9-Mavzu: Antik va o‘rta asr yodgorliklari tadqiqotida O‘zbekiston arxeologiyasi yutuqlari. Reja: Antik va ilk o‘rta asr ёдгорликлари ўрганилиши тарихшунослиги


Download 66.65 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi66.65 Kb.
#1604990
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MAVZU


9-Mavzu: Antik va o‘rta asr yodgorliklari tadqiqotida O‘zbekiston arxeologiyasi yutuqlari.
Reja:
1. Antik va ilk o‘rta asr ёдгорликлари ўрганилиши тарихшунослиги
2. Antik давr ёдгорликлари tadqiqotlar natijalari ва ютуқлари
3. О‘rta asr ёдгорликлари tadqiqotlar natijalari ва ютуқлари
Tayanch iboralar: Abu-Muslim saroyi; O‘zbekiston-Fransuz ekspeditsiyasi tadqiqotlari; Jarqo‘ton; O‘zbek-Germaniya ekspeditsiyasi tadqiqotlari; Kofirqal’a; Boysartepa; Maymurg`, O‘zbek-Italiya ekspeditsiyasi tadqiqotlari.
Vatanimiz hududi xalqimiz o’tmish tarixi, boy madaniy merosining jonli guvohlari bo’lgan tarixiy-madaniy yodgorliklarga juda boy maskan hisoblanadi. Bu tarixiy va madaniy yodgorliklarni, xalqimiz boy madaniy merosini atroflicha, batafsil o’rganish ishlariga Respublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng keng imkoniyatlar yaratildi. Xususan, muxtaram Prezidentimiz Islom Karimov xalqimizning asl xaqqoniy tarixini yaratish va shu tarix bilan xalqimizni tanishtirish masalasiga alohida e`tibor berdi. Bu e`tibor Birinchi Prezidentimizning Respublikamiz taniqli tarixchi olimlari bilan bo’lgan uchrashuvida (1998 yil) o’z ifodasini topib, uchrashuvda xaqqoniy tarix yaratilishida manbalar axamiyati alohida ta`kidlangan edi. Shu nuqtai nazardan O’zbekiston arxeologiyasi fanining qo’lga kiritayotgan yutuqlari, kashfiyotlari ham ahamiyatlidir. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan arxeologik tadqiqotlarda jahonning etuk ilmiy markazlari bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi. Jumladan, O’zbekiston arxeologiyasi fani shaharsozlik madaniyati va davlatchiligimiz tarixini o’rganishda muhim manbalarni qo’lga kiritdi. Davlatchiligimizning tamol toshlari Qadimgi Xorazm, Baqtriya davlatlari misolida qo’yilganligi ishonarli arxeologik manbalar asosida o’z echimini topdi. Afrosiyob, Ko’ktepa, Jarqo’ton, Erqo’rg’on kabi yodgorliklar tadqiqoti asosida qo’lga kiritilgan arxeologik ashyoviy dalillar bilan yanada oydinlashdi. Jumladan, Samarqand shahrining 2750 yilligi, Qarshi shahrining 2700 yilligi, SHahrisabz shahrining 2700 yilligi, Buxoro shahrining 2500 yilligi yubileylari tantanalarining ham to’laqonli ravishda manbalar bilan asoslanishi O’zbekiston arxeologiyasi fani qo’lga kiritgan eng so’nggi yutuqlaridan hisoblanadi.
Vatanimiz miqyosida shaharsozlik madaniyati davlatchiligimiz tarixi shakllangan mintaqalar sirasiga kiradi. Afrosiyob, Ko’ktepa, Erqo’rg’on, Uzunqir, Buxoro, Varaxsha, Panjikent, Kofirqal`a kabi qadimgi va ilk o’rta asr shaharlari arxeologik jihatdan yaxshi tadqiq etilgan. Ma`lumki, qadimgi shaharlar shakllanishida bir nechta zaruriy shart-sharoitlari bo’lganligi tadqiqotlarda aniqlangan. Dastavval, sug’orma dehqonchilikka asoslangan madaniy oblastlardagi yirik aholi punktlarining shahar darajasiga ko’tarilishi uchun avvalo ular maydonidagi zich grajdan qurilish binolari orasida baland monumental arxitektura inshoatlarining bo’lishi taqoza etiladi. Ikkinchi muhim zaruriyat-shu yirik aholi punktlari mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lishi shart. Monumental arxitektura ansambillari- ijtimoiy, diniy ideologiya kvartallari joylashgan shahar markazi hisoblanadi. Bu markaz o’z navbatida shahar hokimi xonadoni va kohinlar yashaydigan «aristokratiya kvartali» bo’lib, uning asosini hokim saroylari, ibodatxona inshoatlari tashkil etadi. Qadimgi shaharlarning yana bir xususiyati - ularda maxsus mahallalar, magistral ko’chalar va kanalizatsiya sistemasining tashkil etilishi bilan bog’liqdir. Shaharning ichki mazmuni savdo hunarmandchilik, harbiy ma`muriy boshqarish sistemasi va madaniy-ideologik markazlari tashkil etadi. Shuningdek, qadimiy shaharlar kelib chiqishi yana bir nechta shart – sharoitlarga bog’liq. Ular quyidagilar hisoblanadi: 1. aholining oziq-ovqatga bo’lgan talabi yo’lidagi xo’jalik ixtirolarini yaratish. Bu holat dehqonchilik zonalarida aholini bir markazga zichlashishiga imkon beradi. 2. Hunarmandchilikni dehqonchilikdan ajralib chiqishidan hunarmandlarni kasb nuqtai nazaridan aholining alohida tabaqasini tashkil etishi va shahar ichki strukturasi asosini shakllanishini ta`minlashi masalasi.3.Jamiyatda ijtimoiy tengsizlikning kelib chiqishi, shu bilan birga jamiyatni boshqarish organlarining o’zgarishi va murakkablashishi. Boshqaruvda diniy va dunyoviy hokimiyat- kohinlar va aristokratiya vujudga keldi. Shahar uchun umumiy bir xudo obrazi maydonga keldi. Xullas, yuqorida zikr etilgan omillar qadimgi, ilk shaharlar tadqiqotida o’z aksini topgan. Bu holatlarni O’zbekiston miqyosida Jarqo’ton, Erqo’rg’on, Afrosiyob, Ko’ktepa, Qiziltepa kabi ilk shaharlar tadqiqotida kuzatilishga erishilgan. Shuningdek, Erqo’rg’on, Uzunqir , Kosontepa, Sangirtepa, Shulliktepa, Afrasiyob, Buxoro, Varaxsha, Panjikent, Kofirqal`a kabi yodgorliklar tadqiqotida qo’lga kiritilgan ashyolar antik, ilk o’rta asr arxeologiyasini o’rganishda o’ziga xos manba bo’lib hisoblanadi. Samarqand, Buxora, Shahrisabz, Qarshi shaharlarining paydo bo’lishiga bag’ishlangan yubiley tantanalari, xalqaro ilmiy anjumanlarning o’tkazilishi Zarafshon, Qashqadaryo arxeologiyasi va muammolari masalasida juda muhim bo’ldi.
