning akobiri xizmatiga 

erishgan zufarolardan edi. Rumga Sulton Boyazidi marhumga Navoiy va Jomiyning 

kitobu g‘azallari va siporishlariyla kelmishdir” (420-421 b.). Hirotda yuqoridagi ulug‘lar 

xizmatida bo‘lgan hirotli shoir Basiriyning kelishi aniqlashdi, biroq u nimagadir vazifani 

ado etgach, qaytib ketmasdan bir umrga Rum elida qolib ketdi va asosan, Hazrat 

asarlari targ‘iboti bilan mashg‘ul bo‘lib, uning ijodini g‘ayrio‘lkalarga yoyilishiga sabab 

bo‘ldi. 


Tazkirada shu bilan birga Navoiyning Adniy taxallusli Valiy Mahmud Posho (vafoti 

1474) bilan maktub yozishgani to‘g‘risida fikr bildirilgan: “Marhumning (Adniyning – 

H.B.) an’ori nafis... ammo inshosi she’ridan a’lo va kinoyatu istiorat va latoyifu nikoti, 

mabodiy va meboniysi, fahoviy va maoniysi puxta va ustodonadir. Xususan, Navoiy 

ila maktuboti bebahonadur” (1057-b.). Ko‘rinadiki, Navoiyning Rum eli bilan 

bog‘lanishi birgina yuqoridagi 33 g‘azal bilan cheklanmaydi, ayrim shoirlar, xususan, 

Adniy taxallusli Mahmud Posho bilan yozishmalari mavjud. Agar mazkur shoirning 

1474 yilda vafot etgani e’tiborga olinsa, 1481 yilda taxtga chiqqan Boyazid II ga 

Navoiyning 33 g‘azali etib bormay turib, bundan taxminan o‘n yillar chamasi avval, 

ya’ni ulug‘ shoir 22-25 yoshlarida rumlik shoirlar bilan maktublar yozishgan. 

Tazkirada “Ajam vasfinda bir bayt 

                          

Ro‘yash chu mushafest u az u husni oyatiy 


                                   Husni xatesh chu nuqta nadorad nihoyati 

(Tarjimasi: YUzi mushaf kabi ekani oyatining go‘zalligidandir. Xati go‘zalligining nuqta 

kabi so‘nggi yo‘qdir) kabi bayt keltirilib, asridan so‘nggi asrga kelguncha shuaroga 

hikmatomuz” ta’sir etganini ko‘rsatib o‘tadi” (243-b.). Olti tilni yaxshi bilgan SHukriy 

munosabati bilan “turkiy tilda ravon Navoiy kabi, forsiyda hamon Binoiy kabi...” deya 

oshirilgan maqtovlar ham uchraydi (SHukriy, 1430-32 b.). Ayrim shoirlarni 

“Navoiyning kotibi”, “Navoiyga raqqos” deb ataydi (698-b.), “Navoiy davoti 

(siyohdoni)dan rang olganlar” (993-b.), “Navoiy gulshanining xud bulbuli” (Zotiy, 

1576-b.) deb ataydi.  

            

Tazkiralarda qayd etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, YUsuf CHetintog‘ Navoiy 

uslubini o‘zida yorqin aks ettirgan yigirmaga yaqin shoirning nomini keltiradi, 

masnaviylarda Hazrat an’anasini davom ettirgan shoirlar ijodidan bahs yuritadi

[10]


Keltirilgan ma’lumotlarning hammasi turk manbalarida zikr etilgan, zamonining ulug‘ 

adib va olimlari tomonidan e’tirof etilgan fikrlardir. Bundan tashqari qanchadan 

qancha tazkiraga kirmay qolgan shoirlar, nafaqat shoirlar tazkiralari, balki valiylar 

tazkiralari, risolalar, masnaviy va nasriy asarlarning muqaddimalarida, tarixiy va 

axloqiy-falsafiy asarlar zayl (ilova)larining qatlarida Hazrat Navoiy hayoti va ijodi bilan 

bog‘liq manbalar borki, ularni o‘rganish, yuqorida zikr etilgan Navoiyning turk sultoni 

Boyazid II ga yozgan 10 dan ortiq maktublarini, boshqa shoirlar bilan yozishmalarini 

topib, nashr qilish orqali Hazratning ma’naviyat xazinasini boyitish bugungi 

navoiyshunoslik fani zimmasidagi ilmiy yumushlardan. 