Zarafshon va Qashqadaryo vohasi, xususan so’g’d diyori nafaqat Vatanimiz, balki O’rta Osiyo miqyosida qadimgi madaniyat maskanlaridan biri sanaladi. Voha kishilik tarixi taraqqiyoti turli rivojlanish bosqichlariga oid tarixiy, madaniy yodgorliklarga nihoyatda boydir. Zarafshon va Qashqadaryo vohasi tarixiy madaniy yodgorliklarga boyligi mazkur xududda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida etirof etilgan. Qashqadaryo vohasini arxeologik jixatdan o’rganilish ishlari o’tgan asr o’rtalaridan boshlangan. Bu tadqiqotlar O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix, arxeologiya va etnografiya institutining YA.G’ulomov boshchiligidagi O’zbekiston arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan. Bunda ibtidoiy davr madaniyat izlari hisoblanuvchi bir qancha qiziqarli tosh qurollari kollektsiyasi Zarafshon, Quyi Qashqadaryo voxasida er sathidan terib olingan. Voxalarning bronza davri jamoalari madaniyati to’g’risida O’zbekiston arxeologik ekspeditsiya xodimlari tadqiqotlari malumot beradi. Qadimgi so’g’d sug’orish inshoatlari to’g’risida A. Muxammadjonovning izlanishlari muhim hisoblanadi. Shaharsozlik madaniyati, yani ilk temir davri, antik davr yodgorliklarini o’rganishda R.H.Sulaymonovning tadqiqotlari muhim. Shuningdek, M.H. Isomiddinov, M.H. Hasanov, A. Sadullaevlarning bu borada amalga oshirgan tadqiqotlari juda ahamiyatlidir. Hususan, bu hududdagi arxeologik izlanishlar Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiyasi, Toshkent Davlat Universiteti arxeologlari faoliyati bilan bog’liq. S.B.Luninaning bir qator ilmiy ishlari Janubiy Sug’d tarixiy geografiyasiga bag’ishlangan. Qashqadaryo vodiysi sharqiy qismidagi arxeologik izlanishlarni S.K.Kabanov, V.D.Jukov, G.YA.Dresvyanskaya, Z.I.Usmonova, A.S.Sa`dullaev, N.N.Krashenninnikova, N.P.Stolyarova, P.Niyozov va boshqalar olib borishgan. V.Tomoshek o’z vaqtida antik manbalarga suyanib Qashqadaryo vodiysining sharqiy qismi «So’g’d erlari» Navtak ekanligini aytadi. Uni bir qator tadqiqotchilar qo’lab-quvvatlaydilar. V.E.Masson Qashqadaryoning quyi oqimida joylashgan, bir- biridan 20 km uzoqlikda bo’lgan ikkita shahar Erqo’rg’on va Kalai Zahoki Maron deyarli bir paytda qurilgan deb o’z tadqiqotlarida keltiradi.
Afrosiyobxarobolarinigarkqismidantopilganmoddiymanbalargako‘ra, shaxarningyoshi 2750 yilgatengbo‘lib, u « Avesto» ning , undaaksetgan « Tur» larvaafsonaviypodshohAfrosiyob- Alperto‘nganingtengdoshidir. Afrosiyob yodgorligida xozirgi kunda ham arxeologik tadqiqot ishlari xam amalga oshirilmoqda. Bu tadqiqot ishlari o‘zbek- fransuz qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan bajarilmoqda. Xususan, 2000 yili F. Grene, M. Isamiddinovlar raxbarligida O.N. Inevatkina Abu Muslim saroyi sharqiy qismi, arkning shimoliy- sharqiy qismi stratigrafik xolatini o‘rganib , axamoniylar davriga oid arxitekturaviy kompleksni topdi. Lorian Sev- Martinez mil.avv 3-2 asrlarga oid bo‘lgan yunon umumjamoa binosida qazishma ishlarini bajardi. Eng muximi Abu Muslim saroyi qoldiqlari va 10-11 asrlarga oid bo‘lgan devoriy suratlar topilgani bo‘ldi. Bu rasmlarda otlar, odamlar yuz, chexra tasvirlari , qushlar chizmalari manzaralari bor. 2002 yili Afrosiyob shaxarchasining 2 – raskopida 8 asr 20 yillarida qurilgan Nasr bin Sayyor saroyida tadqiqot ishlari olib borildi. Ko‘plab sopol buyumlar numizmatik manbalar qo‘lga kiritildi.
O‘zR FA arxeologiya insituti va Germaniya arxeologiya insituti o‘rtasida ilmiy shartnomaga binoan qo‘shma arxeologik otryad 1993-2003 yillar maboynida Jondavlattepa va Jarqo‘ton yodgorliklarida arxeologik qazishma ishlarini olib bordi. O‘tgan 10 yil maboynida xalqaro otryad tomonidan Jarqo‘ton yodgorligida eng yangi fan yangiliklarini qo‘lga kiritdi. Bular jumlasiga: O‘zbekiston xududida ilk davlatlarning shakllanishi bronza davridan boshlanishi yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitildi. Radio uglerod analizlari yordamida Jarqo‘ton yodgorligining yangi xronologik davri aniqlandi. Jarqo‘ton olov ibodatxonasi joylashgan № 6 tepalik va uning quyi qatlamlari to‘liq qazildi, natijada bu erda yodgorlikning ilk qurilish davriga oid monumental inshoot – saroy o‘rni ochildi.Jarqo‘ton arki xududining to‘rtta joyida yirik qazishmaishlari olib borildi va arkning planigrafiyasi borasida yangi ma’lumotlar to‘plandi. Jarqo‘ton aholisining Qadimgi SHarq madaniyatlari markazlari va Evroosiyo ko‘chmanchi madaniyatlari bilan madaniy aloqalari borasida boy ashyoviy ma’lumotlar to‘plandi.
Sopolli madaniyatiga oid barcha bronzadan ishlangan ashyolar jamlanib gurux, tip va variantlarga ajratildi, ularga yasalish texnikasi va shakllari jixatidan eng yaqin analogiyalar keltirildi, bronza predmetlari asosida sopolli madaniyatiga yangi xronologik davrlashtirish taklif etildi. Nashr etilgan va yangi manbalar asosida Sopolli madaniyatiga oid barcha qabrlar maxsus kompyuter dasturi asosida ishlab chiqildi.
Qadimgi So‘g‘diyona Sharqnig eng yirik tarixiy o‘lkalaridan biri hisoblanadi. So‘g‘diyonaning poytaxti bo‘lgan Samarqand qadim- qadimlardanoq muhim siyosiy, madaniy va iqtisodiy markaz vazifasini bajarib kelgan. Tarixiy manbalarda Samarqand atrofida bir necha kichik, ammo muhim shaxarchalar bo‘lganligi aytilgan. SHunday shaxarchalardan biri Darg‘om kanalining chap ( janubiy) qirg‘og‘ida , Samarqanddan 12 km uzoqlikda joylashgan Kofir qal’adir. 16 ga maydoni egallagan ushbu yodgorlik uch qismdan : ark, shaxriston va raboddan iboratdir, shaxar arki mustaxkam mudofaa devori hamda chuqur xandak bilan o‘ralgan.
Bundan tashqari, ark bilan shaxriston qo‘shimcha ravishda yana bir mudofaa devori bilan himoyalangan. SHaxarning rabot qismi janub tomonda joylashgan, afsuski, keyingi yillardagi er o‘zlashtirilishi tufayli yodgorlikning bu qismi vayron qilingan. 20 asrning 20-50 yillarida Kofir qal’ada kichik xajmdagi tadqiqotlar olib borilganligi ma’lum. 1992 yili Kofir qa’la arkining janubiy tomonida o‘tkazilgan qazishmalar natijasida arkka kiradigan yagona darvozaning o‘rni ochildi.
2001 yilga kelib Kofir qal’ada O‘zbekiston – Italiya qo‘shma ekspeditsiyasi ish boshladi . Qo‘shma espeditsiya a’zolari 1991-1992 yillarda ochilgan maydonni kengaytirishga qaror qildilar. 11x10 metr hajmdagi maydonda o‘tkazilgan qazishmalar natijasida ayvonning bir qismi ochildi. Ayvonning janubiy tomonida paxsadan supa qilingan bo‘lib supaning usti samonli suvoq qilingandir. Qazishmalar natijasida poldan ustunning tagkurslari topildi. Tagkurslar yog‘ochdan qilingan bo‘lib hajmi 50x50 santimetrdir. Ochilgan maydonning ichi chala yongan yog‘och, suyak, sopol va kul qoldiqlardan iborat. CHala yongan yog‘ochlarda o‘ymakorlik naqshlarining izlari saqlangan. Qazishmalar jarayonida bu erdan 294 dona bo‘lla- muhrlar topildi. 2002 yilgi qazishmalar paytida yana 115 dona bo‘lla topildi va ularning umumiy 409 taga etdi. Bo‘lla- muhrlar muhim arxeologik topilmalar sirasiga kirganligi uchun ular haqida biroz to‘xtalmoq lozimdir. Bo‘lla- hukumdorlar yoki zadogonlarnining shaxsiy muhrlarini anglatadi va xildagi topilmalar juda kam uchraydi. Kofirqal’a bo‘llalari yaxshi pishitilgan xom loydan yasalgan bo‘lib, dumoloq yoki cho‘zinchoq shaklga egadir. Bo‘llalarning diametri 1,5-3 santimetr , balandligi esa 1-1,3 santimetrni tashkil etadi . Bo‘llalarning sirtiga har xil tasvirlar tushirilgan bo‘lib, orqasida esa ipdan qolgan izlar bor. Odatda biror bir muhim hujjat yoki maktub bitilgan qog‘oz dumaloq qilib o‘ralib, uning bir necha joydan teshilib ip o‘tkazilgan, so‘ngra ipning uchiga xom loy yopishtirilib, muhr bosilgan. Maktubni ochib o‘qish uchun esa ipni kesish lozim bo‘lgan. Kofir kal’adan topilgan bo‘llalar olovda yondirilganligi uchun ularning ko‘pchiligi qorayib qolgan. Topilgan bo‘llalarning syujetlariga qarab uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh antropomorf syujetga ega, ikkinchi guruh zoomorf syujetga ega, uchinchi guruh esa tamg‘a yoei har xil belgilarga ega bo‘lgan bo‘llalarni kiritishimiz mumkin. Bo‘llalar orasida antropomorf syujetga ega bo‘lganlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu bo‘llalardagi odamlarning boshlari profilda (yon tomondan) ak s ettirilgan. Ayrim bo‘llalarda tasvirlangan odamlarning mo‘ylovlari va uzun soqollari yaqqol ko‘rinib turibdi. SHuningdek, bo‘llalarda ayolar ham tasvirlangan bo‘lib, ularning bo‘yinlarida munchoqlari bor. Zoomorf syujetga ega bo‘lgan bo‘llalarda har xil hayvonlar, qushlar tasvirlangan bo‘lib, bu hayvonlarning barchasi O‘rta Osiyo hududida qadimdan yashab kelayotganligi tadqiqotlarda aniqlangan. Uchinchi guruhga mansub bo‘lgan bo‘llalarda tamg‘alar va boshqa belgilar aks ettirilgan bo‘lib, bu tamg‘alar ilk o‘rta asrlarga oid so‘g‘d tangalarida ham uchraydi. Kofirqaladan topilgan bo‘llalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu bo‘llalar Samarqandga Tohoriston, Afg‘oniston, Eron, Buxoro va Qashqadaryodan keltirilgan bo‘lib, ular eramizning 7-8 asrlariga mansubdir. Ayrim bo‘llalarda boshiga toj kiygan podshohlar tasvirlangan. Odamlar tasvirlangan ko‘pchilik bo‘llalarda yozuvlar mavjud. Bu mo‘llalar o‘z mazmun mohiyotiga ko‘ra o‘tmish tariximiz, boy madaniy merosimizni o‘rganishda o‘ziga xos manba sanaladi.
Xullas, Kofirqal’a yodgorligi joylanishi, mudofaa tarmoqlarining mukammalligi va bu erdan katta miqdorda bo‘llalarning topilishi faktlari haqiqatdan ham Samarqand podsholarining yozgi saroyi Kofirqal’ada bo‘lganligini tasdiqlaydi. Kofirqal’a arablar bosqini tufayli vayron bo‘lib ketgan. Lekin bu yodgorlik Vatanimizning antik va ilk o‘rta asr davri tarixi, madaniyatini o‘rganishda o‘ziga xos manba bo‘lib hisoblanadi.
O‘rta Zarafshon vohasi antik davri tarixi, madaniyatini o‘rganishda Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘ri Sazog‘on qishlog‘i markazidan topilib, tadqiqot etilgan Boysartepa yodgorligining ahamiyati katta. Bu yodorlik 2002 yili Samarqand Davlat universiteti, Uzb.R. FA arxeologiya Instituti va Italiya Respublikasi Bolonya universiteti xodimlarining ilmiy hamkorligida kashf etilgan bo‘lib, 2003 yildan e’tiboran tadqiqot etilib kelinmoqda. Dastlabki tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ellinlar davri ilk bosqichlaridan boshlab, mil.avv. 2 asr maboyinida bu joyda aholi o‘troq holda yashashganlar. Milodimiz arafasida esa bu joylar aholi qo‘yindi joylariga, ya’ni qabristoniga aylangan. Hozirgacha bu joyda qirqqa yaqin qabr borligi tadqiqotlarda aniqlangan. Bu yodgorlik maydon sathida 3 ta qo‘rg‘on borligi aniqlandi. Ular er sathidan ko‘tarilib, aylana shaklda bilinib turibdi. 3- qo‘rg‘on ustidan uzunasiga transhey uslubida shurf qazib ko‘rildi. Qazish jarayonida 10 ta stratigrafik qatlam aniqlandi. Q abr topilib, uning shakli suyri holatida katokomba ko‘rinishida bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi . Qabrdan erkak kishining jasadi topilib, uning suyaklari yonidan kuvshin, sopol ko‘za, hamda bir tig‘li uzunligi 12 santimetr bo‘lgan temir pichoq, 26 santimetrli uzunlikda bo‘lgan xanjar, temirdan qilingan zanjir topildi. Bu yodgorlik Oqjartepa, Toytepa kabi yodgorliklarga o‘xshash. Har yili mazkur yodgorlikda tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda va yuqorida ko‘rsatilgan davrlarga oid qimmatli arxeologik manbalar qo‘lga kiritilmoqda.