Demak, Navoiy shuhrati 25 yoshlarda ekan, Rum eli e’tiborini tortadi va Oshiq 

CHalabiy Navoiy Adniy taxallusli shoir bilan maktublar yozishgan. 

Navoiy va Jomiy asarlarini Rum eli va uning sultoni Bayazid II ga Basiriy taxallusli 

shoir etkazgan va umrining 

oxiriga qadar Onado‘lida yashab qolib, Navoiy asarlari 

targ‘iboti bilan mashg‘ul bo‘lgan. Navoiyning maktubotlari orasida Basiriy taxallusli 

shoirga muammo bitgani manbalarda qayd etilgan. Mutribiyning xabar berishiga 

qaraganda, uning ona tomonidan bobosi 

Basiriy taxallusli shoir bo‘lgan. Bu ikki 

Basiriy bir kishi bo‘lib chiqishi ehtimoli bor, biroq buni tasdiqlovchi hujjat qo‘limizda 

yo‘q. 

Alisher Navoiyning Onado‘liga yuborilgan devoni “Navodir un-nihoya” bo‘lib, undan 



33 g‘azalni Sulton Boyazid ma’qul ko‘rib, zamonasining shoiri a’losi Ahmad Poshoga 

nazira yozishni buyurgan. Ahmad Posho va boshqa o‘nlab shoirlar Navoiy ijodining 

ta’sirida bo‘lganlar. 

Amir Navoiy davlat idoralarida ekan, Sulton Boyazid II ga bir necha maktublar yozgan 

(turk tazkiralariga k

o‘ra, ular 10 dan ortiq). Biroq u maktublarning matni hali 

aniqlanmagan, ularni topib, ilmiy muomalaga kiritish navoiyshunoslar zimmasida. 

Tazkira milliy va o‘zaro yaqin 

adabiyotlar

 tarixini yaratishda, muayyan davr adabiy 

muhitini o‘rganishda, alohida adabiy siymolar va asarlarni tadqiq etishda 

adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. Hazrat Navoiyning 

“Majolisu-n-nafois” tazkirasi bilan boshlangan turkiy tazkirachilik maktabi XX asr 

boshlariga qadar nafaqat Turkiston yoki Markaziy Osiyoda, balki Eron, Hindiston, 



Afg‘oniston, Ozarboyjon hamda Turkiyada muvaffaqiyat bilan davom etgan

[11]


O‘tgan 500 yildan ortiqroq vaqt davomida yaratilgan tazkiralarda “Majolisu-n-

nafois”ning izla-rini ilg‘ash qiyin emas. Birgina Onado‘lida turkiy tilda 36 tazkira 

yaratilgan bo‘lib, bular, asosan, “SHoir tazkiralari” (ya’ni valiylar va dabirlar tazkiralari 

bu hisobdan tashqari)dir

[12]


. SHundan 12 tazkirada Hazrat Navoiy shaxsi tilga 

olingan, uning ijodiga munosabat bildirilgan. Mana shu ijodiy vorislikning davomi 

sifatida tuzilgan tazkira “Majma’u-l-xavos” (“Xoslar majmuasi”) deb nomlanib, uning 

muallifi Sodiqbek Afshar (1532-

1613)dir. Muallifning o‘zi yozganidek, Xudobandali 

turk-


afshar qavmidan bo‘lib, Tabrizning Varji mahallasida tug‘ilgan, 20 yoshida otasi 

vafot etgach, meros masalasidagi adolatsizliklardan so‘ng Tabrizni tark etgan hamda 

qalandarlarga qo‘shilib vatangadolik qilgan. U shoir, tazkirachi olim va naqqosh 

bo‘lishdan tashqari, tabobat ilmidan ham xabardor bo‘lgan. Uning uyida hajomat 



dastgohi 

borligi va zamondoshi shoir Basiliy Sovajiyning og‘riq tishini undan 

foydalanib davolaganini ham mazkur tazkiradan bilib olamiz. Bundan tashqari, asosiy 

vazifasi saroy kitobdori bo‘lgani va SHoh Ismoil II (shohlik yillari hijriy 984–985) 

davrida shoir-rassom, Sulton Muhammad (shohlik yillari hijriy 985

–996) davrida esa 

kutubxona raisi vazifasida ishlagan. SHoh Abbos (shohlik yillari hijriy 996

–1038) 


davrida esa bu mansabda uning yanada hurmati oshganiga qaramay, 1007/1599

1600 yilda vazifasidan olingan



. Hayotining so‘nggi yillarini Isfaxonda o‘tkazgan shoir 

kasallanadi va shunga qara

may “Kulliyot”ini tayyorlash bilan band bo‘ladi. 

Tadqiqotchilar

ning yozishiga ko‘ra, 77 yil umr ko‘rgan. 

Sodiq Kitobdor qalandarlar safida Qazvin, Isfahon, YAzd, Gilon, Lohijon, Astrobod, 

Hamadon, Bag‘dod, Nasaf va Karbalo shaharlariga sayohat qilgan. SHom 

(Suriya)dan Tabriz shahriga kelib o‘rnashgan. Mavlono Ali Naqqosh, Behzodning 

shogirdi Muzaffar Ali bilan birga ishlab, zamonasining mashhur rassomlaridan biriga 

aylangan. Codiqiy o‘zbek, ozarboyjon va turk tillarida asarlar bitgan. Uning 

“Kulliyot”iga turli yo‘nalishdagi lirik va epik, ilmiy va ma’rifiy risolalar kirgan bo‘lib, 

mundarijasiga ko‘ra shunday tartiblangan: “Zubdatu-l-kalom” (“So‘zlar qaymog‘i”) 

qasidalar to‘plami (9–sahifadan), “Devoni g‘azaliyoti forsiy” (133–sahifadan), “Muxtalif 

she’rlar” (394–sahifadan), “Tazkiratu-sh-shuaro” (“Majma’u-l-xavos”, 410–sahifadan), 

“Ruboiyot” (440-sahifadan), “Maqolot va manzum hikoyotlar” (446–sahifadan), 

“SHoirlar ismiga aytilgan muammolar” (454–sahifadan), “Fotih-nomai Abbos Nomdor” 

masnaviysi (474

–sahifadan), “Boqiyai “Majma’u-l-xavas” (ning davomi va oxiri (627–

sahifadan), “Turk tilidagi qasida va g‘azallar” (888–sahifadan), “Fayzi shoirlari haqida 

risola” (920–sahifadan), “Manzumai qonunu-s-suvari naqqoshiy” (“Rassomlik 

qonunlari manzumasi”, 934–sahifadan), “Hazziyyot” risolasi (948–sahifadan), 

“Marsiya va tarkibband” (964–sahifadan), “Tarkibbandlar” (alifbo tartibida, 986–

sahifa-

dan), “Tarje’band” (994–sahifadan), “Haydariy hajvi” (1000–sahifadan), 



“Munshaot va Mukotibot” (turk va fors tillarida, 1008–sahifadan), “Falakdan shikoyat 

va Muhammad bey Mazoqning hajvi” (1044–sahifadan), “Muxtalif hajvlar” (1062–

sahifadan) kirgan. 

“Majmau-l-xavos” (“Xoslar majmuasi”) tazkirasini hijriy 1007–1008 yillarda 

(milodiy 1597

–98) Hazrat Navoiyga ergashib o‘zbek (chig‘atoy turkchasi) tilida 

yozgan. SHoh Ismoil davridan SHoh Abbos davrigacha o‘tgan 369 shoir haqida 

(o‘zidan boshqa) ma’lumot bergani Tabriz va Boku nashrlarida aytilgan. Qiyoslashlar 

natijasida tazkirada zikr qilingan shoirlar conining 372 nafar ekanini aniqladik va shu 

tartibda raqamladik. “Kulliyot”ning yuqorida keltirilgan mundarijasiga ko‘ra, tazkira ikki 

o‘rinda sahifalangan. Tazkiraning “Kulliyot”dagi umumiy hajmi 291 sahifadan iborat. 



Kitobat tartibiga ko‘ra avval Muqaddima keltirilgan bo‘lib, unda dastlab 3 ruboiy, kichik 

so‘zboshi, ikki masnaviy, ikki ruboiy va bir qit’a, so‘ngra SHoh Abbos aytgan 

sh

e’rlardan 3 bayt va bir ruboiy (va uning fors tilidagi tarjimasi qo‘shilgan). 