Самарқанднинг жанубий-шарқида жойлашган Маймурғ мулкликлигининг Қулдортепа, Кофирқалъа, Ишчантепа, Шаиттепа I, Истахартепа, Ёнчашма, Работтепа I ва Қорачекмантепа I ёдгорликларидаги археологик қазишма материаллари илмий муомалага киритилган, археологик материалларни ёзма манбалардаги маълумотлар билан қиёсий таҳлил қилиш асосида, илк ўрта аср жамият тараққиётининг барча жабҳаларидаги, жумладан, сиёсий, ижтимоий-иқтисодий ва маънавий ҳаётидаги, шунингдек, шаҳар ва қишлоқ қурилиш меъморчилиги, ҳунармандчиликнинг ривожланишидаги ўзгаришлар ёритилган.Тадқиқотлар натижасида, барча маданий воҳалар каби Маймурғда ҳам милодий IV-V асрларда мудофаа тизими кучайтирилганлиги (Кулдортепа) ҳамда шаҳар ташқарисида қишлоқ маконлари (Ишчантепа, Истахартепа, Жартепа, Ёнчашма), қаср, қўрғонлар қурилиши жадаллашганлиги археологик материаллар асосида исботланди. Шунингдек, иншоотлар асосан платформалар устига қурилиб, баланд платформалар биноларга улуғворлик, кўрк бағишлагани, мудофаа имкониятини кучайтиргани, зилзилабардошликни оширгани ҳамда деворларни турли табиий офатлар сақлагани ва бошқа омиллар сабаб бўлгани археолологик ва этнографик маълумотлар асосида ёритилган.Ёзма ва археологик манбаларнинг таҳлилига кўра, Маймурғ мулклиги таркибидаги Новзандак шу ном билан аталувчи ёдгорлик билан, Виздгирт (Вазкарда)-Суфён, Варақсар-Қуюктепа, Санжарфағн-Қўрғонтепа ва Ривдад-Қофирқалъа ёдгорликлари билан локализация қилинди. Мавжуд қишлоқларни ўзаро бир-биридан дарёлар, каналлар, сойлар ажратиб тургани исботланган.
Ўрта Зарафшон воҳасида VII-VIII асрларда келиб воҳада шаҳарсозлик маданияти ривожланиб, саройлар қад ростлаган (Кофирқалъа), шаҳарлар ташқарисида қишлоқ (Работтепа I, Шаиттепа I ва Қорачекмантепа I) қурилиши янада жадаллашганлиги тадқиқотларимизда аниқланди. Шу тарихий даврдан эътиборан, қурилишда пахса ва хом ғиштлар билан бир қаторда пишиқ ғиштдан қоплама сифатида фойдаланила бошлаганлиги маълум бўлди. Зарафшон воҳасининг илк ўрта асрларида кулолчилик идишлари икки ярусли, гумбазсимон (аркасимон) хумдонларда пиширилгани Кофирқалъа хумдонлари асосида ўрганилган. Бу турдаги хумдонларда идишларни пишириш қулайлиги, ёқилғи маҳсулотларини ишлатишда тежамкор эканлиги этнографик маълумотлар асосида исботланган. Шу ўринда таъкидлаш жоизки, илк ўрта асрларда Суғдда ғиштлар махсус, алоҳида пишиқ ғишт ишлаб чиқаришга ихтисослашган хумдонларда эмас, балки улар кулолчилик хумдонларидан фойдаланилиб пиширилганлиги тўғрисидаги хулосага келишда Кофирқалъа кулолчилик хумдонларида қайд этилган пишиқ ғиштлар асосида исботлаб берилди.Илк ўрта асрларда Суғд, хусусан, Маймурғ аҳолиси зардуштийлик динига эътиқод қилганлиги мавжуд ибодатхона (Жартепа), остадонлар, науслар ва диний маросимларни ўзида акс эттирган санъат намуналарида (Кофирқалъа панноси) ўз аксини топди. Шунингдек, воҳа аҳолисининг христианлик ва буддавийлик динларига ҳам эътиқод қилганлиги ибодатхона (Қўштепа) ва диний маросимларни ўзида акс эттирган моддий манбалардан маълум бўлдики, илк ўрта асрларда воҳа аҳолисининг диний эътиқоди турлича бўлиб, мулкликда диний бағрикенглик тамойили устувор бўлганлигини кўрсатади.
Mustaqillik yillarida Erqo’rg’on yodgorligi R.H.Suleymonov tomonidan atroflicha tadqiq qilinib qo’lga kiritilgan manbalar Qarshi shaxrining 2700 yillik yubileyiga asos bo’ldi. Qashqadaryo voxasini arxeologik jihatdan o’rganishda 2000 yildan e`tiboran Kaliforniya universiteti xodimlari S.Mexandeli , K. Kodella S.Ganimoti, K. Villiam arxeologiya instituti xodimlari B. Matboboev , M.Xasanov, Toshkent Milliy universiteti xodimlari R.H.Suleymonov, O.N. Pushpenleo, A. V. Omelchenkolar ishtirokida arxeologik xarita borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar muhim bo’ldi. Ayniqsa M. Xasanov, S.Mexandelilar hamkorlikda Sangirtepa yodgorligi tadqiqoti natijalari ahamiyatlidir. Shuningdek 2001-2002 yillarda Shaxrisabz shaxrining yubileyi munosabati bilan M. Xasanov, A. Raimqulov kabi olimlarning olib borgan tadqiqotlari axamiyatlidir. eng muximi Qashqadaryo voxasini arxeologik jixatdan o’rganishda Qarshi shahrining 2700 yilligi yubileyi munosabati bilan o’tkazilgan xalqaro anjuman materiallari juda katta axamiyat kasb etadi.
So’g’d, xususan, Quyi Zarafshon vohasida shaharsozlik madaniyatini o’rganishda Varaxsha yodgorligining ham muhim o’rni bor. Bu yodgorlik Buxoro shahridn 40 km shimoliy-g’rbiy tomonda Dashti Urganji ko’lining qadimgi Rajfandun vohasida joylashgan. Bu hududda arxeologik tadqiqot ishlarini 1937-39 yillari V.A.SHishkin olib borgan. Keyingi tadqiqot ishlari 1947-54 yillarida V.A.SHishkin rahbarligidaga arxeologik ekspeditsiya tomonidan davom ettirilgan. Xususan, V.A.SHishkin Varaxsha shahar harobasini o’rgangan (SHishkin V.A., 1963). Shuningdek, mazkur yodgorlikda 1975-77 yillari A.Muhammadjonov, 1977-79 yillri O.V.Obel’chenko, 1987-1990 yillari G.V.SHishkina kabi arxeologlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Shu tadqiqotlar asosida maydoni 9 gektar va balandligi 10-20 metrli ulkan tepalik ko’rinishida bo’lgan Varaxsha yodgorligi tadqiq etilgan. V.A.SHishkin, A.Muhammadjonovlar tadqiqoticha mil.avv. II asrlarda bir-biriga tutushgan bir nechta istehkomli qishloq tarzida bu yodgorlik qad ko’targan. Arxeologik qazishmalr natijasida yodgorlikning shimoliy-g’arbida tashqi devor hamda yarim doira shakldagi burji topilgan. Devorning qalinligi 1,8-1,9 metr bo’lib, devor hajmi 37x41x10 sm li xom g’ishtdan ko’tarilgan. Devor va burjlarda poykansimon nishon tuynuklari ( ichki tomoni 38-40 sm, tashqarisi 75-80sm, kengligi 20-22 sm) ochilgan. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, mil.avv. 2-1 va milodiy 1-2 asrlarda Varaxsha va uning atrofida hyot, madaniyat gullagan. Milodiy 3-4 asrlarga kelib tadqiqotlar ko’rsatishiicha, Varaxshada taraqqiyot tanazzulga uchragan. Lekin, 5 asrda Varaxsha yana qayta tiklangan. Hatto, Buxoro hukmdorlari- Buxorxudotlrning qarargohiga aylangan. Shu davrda Varaxsha atrofi mustahkam devor bilan o’ralgan. Varaxshaning janubiy qismida V.A.SHishkin, A.Muhammadjonov, O.V.Obel’chenkolar tadqiqotida ark topilib o’rganilgan.