Muqaddimada 

“Avvalo, shayxulislomi nuran Abdurahmon Jomiy-ning 

“Bahoriston”ining bir ravzasidur. Va yana amiri kabir Alisherning “Majolisu-n-

nafois”idur. Va yana “Tazkirai Davlat-shoh”dur. Va yana shahzodai olamu 

olamiyonning “Tuhfai Somiy”-sidur. Bu silsilai sarhalqa intizomi bir-biridin uzulmasun 

deyu va bu tazkiralar sarrishtasi buzulmasun deb, men muosir shoirlar haqida Amir 

Alisher Navoiyning «Majolisu-n-nafois» tazkirasi kabi sakkiz fasldan iborat bo‘lgan bir 

tazkira yozdim va odini «Majma’u-l-xavos» qo‘ydim. Va bu asarni SHoh Abbos 

davrida bitirdim

» kabi fikrlardan kelib chiqib va tazkiraning tarkibiga asoslangan holda 

Hazrat Navoiy an’analarini ham janrda, ham tilda, ham uslubda davom ettirganini 

kuzatamiz. 

Asarning nisbatan qadimgi qo‘lyozmasi 1607/08 yillarga oiddir. Muallif tazkiraning 

tegishli qismini shoirning nomi bilan bosh

lab, so‘ngra oilasi va tug‘ilgan joyi, kasbi 

haqida so‘z yuritadi. SHoirlik darajasi va asarlaridan namunalar beradi, ayrim shoirlar 

haqida latifanamo naqllar keltiradi. SHoirlar ijodidan 59, 74, hatto 99 bayt she’rlar 

keltirgan o‘rinlar ham bor. SHoirlar geografiyasi O‘rta Osiyo, Xuroson, Onado‘li, Iroq, 

Ozarboyjon, Pokiston va Hindiston o‘lkalarini o‘z ichiga oladi. Tazkira, asosan, 

turkigo‘y shoirlarni qalamga olishi bilan xarakterlidir. 



Xotima

da muallif o‘z ijodidan namunalar keltirgan. Qo‘lyozmaga (tazkiraga kirgan) 

turk usmonli shoirlarining ro‘yxati ilova qilingan. 

Sodiqbek va uning tazki

rasi haqidagi dastlabki ma’lumotlar Qozi Ahmad Qumiyning 

xattotlar va naqqoshlar haqidagi riso-lasida

[13]

, Iskandar Munshiy (1561 y.t.)ning 



“Tarixi Olamoroyi Abbosiy” asarlarida keltirilgan. Biroq keyingi asar tarix kitobi 

bo‘lgani uchun unda Sodiqbekning kitobdorlik faoliyati tilga olingan, xolos. 

Muhammad Ali Tarbiyat (1875

–1940)ning “Donishmandoni Ozarboyjon”i (1935)da 

tazkira xususida ancha batafsil ma’lumot va “Kulliyot”ining mundarijasi keltirilgan

[14]


CHunki M.Tarbiyat o‘z tazkirasini tuzishda Sodiqbek asariga manba sifatida tayangan 

edi. Tabrizlik olim Abdurrasul Xayyompur Istanbul universiteti kutubxonasida 

saqlanayotgan tazkira qo‘lyozmasini

[15]

 

ko‘radi va uning boshqa nusxalari bilan 



qiziqadi. Ma’lum bo‘lishicha, tazkiraning Nuri Usmoniya kutubxonasida ham yana ikki 

qo‘lyozma nusxasi borligi aniqlanadi.

[16]

 Keyingi nusxa asosida olim uni fors tiliga 



tarjima qilib, Tabrizda nashr ettiradi

[17]


. Mazkur tarjima to‘liq emas, ayrim 

ma’lumotlar qisqartirilgan, turkiy she’rlar forschaga tarjima qilinmagan. SHunga 

qaramay, ushbu nashr mazkur tazkirani adabiyotshunoslik ilmiga olib kirgani, unga 

kirish so‘zi yozib, muallif xususida fikrlar keltirgani, o‘ziga tanish bo‘lgan 

qo‘lyozmalarning tasnifini bergani va kitob ilovasida tazkiraga kirgan shoirlar 

nomlarini fors alifbosi tartibida ilova qilgani bilan ahamiyatlidir. 

Ozarboyjonda Tarbi

yat tazkirasi va Xayyompur tarjimasidan so‘ng Sodiqbek ijodiga 

alohida e’tibor qaratildi. Hamid Orasli “XVII–XVIII asr Ozarbayjon adabiyoti tarixi” 

(1956) kitobida va “Alisher Navoiy merosini o‘rganish tarixidan” maqolalarida 

Sodiqbek ijodiga to‘xtalib, uning ozarboyjon adabiyoti tarixidan o‘rin olishiga sabab 

bo‘ldi


[18]

 va u haqda maxsus maqola chop etildi

[19]

. Keyin esa ozarboyjonlik olima 



M.Murodovaning maqolasi (1969), nomzodlik dissertatsiyasi (1970) va monografiyasi 

e’lon qilindi

[20]


. So‘ngra esa Alisher Navoiy ijodining Ozarboyjondagi tadqiqotchisi 

Jannat Nagieva o‘z ishlarida mazkur tazkiradagi Navoiy an’analari xususida so‘z 

yuritdi

[21]


. Turkiyad

a mazkur tazkira va undan o‘rin olgan usmonli turk shoirlari 

xususida maqolalar e’lon qilindi

[22]


Tazkiraga O‘zbekistonda 1960-yillardan e’tibor berila boshlangan. U haqda nisbatan 

birinchilardan bo‘lib Maqsud SHayxzodaning “Tazkirachilik tarixidan” maqolasida 

batafsil fikrlar bor

[23]

. Bunga qadar matbuotda S.G‘anievaning maqolasi e’lon qi-



lingan bo‘lib, olima Tehrondagi forscha tarjima nashridan kelib chiqib, muallif va uning 

asari xususida mulohaza yuritgan.

[24]

 Ni


hoyat, mazkur tazkira xususida o‘zbek 

olimasi R.Qobulova dastlab maqola

[25]

, so‘ngra nomzodlik dissertatsiyasini e’lon 



qildi

[26]


. SHu bilan yurtimizda go‘yoki Navoiyning tazkiranavis shogirdi (uvays) va 

uning o‘zbek tilidagi tazkirasi haqida fikrlar to‘xtaganday bo‘ldi. Biroq Ozarboyjonda 

mazkur muallifning nomi adabiyot tarixidan qat’iy o‘rin olib, u haqdagi tadqiqotlar 

davom et


tirildi. Ayniqsa, V.Musalining “XV–XVII asrlar turk tazkirachiligi” 

monografiyasida keng tahlilga tortildi va “Fors qo‘lyozmalari katalogi”ga kiritildi

[27]



SHu bilan 



birga yuqorida tilga olingan qo‘lyozmalar, Tehron nashri asosida 2008 yilda 

Akram Bag‘irov tomonidan ozarboyjonchaga uyg‘unlashtirilgan holda nashr etildi

[28]



Ma’lum bo‘lishicha, Istanbuldadagi uch qo‘lyozma nusxadan tash-qari,  Ayo So‘fiya 



kutubxonasida ham uning bir qo‘lyozmasi mavjud-ligi, Eronda Sipohsolor kutubxonasi 

fondida, Muhammad Ali Tarbiyat shaxsiy kutubxonasida hamda “Kulliyot” tarkibida 

(Tabriz Milliy kutubxonasi) yana uch nusxa borligi aniqlandi. Sankt-Peterburgdagi 

Rossiya FA SHarq qo‘lyozmalari institutida

[29]

, Parij Milliy kutubxonasida ham 



nusxalari mavjud ekani ma’lum bo‘ldi

[30]


. Qolaversa, Ozarboyjon FA Qo‘lyozmalar 

institutida Kulliyotning, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondida Parij 

nusxasining, Moskva Davlat kutubxonasida Sankt-Peterburg nusxalarining 

mikrofilmlari ham saqlanar ekan

[31]



Mazkur nashrni amalga oshirishda Istanbuldagi Nuri Usmoniya kutubxonasi nusxasi, 



Tabrizda nashr qilingan forscha tarjimasi va Boku nashriga tayanildi

[32]


. Ular 

o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatilishi barobarida qo‘lyozmada yo‘q o‘rinlar A.Xayyompur va 