Varaxsha yodgorligi arxeologik jihatdan yaxshi tadqiq etilgan. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, Varaxsha 8- 10 asrlarda ayniqsa obod bo’lgan. A.Muhammadjonovning ko’rsatishicha, Varaxsha va uning atrofi 12 ta kanal bilan sug’orilgan. Rajfandun vohasidagi eng yirik va markaziy shahar qal`alaridn biriga aylangan. Varaxsha shahri to’g’risida Istaxriy, Ibn Havqal kabi tarixchilar muhim m`lumotlar berishgan. Sababi, Buxoro va Xorazm oralig’ida joylashgan Varaxsha orqali savdo karvon o’tgan. Har 15 kunda Varaxshada bir kunlik , har yilning oxirida 20 kunlik bozor sayli ya`ni dehqonlar sayli o’tkazilgan deb tarixchi Narshaxiy ma`lumot qoldirgan (Narshaxiy 1966). Arxeologik tadqiqotlarda Varaxsha Baxorxudotlar qarorgohiga aylangach, yanada yirik shahar bo’lgan. Uning maydoni 11-12 gektar, eniga 6 km dan ziyod bo’lgan. Tarixiy manbalar va arxeologik manbalr ko’rsatishicha, Varaxsha shahrida 12 asrda tarixiy taraqqiyot noma`lum sabablarga ko’ra to’xtagan.
Varaxsha shahrida arxeologik tadqiqotlar natijasida me`morchilik tarixi yaxshi o’rganilgan.Xususan, V.A.SHishkin kvadrat shakldagi yirik xom g’ishtlardan qurilgan imoratlar to’g’risida ma`lumotlar beradi. Shu g’ishtlardan qo’sh minora tarzida o’rab chiqilgan tag kursi(balandligi 15 m) larning birida podshoh saroyi, ikkinchisida soqchixonali darvozaxona binosi qurilgan. Arkning sharqiy qismida tomi ravoqsimon gumbaz tarzida yopilgan uzun yo’laksimon xonalar mavjud bo’lgan. Arkning markazida janubiy tomoni mudofaa devoriga ulashgan. Hukmdorning saroyi sharqiy (11,5x17 m) va g’arbiy (6,6x7,25 m) mehmonxona hamda qizilxona (zal) (8,5x12 m) lardan iborat bo’lgan. Saroy g’arb tomondan 3 ravoqli ganchkori ustunlar o’rnatilgan hashamatli peshayvon bilan o’ralgan. Mehmonxonalar arxeologik jihatdan to’liq qazilgan va ma`lum bo’ldiki xona devorlari mayda somonli loy suvoq qilingan ustida yupqa ganch suvoq qilingan. Uning ustiga devoriy rasmlar qizil, sariq, kulrang, pushti kabi bo’yoqlar bilan bezatilgan. Varaxsha devoriy sur`atlari xuddi Afrosiyob, Panjikent, Bolaliktepa kabi yodgorliklar devoriy rasmlariga o’xshash. Varaxsha devoriy rasmlarda fil mingan shahzoda va chokarlarning oldi va ortdan chovut solgan qoplonlar bilan olushuvi, qayrilib nishonga kamondan o’q uzayotgan ot ustidagi chavondoz, qanotli tuya shakldagi oltin taxtda o’tirgan hukmdor tasvirlangan. SHarqiy mehmonxona devorida tiz cho’kib, qo’lida qadah tutgan malika, belida shamshir, bir qo’lida qisqich ushlagan podshoh, o’rtada vazasimon otashgohda yonib turgan muqaddas olov, otashgohdan o’ngda beliga xanjar taqilgan shahzodaning tiz cho’kib ibodat qilayotgan tasviri yoki sovut va dobulg’a kiygan, qo’llarida nayza, qalqon ushlagan suvoriylarning jang qilayotgan hamda to’qayzorlarda ov manzarasi yuksak mahorat bilan tasvirlangan.
Yodgorlikning janubiy qismidagi imoratlar 2 qavatli bo’lib, 2- qavati xonalari ganchkori naqshlar bilan bezatilgan. Bu ganch suvoqlari ustiga hovuzda suzib yurgan baliqlar, elkasidan o’q egan arxar, elib borayotgan jayran, bedanalar, ayol boshli baxt qushi- xumo, hamlaga tayyorlanayotgan ajdarho, taqimiga sadoq bog’lagan suvoriylar tasvirlari solingan. Umuman olganda, arxeologik tadqiqotlar natijasida Varaxsha yodgorligi mil.avv. 2 asrdan e`tiboran paydo bo’lgan yodgorlik hisoblanadi va unda hayot to milodiy 12 asrgacha bo’lgan.
Panjakent yodgorligi. Zarafshon daryosi yuqori oqimida Samarqand shahridan 68 km lar chamasi janubiy- sharqda joylashgan. Panjakent shahar xarobalari maydoni 13,5 gektar bo’lib, shahriston, o’xandis, rabot va qabristondan iborat. Bu yodgorlik dastlab 1938-40 yillarda arxeolog V.R.CHeylitko tekshirgan. SHahar xarobalari muntazam o’rganishni A.YU.YAkubovskiy 1946 yildan boshlab berdi, 1953 yildan tekshirish ishlarini A.M.Belenitskiy davom ettiradi. SHahristondan ko’p ko’cha tarmoqlari, xom g’isht va paxsadan qurilgan 2 qavatli ayvonli turar joy binolari, hunarmandchilik ustaxonalari va do’konlar qoldig’i topildi. SHahriston markazida 5-7 asrlarga oid ibodatxona ko’rinishida 2 ta bino bo’lgan. Shahar devoridan g’arbda uch qavat istehkom bilan o’ralgan qo’handiz joylashgan. SHahardan sharqda esa 2 qavatli uyli hovlilar bo’lgan. Qo’handizda qamal vaqtida yashashga mo’ljallangan mustahkam minora va hokim saroyi joylashgan. Arxeologik qazishlar jarayonida Panjakentdan bir necha ming jez va kumush tanga topilgan. Bulardan Panjakentda zarb qilingan so’g’d tangalari alohida qimmatga ega. Sopol parchalariga so’g’d tilida va kamdan-kam arab tilida tush’-siyohda yozuvlar bitilgan. Ko’pchiligi yong’in paytida kuyib ketgan sopol haykallar, o’yib ishlangan yog’och shakllar, shuningdek, har xil mazmundagi manzaralar tasviri va naqshgul solingan yog’och g’o’lalar topildi. Ayniqsa, devorlarga ishlangan rasmlarda- oqsuyaklar bazmlari, diniy marosimlar, ov, janglar manzaralari va mifologik shakllar tasvirlangan. SHahar 5-8 asrlar o’rtalarida ravnaq topgan, 8 asrning 1- choragida shaharni arab bosqinchilari vayron qilgan. 