A.Bag‘irov nashrlaridan olib to‘ldirildi. Qo‘lyozma filologiya fanlari nomzodi J.Jo‘raev 

tomonidan tabdil qilinib, mazkur satrlar muallifi uni Tabriz va Boku nashrlari bilan 

solishtirib, tegishli o‘rinlarda o‘zgarish va kiritmalar qildi, muallif izohlarini to‘ldirib, 

ehtiyoj 


yuzasidan yangi sharhlar kiritdi. Qo‘lyozmaning sahifalari matnda aniqlandi va 

qavs ichida ko‘rsatilib borildi. Natijada qo‘lingizdagi kitob – XVI–XVII asrlar o‘zbek 

tazkirachiligi

ning noyob nusxasining matni nashrga tayyorlandi va unga zarur ma’-

lumot

lar ilova qilindi. Ustod Maqsud SHayxzoda ta’kidlaganidek mazkur asarning 



o‘zbek kitobxonlari uchun ahamiyati shundaki, “birinchidan, “Majma’u-l-xavos”ning 

muallifi ozarboyjon

lik bo‘lsa-da, asarini o‘zbekcha yozgan; ikkinchidan, Navoiy taz-

kirachilik m

aktabining an’analari “Majma’u-l-xavos”da yaqqol ifodalangan; 

uchinchidan, bu tazkiradagi material va shoirlarning o‘zbek adabiyoti tarixiga ancha 

taalluqli (joylari) bor; to‘rtinchidan, tazkiraning muallifi o‘zbek kitobxoniga hozircha 

kam tanilgan yozuv

chidir”

[33]


. “Xoslar majmuasi” sifatida ushbu asar o‘zbek 

o‘quvchilari orasida ham qadr topishiga ishonamiz. 

  

 


Savol va topshiriqlar 

1.

 

Naviy  asarining  fors  tiltdagi  tarjimasi  va  uning  tarjimoni  yaqida  ma’lumot 

berimhg. 

2.

 

Faxriy Hiraviyning tazkiralarini keltiring va sharhlang. 

3.

 

Navoiy ta’sirida yozilgan turk tilidagi tazkiralar haqida ma’lumot bering.  

4.

 

Sodiqbek Sodiqiy Afshar (Kitobdor) va  uning 

“Majma’u-l-xavos” tazkirasining 

yozilish sabablarini aniqlang. 

5.

 

Tazkirada o’zbek shoirlaridan kimlar haqida xabarlar bor. 

 

Adabiyotlar

: 

1. Шайхзода М. Тазкирачилик тарихидан. Асарлар. 4-том. Т.: 1972. Б.295-346; 

2. 


Ғаниева С. Навоийнинг «Мажолису-н-нафоис» асари таъсирида ёзилган 

тазкира. // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. 1963. 6-сон. 

  3. 

Болтабоев Ҳ. Туркий тазкираларда Алишер Навоий сиймоси // Жаҳон ада-

биёти. 2013. 2–сон. Б.157-161. 

  

  

 



 

 

[1]



 

Содиқ Китобдор назарда тутилган. Қаранг: Əfsar, Sadiq bəy. MƏcmƏul-

xƏvas. – Baki, 2008.   

[2]


 Isen M. Tezkireden Biyografiye. 

– Istanbul: Kapi Yayinlari, 2010. S.51-52. 

[3]

 Hast-Behist. Haz. Gunay Kut. - Harvard, 1978. S. 77. 



[4]

 Isen M. Tezkireden Biyografiye. 

– Istanbul: Kapi Yayinlari, 2010. S.84. 

[5]


 

Latifi. Tezkiretu’s-suara ve Tabsitatu’n-nuzama. Haz. Сanim, Ridvan. Ankara: 

Ataturk Kultur Merkezi Yay., 2000.

Кўрсатилган асар, 51/а варақ. Мана му 

маълумот бир оз ўзгачароқ талқинда “Кунҳу-л-ахбор”да ҳам келади. 

[6]


 

Mesairu’s-suara. 1-cild. Haz. Filis Kilic. – Istanbul,  S.63-64 (Бундан кейин 

саҳифалари қавс ичида берилган кўчирмалар ушбу асардан олинган). 

[7]


 

Қаранг: Cetindag Y. Ali Sir Nevai. – Istanbul: Kaynak yayinlari, 2010. S.250. 

[8]

 

Kınalı-zade H.Ç. Tazkiretü’ş-Şuara. Hazırlayan: Ibrahim Kutluk, I. Ankara, 1989. 



S.135. 

[9]


 

Кўрсатилган асар. Б.263. 



[10]

 Cetindag Y. Ali Sir Nevai. 

– Istanbul: Kaynak yayinlari, 2010. S.256. 

[11]


 Klasik Turk Edebiyatinda Biografi / Mustafa Isen Adina Uluslararasi Sempozyum. 

Bildiriler. Ankara, Ataturk Kultur Merkezi, 2010. 709 s. 