8 asrning 2-yarmida Panjakent butunlay xarobaga aylanib, aholi yashamagan. Qadimgi Panjakent asosida muzey- qo’riqxona tashkil etilgan. Qadimgi So’g’d, xususan Zarafshon vohsi qadimgi shaharsozligi tarixini o’rganishda Buxoro shahrini arxeologik jihatdan o’rganilishi tadqiqotlari natijalari ham muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillar maboyinida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Buxoro shahrining 2500 yilligi yubileyi nishonlandi. Arxeologik taqiqotlar ko’rsatishicha, mil.avv. 1 ming yillik boshlaridan Buxoro vohasida sug’orma dehqonchilikka asoslangan madaniyatlar yuzaga kela boshladi. Demakkim, dastlabki obod qishloqlar paydo bo’laboshladi va shu qishloqlar zamirida asta-sekin shaharsozlik madaniyati paydo bo’ldi. O’tgan asr 70-yillarida Buxoro shahrining eski shahar qismida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida qalinligi 20 metrgacha borgan madaniy qatlam o’rganildi.Mir arab madrasasi yaqinida arxeologik qazishmalr olib borilib, bino yaqinida torf qatlami 7,5 metrgacha borganligi bilan Buxoro shaxri Zarafshonning qirg’og’i bo’ylab vujudga kelgan qishloqlar asosida shakllanganligi ma`lum bo’ldi. Bu erdan topilgan sopol idishlar Buxoro tarixini mil.avv I ming yillikning 3-chi choragida shakllana boshlaganini ko’rsatdi. SHuningdek, sopol idishlar mil.avv V asrga oidligi aniqlandi. Umuman olganda, shaharning qadimgi tarixini o’rganishda 18,5 metr chuqurlikgacha bo’lgan joyda ikkita paxsa devori qoldig’i topildi. Ular qadimgi mudofaa devori xarobalari bo’lib, milodiy biri IV-V asrlarga, ikkinchisi mil.avv. IV-III asrlarga oid bo’lib chiqdi. Arxeologik tadqiqotlarda qo’lga kiritilgn ashyolarga asoslanib, Zarafshon quyi oqimida mil.avv. 2 minginchi yil oxirlarida sinchli yarim er to’lalardan iborat qishloqlar paydo bo’lgan. Mil.avv. 4- asrlarda Buxoro arki qurilgan hudud baland mudofa devori va keng handaq bilan o’rab olinib, uning etagida 3 ta mustahkamlangan manzilgoh joylashgan. Shulardan biri, Buxoro hisoblanib, uchalasi birlashuvi bilan Buxoro shahri vujudga kelgan. Buxoroni arxeologik jihatdan o’rganish ishlari o’tgan asr 70- 80 yillarida O’zbekiston FA Arxeologiya instituti maxsus arxeologik otryadi A.R.Muhammadjonov, I.Axrorov,J.Mirzaaxmedov, SH.Odilov kabi olimlar tomonidan amalga oshirilgan. SHaharning yoshini aniqlsh uchun Buxoro vohsi miqyosida Poykent, Qo’rg’oni Vardonze, Romitan,Varaxsha, Xoja Bo’ston, Qo’zi Montepa, Oqsochtepa kabi arxeologik yodgorliklarda qazishmlar olib bordi
1958-1960 yillarda S.I.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etiografiya ekspeditsiyasi Hazorasp qal`asida olib borgan arxeologik qazish ishlari natijasida topilgan ashyolarga qarab, uning eramizdan avvalga IV asrga oid ekanligi to`g’risida bir to`xtamga keldi. Afsuski, tadqiqotlar uzluksiz ravishda olib borishmagan va eng qadimiy qatlamgacha etkazilmagan. Shuning uchun ham shaharning vujudga kelish tarixi hozirgacha munozarali bo`lib qolmoqda. 1996-1998 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti Xiva mintaqaviy bo`limiga qarashli Hazorasp guruhi qal`aning markaziy shurfi va g’arbiy qismidagi devorda qazish ishlari olib bordi. Markaziy qismda joylashgan masjid ichkarisida 6,5m chuhurlikkacha bo`lgan madaniy qatlam o`rganilib, shundan keyin suv chiqib ketganligi sababli qazish ishlari qadimiy qatlamgacha olib borilmadi. Shurfning madaniy qatlamidan xum va xumchalar, tovoqsimon idishlar, qadah parchalari, mudofaa tizimi tarixiga doir yangi ashyolar topildi. Qal`a qadimda ikki qatorli, kengligi 2,5 metrli tashqi va ichki paxsa devordan tiklangan. Uning usti 45x45x14, 44x44x12 sm hajmdagi g’isht bilan shaxmat usulida ko`tarilgan.
G’ishtning pastki qismidagi turli tamg’alar Xorazmning boshqa qal`alaridagi shunday tamg’alarga aynan o`xshaydi. Devor ustiga esa usti yopiq yo`lakli devor qurilgan. Bu devor va burjda yirik ta`mir ishlari olib borilgan. Hazorasp qal`asidan topilgan ashyolarga asoslanib, uning haqiqatdan ham vujudga kelish tarixi miloddan avvalgi VI-V asrlarga oid ekanliga to`g’risida ilmiy xulosa yuritish mumkin.
Hazorasp qal`asi o`ziga xos me`moriy jihati bilan Avestodagi "Kvadrat vara"ni ravshan tasvirlaydi. Bu kabi to`rt tomoni teng rejalashtirish Markaziy Osiyo, shu jumladan, Xorazm vohasi hududidagi shaharlar qurilishida keng urf bo’lmagan.
Qal`a avvaldan puxta o`ylab ishlab chiqilgan reja asosida tekislikka qurilgan. Uning mudofaa tizimida muhim o`rin egallagan unsurlardan biri turlicha (10-55 m) masofada joylashgan burjlardir. Ular dastlab to`g’ri burchakli bo`lib, ta`mir ishlari natijasida aylana holiga kelib qolgan. Kengligi 10 m aylana shaklidaga burchak burjlari ikki tomonga yo`nalgan devorlarni birlashtirib turadi. Burchaklarning ikki yon tomoni devorida joylashgan burjlar o`rtasidaga masofa 10 m bo`lib, bu burj va devorning pastki qismi mustahkamligiga alohida e`tibor berilganligidan dalolatdir. Boshqa maydonlarda burjlarning joylashish masofasi mudofaa va g’arbiy talablarga to`la javob beradi: bu holda old, yon tomoniga zarba berish imkoniyati mavjud bo`lib, o`qchilar o`z qarshisidagi sheriklariga halal bermaganlar. Shunday qilib, miloddan avvalgi VI-V asrlarda qurilgan va ajdodlarimizning madaniy va ma`naviy sohada erishgan bilimlari ifodasini asrlar davomida saqlab kelayotgan Xazorasp qal`asi o`sha davrda Xorazm vohasida shaharsozlik san`ati shakllanib ulgurganligini tasdiqlaydi va shunday shaharlar silsilasini boshlab berganligiga ishonchli dalolat bo`lib xizmat qiladi.
Jonbosqal`a - miloddan avvalgi IV asrga oid bo`lib, 200x170 m maydonga ega. To`g’ri burchakli tuzilishga ega qalinligi 5 m, balandligi 2-10 m devor bilan o`ralgan. Qal`aga bitta darvoza orqali kirilgan. Darvoza hamda devorda ikki qatorli shinaklar joylashgan. Devorning darvoza qismi oldinga ancha bo`rtib chiqqan bir necha aylanma yo`lakka ega murakkab qurilma bilan mustahkamlangan.
Darvozadan boshlangan 30 m kenglikdagi ko`cha shaharni ikki mahallaga bo`lib turgan. U shaharning shimoliy qismida joylashgan ibodatxonaga olib boradi. Shaharning tuzilish rejasiga e`tibor beradigan bo`lsak, u dastlab puxta o`ylab, uzoq muddatli mudofaaga mo`ljallab qurilganligini, murakkab himoya tizimiga ega ekanligani ko`ramiz. Devorlarda ko`p sonli himoyachilarii talab qiluvchi shinaklar qo`yilganligi shundan dalolat beradi. Tarixiy ma`tumotlarga qaraganda, shahar mudofaasida butun aholi qatnashgan.
Biz yuqorida sanab o’tgan qal`alar qadimgi Xorazmda shaharsozlik yuksak darajada rivojlanganini ko’rsatadi. Shuningdek, bu mintaqada irrigatsiya tizimi yuksak rivojlanib, xo’jalik taraqqiyotining rivojlanishiga hissa qo’shgan.
Eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Xorazmda xo’jalik, jamiyat va madaniyat sohasida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Sug’orishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanishi bevosita yangi mehnat qurollarining xo’jalikda ulardan foydalanishga mutanosib tarzda tezlashdi. Temirdan mehnat qurollarini yasashda foydalanish quldorlik jamiyatining yuzaga kelishiga jiddiy sabab bo’ldi. Mehnat vositalarining takomillashuvi sharoitida ibtidoiy jamoa tuzumining yashab qolishiga imkon qolmadi. Bu narsa sug’orish tizimlarining takomillashuviga turtki bo’lib, yirik va Yang turdagi sug’orish inshootlari vujudga keldi. Amudaryodan yirik kanal va ariqlar chiharilib ekin maydonlarining muntazam sug’orilishiga sharoit yaratdi. Amudaryodan oshlanadigan kanallarni antik davr topografiyasi orqali o’rganib, shuni alohida ta`kidlash lozimki, bu kanallar sun`iy yo’l bilan vujudga kelgan. Shunisi aniqki ibtidoiy jamoa a`zolari bunday yirik suv inshootlarini qurishni tashkil eta olmagan. Chunki ibtidoiy jaoma tuzumi sharoitida buning iloji yo’q edi. Yirik kanallarning qurilishi kuchli davlat qokimiyatining keng miqyosdagi ishchi kuchini jalb etishiga bog’liq edi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda mazkur inshootlarni qurishningg yetakchi va birdan bir omili qullar va mute kishilar bo’lgan. Bu qullar jamoa orasidan emas, balki qabilalar, keyinchalik davlatlar o’rtasidagi kurashlar natijasida paydo bo’lgan. Ya`ni asir olinganlar qulga aylantirilgan.
Xorazmning antik davr irrigatsiya tizimining g’arbiy qulllar tomonidan bunyod etilganligini shunday ham bilish mumkinki, bu kanallar hozirgacha juda yaxshi saqlangan bo’lib, bir necha o’n kilometrgacha uzunlikka ega bo’lgan. Antik shaharlar oldida yirik dehqonchilik maydonlari bo’lib, eni 20-30 metrgacha etadigan kanallar nafaqat dehqonchilik ekinlarini balki, shaharning suvga bo’lgan eqtiyojini ham qondirgan. Bu kanallar o’rta dengizi va klassik Sharq mintaqasida vujudga kelgan sivilizatsiyaning yuksak yutug’i sifatida e`tirof etiladi. Xorazm sug’orish tizimini Sariqamish, Janubiy Oqcha-daryo hududlarini to’liq o’z ichiga qamrab oladi. Qizilqal`a, Tuproqqal`a, Ayozqal`a, Qirqqizqal`a, Qurg’oshinqal`a, Bozorqal`a, Jombosqal`a, Amudaryoning o’ng qirg’og’i Goyarqal`a, Qipg’iqal`a, Mang’ir qal`alar Quyi Amudaryo havzasida sug’orish tizimining yuksak taraqqiy etganligini ko’rsatadi. Shunisi xarakterliki, barcha qal`alar Amudaryoning Sariqamish irmog’i yoki Amudaryodan qazib chiharilgan kanal va ariqlar bo’yida joylashgan. Bu esa eramizdan avvalgi I ming yillik o’rtalaridayoq Janubiy Oqchadaryo deltasida juda mukammal sug’orish tizimining bunyod etilganligini ko’rsatdi. Aqchadaryo deltasida XX asrning 50-yillarigacha bo’lgan davrda ham antik davr irrigatsiya tizimi buzilmasdan saqlanib qolgan.
Qadimgi Kaltaminor hududidagi antik yodgorliklarning qadimgilari eramizdan avvalgi VII-V asrlarga to’g’ri keladi. Bu davr yodgorliklari intensiv ravishda yangi hududlarni o’zlashtirish natijasida yaxshi saqlanib qolmagan. Ayniqsa Qang’ay va Kuman davrida bu jarayon kuchaygn. Kushon darviga oid bo’lgan Chermenyob kanali o’zining haybati bilan kishini qaytaga soladi.
Qang’ay-Kushon darvida Sirdaryo va Amudaryodan ko’plab kanallar chiqarilishi va buning natijasida yirik hududlar sug’orilganligini kuzatamiz. Qang’ay-Kushon davri eramizdan avvalgi IV- eramizning II asrlarini o’z ichiga olib, 3,5-3,8 mln gektarni tashkil etadi deb taxmin qilinmoqda. Quyi Amudaryo havzasida bu ko’rsatkich 1,3 mln gektarni tashkil etgan. Xorazm viloyatida hozirda 1 kv kmga 100 kishidan ko’proq odam to’g’ri keladi. Vaholanki, er. avv. IV milodiy II asrlarda taxminan shunchа hududga 25-50 kishi tog’ri kelgan.
Antik davrda yerga ishlov berish bir mintaqadan ikkinchi mintaqaning katta tafovuti bilan izohlanadi. Qazishma ishlari natijasida bu hududdan topilgan g’oyala, er yong’oq va boshqa o’simliklar qoldiqlari, fikrimizni tasdiqlaydi. Biz bu davrdagi dehqonchilik xo’jliklarini g’allakor, bog’bon va texnik o’simliklarni etkazib beruvchi (kunchut, kanakunchut, paxta) jamoalariga bo’lishimiz mumkin.
Shu tarzda biz er.avv. IV eramizning II asrlarida Xorazmda yuuksak xo’jalik va shaqrsozlik madniyati mavjudd bo’lganligi haqidagi ilmiy xulosani berishimiz mumkin.
Shunga mutanosib tarzda ulkan, mustahkam qal`alar bunyod etildiki, bular haqida magistrlik bitiruv ishida bir necha bor to’xtalib o’tmoqdamiz. Biz 1938 yildayoq ommaga taqdim etilgan olimlarning dastlibki tadqiqotlari natijalari haqida emas, balki 1953 yildan keyingi tadqiqotlar natijalari haqida fikr bildirishni lozim topdik.
1953 yilda anchagina mashhur bo’lgan antik davrga tegishli ko’zaliqir yodgorligi o’rganildi. Bu haqda Ya.G’.G’ulomov o’zining "Qadimgi Xorazmning sug’orilish tarixi", S.P.Tolstov "Qadimgi Xorazm", "Oks va Yaksartning qadimgi deltalari bo’ylab" nomli asarlarida ko’pgina ma`lumot keltirib o’tadi.
Ko’zaliqir o’z nomiga mos tarzda ko’pgina sopol buyumlar topilganligi uchun shu nomni olgan. Qal`a taxminan shimoldan janubgacha bo’lgan 1 km uzunlikda uchburchaksimon shaklga ega. Bu yodgorliknnig yoshini aniqlashga katta xizmat qiladigan narsa, bu erdan topilgan ko’p miqdordagi bronzadan qilingan skif tipiga oid o’q uchlari hisoblanadi. Ularning eng qadimgisi er.avv. VII-VI asrga, aksariyat qismi esa VI-V asrga oid.
1953-1954 yilda bu erda D.A.Vishievskiy hamda S.P.Tolstovlar boshchligida ekspeditsiya uyushtirilib, tadqiq qilingan chog’da nafaqat Xorazmning qadimgi aholisining turmush tarzi, balki Ko’zaliqirning ham xarakteristikasi yaxshi ochib berildi.
Qal`a uzun yo’laksimon ko’rinishga ega bo’lib, ikki chetki qismida aholi turar joylari, yirik binolar qoldiqlari saqlanib qolgan. Uning janubi sharqiy tomoni 2,5 metr qazishma maydonining shimoli 4 metrni tashkil etadi. Yo’laknining devori xizmatini bajaruvchi qoldiqlar paxsadan yasalganligi ko’rinib turibdi. Biroq devorning yuqori qismi loydan pishiq qilib yasalgan g’ishtdan iborat. Yo’lakdan, aynan uning janubiy qismidan madaniy qatlam topilgan bo’lib, buj oy odamlar yashaydigan joy hisoblangan. Qal`aning janubiy tomonidan koridorsimon yashash joylari bo’lib, ularning shakli to’rtburchaksimon, turli hajmda qilib qurilgan. Ularning tarxi ham turcha bo’lib, ba`zilarining devori g’ishtdan qurilgan, ba`zilri esa karkasli uy hisoblanadi. bu turar joyda xuddi ichki koridor singari ko’plab arxeologik topilmalar mavjud. Bularning asosini sopol buyumlar, skif tipidagi xos bronza o’qlari. Turli shakldagi xumlar, temirdan yasalgan o’roqlar tashkil etib, ularni laboratoriya sharoitida teksqirganda er.avv. IV-V asrga oid ekanligi isbotlandi.
Temir o’rolarning topilishi bu qudda er.avv. VI-IV asrlarda temirdan foydalanish joriy etilganligini ko’rsatadi. Shunday bo’lishiga haramasdan, boshqa temir buyumlari topilmadi. Shuningdek, qal`aning janubiy sharqiy qismida odamlarnnig turar joylari bilan birga, katta temirga ishlov beruvchi ustaxona topildi. Biroq ustaxona kuchli emirilishga duchor, xaroba qolda bo’lgan. Bu ustaxona yaxsqilab qazib o’rganildi. Natijada bu erdan kuchli olov yondirilgan pech, kul va boshqa qoldiqlar uchraydi. Barcha turar joy binolarining madaniy qatlamida qayvon suyaklari uchraydi.
Qazishma ishlari bu erda ikki qurilish darvining mavjudligini ko’rsatdi. Qal`a madaniy qatlamrning quyi qismlari er. avv. VI asrga oid bo’lib, ancha soddaroq texnika asosida qurilgan. Bu klassik Xorazm qurilish usullaridan yaqqol farq qilib turadi. Masalan, qurilishda ishlatiladigan g’isht kvadrat shaklda bo’lmay (40x40x10) sm antik davr g’ishtlariga o’xshash 52x26x10 sm hajmda qilib qurilgan. Uning yon tomonlariga ishlov berilgan. Klassik davrdagi o’choq izlar ibilan birga ikkikamerali o’choq ham topildi. Birinichi qurilish davri ashyolarini taqlil qilsak bu erda er.avv. V asrdan boshlab kvadratsimon shakladig g’ishtlardan keng foydalanish boshlanganligini ko’rishimiz mumkin. Quyi va yuqori madaniy qatlamlarda uchraydigan sopol buyumlarnnig yasalish texnimasida deyarli farq uchramaydi. Biroq yuqori madaniy qatlamlardan topilgan sopol buyumlarda ba`zi tafovutlarni ko’rishimiz mumkin. Shu jumladan, sopolni bezashda ko’proq shakllardan foydalanish, qang’ davriga tegishli ba`zi jihatlarni o’zlashtirish shular jumlasidandir.
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, ko’zaliqir yodgorligining ochichlishi keng miqyosda tadqiq qilinishi natijasida Kaltaminor, Tozabog’iyob, Amirobod madaniyatlari va qang’-kushon davri oralig’idagi madaniy uzilish to’ldiriladi. Bu va boshqa er.avv. VII-VI asrga oid qal`alarni o’rganish davomida so’nggi bronza va qang’-kushon darvi xo’jalik va qurilish an`analarining ba`zilarini uchratishimiz mumkin. Masalan, ko’zaliqir qal`asida olib borilgan qazishma ishlari davomida juda ko’plab bronzadan yasalgan qurol uchlari toplidi. Demak, temir kashf etilganiga va uning O’rta Osiyo hududiga kirib kelishiga haramasdan an`anaviylik saqlanib qolinmoqda. Bundan tashqari sopol buyumlarni yasashda qang’-kushon davri an`analarining ba`zi jihatlari uchraydi. Xususan, Ko’zaliqir keramikasi asosan tsilindrik buyumlardan iborat. Bu buyumlar keyingi davrda ham quyi Amudaryo qavzfasida yashovchi aholi tomonidan yaratilgan. Buyumlarning aksariyati qadaq, lagan, miskalarni tashkli etadi. Bundan tashqari boshqa buyumlarni ham uchratish mumkin.
Qal`aning markazida juda inshoot bo’lib, uning madaniy qatlami bir yarim metrgacha keladi. Bu inshootdan topligan buyumlar ikkita qurilish davriga ham oid. Ya`ni ikki davrda ham shu inshooт mavjud bo’lgan. Bundan tashqari topilmalarning barchasi boshqa binolar bilan bir xil biroq, inshootning qurilishi jihatdan yirik maydonni egallashi kishi diqqatini o’ziga tortadi. Ko’zaliqirni o’rganishda eng ko’p vaqt shu markaziy inshootga ketdi. Uning maydoni 285 kv.m ni tashkil qiladi. Bu joyda uzun gorizont bo’ylab ko’plab o’choqlar topildi.
1953 yilda olib borilgan arxeologik qazishma ishlari davomida markaziy binodan ishmolroqda joylashgan uchta minora izlarining topilishi qiziharlidir. Bu uchta minoraning qanday vazifani o’taganlgi noaniq. Biroq bu minoralar markaziy binoga bevosita bog’liq bo’lganligi aniq. Ular unchalik baland bo’lmasdan, binodan sal baland qilib qurilgan. S.P.Tolstovnnig fikriga ko’ra, bu minoralar diniy marosimlarga bog’liq bo’lishi mumkin. Ular "otashgoq" vazifasini bajargan bo’lishi mumkin. Sababi bizga ma`lumki, Otashparastlar baland tepaliklarga suyak qoldiqlarini qo’yib, ularni otashgoqda saqlashgan. Bundan tashqari bu minoralar g’arbiy mudofaa maqsadida ham qurligan bo’lishi mumkin. SHunisi qiziqqi, bunday minoralar Qang’ davriga tegishli inshootlarda ham topligan bo’lib, ularda odam shaklidagi ossuriylar uchratiladi. Shulardan biri Sulton Yuz tog’dan Birliqal`a hisoblanib uning xronologiyasi er.avv. VII-IV asrlarni o’z ichiga oladi.
Ko’zaliqirning qurilishi sxemasini yangi Daryo irmog’idan topilgan 1946 yildan tadqiq qilingan CQirikrobod shahar xarobasiga ham o’xshatish mumkin.
Chirikrobod qo’rg’onida ham aholining katta qismi xuddi Ko’zaliqirdagi singari shaharchaning janubiy g’arbiy qismida joylashgan. Bu erda uchta yirik mozor qo’rg’onlari joylashgan. Shuni alohida e`tirof etish kerakki Chrikrabodning eng quyi madaniy qatlamlari er. avvalgi II asrga oid bo’lib, Ko’zaliqirning so’nggi davrlariga to’g’ri keladi.
Quyi Amudaryo havzasining arxaik madaniyati faqatgina Ko’zaliqir shaharchasidagina saqlanib qolmasdan, balki Bozorqal`adan ham arxaik Xorazm tarixini yoritishda muhim manbalar qo’lga kiritildi. Bozorqal