[12]

 Sair Tezkireleri. Haz. Dr. Haluk Ipekten. Ankara, 2002. S.17



–28. 

[13]


 

Кази Ахмед. Трактат о каллиграфах и художниках (1005/1596-97). Введение, 

перевод и комментарии проф. Б.Н.Заходера. М.-Л., 1947. С.190. 

[14]

 

Tərbiyət Məhəmmədəli. Danişməndani-Azərbaycan: Azərbaycanın görkəmli elm, 



sənət adamları. Bakı, 1987. 

[15]


 

İstanbul Üniversiteti K-4085, 4097/42. 

[16]


 

Нури Усмония кутубхонаси, Сақл. № 3201. 

[17]

 

Тазкираи «Мажмау-л-хавос», ба забон турки-чиғатойи таълифи Содиқий 



китобдор ва таржимаи он ба забони форсий ба хомаи доктор Абдуррасул 

Хайёмпур муаллими донишгоҳи Табриз. – Табриз: 1327 / 1948. 

[18]

 

Araslı H. XVII-XVIII əср Azerbəcən  ədəbiyyətı tarihi. Bakı, 1956; Арасли 



Ҳ. Навоий меросини ўрганиш тарихидан // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. 

1986. №3. 

[19]

 

Kəndli-Herisçi. Sadıqbəy Sadiqinin həyat və yaradıcılığı haqqında bəzi qeyd-



lər // Azərbaycan ədəbiyyatı məsələləri. Bakı, 1964; S.218–19. 

[20]


 Muradova M. 

Sadıq bəy Sadiqinin həyat və yaradıcılığı. Bakı, 1999. 

[21]

 

Nağıyeva C. Azərbaycanda Nəvai. Bakı,  2001. 



[22]

 Kartal A. Cadiki-

I Kitabdar’in Mecma’u’l-havas ısimli Tezkiresi ve onda Yer Alan 

Anadolulu Şairler // Türk kültürü. No 440. Aralik, Ankara, 1999; Şair Tezkireleri / 

Haz. 

[Haluk İpekten] Mustafa İsen, Filiz Kiliç, I. Hakki Aksoyak, Aysun Eyduran. 



Ankara, 2002; 

[23]


 

Шайхзода М. Тазкирачилик тарихидан // Навоийга армуғон. Т.: Фан, 1968. Б. 

31

–71. 



[24]

 

Ғаниева С. Навоийнинг «Мажолису-н-нафоис» асари таъсирида ёзилган 

тазкира // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. 1963. 6–сон. 

[25]


 

Қобулова Р. Содиқий Китобдорнинг “Мажмаъ ул-хавос” тазкираси // Адабий 

мерос. 1976. 4–сон. Б.110–117. 

[26]

 

Қобулова Р. Содиқий Китобдорнинг “Мажмаъ ул-хавос” тазкираси. 



Филология фанлари номзоди ... дисс. автореферати. Т., 1976. 

[27]

 

Musalı V. XV-XVII əsrlər türk təzkirəçiliyi. Bakı, 2007; Каталог персидских 

рукописей. Т.III. Баку, 2007. 

[28]


 Sadiq b

еy Sadiqi. Külliyyat. АМЕА Əlyazmalar İnstitutu, FS-27; Sadiq bəy Əfşar

M

əcməul-xəvas. – Baki: Еlm, 2008. 410 s.  



[29]

 

Россия ФА Шарқ қўлёзмалари институти. Санкт-Петербург, B-1187; 

[30]

 

Бу ҳақда қаранг: Қобулова Р. Содиқий Китобдорнинг “Мажмаъ ул-хавос” 



тазкираси // Адабий мерос. 1976. 4–сон. Б.114. 

[31]


 

Москва Давлат кутубхонаси (собиқ В.И.Ленин номли), Сақл. № ЗВ 17–13/49. 

[32]

 

Шу ўринда Истанбул нусхасини бизга юборган Карабук (Туркия) 



университети профессори Н.Ҳасан ва Боку нашри билан таъминлаган 

Озарбойжон Миллий Илмлар академияси  З.Бунёдов номидаги Тарих институти 

катта илмий ходими, филология бўйича фалсафа доктори С.Шихиевага ўз 

миннатдорчилигимизни билдирамиз. 



[33]

 

Шайхзода М. Тазкирачилик тарихидан. Асарлар. 4–том. – Т.: 1972. – Б.295–



346. 

 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling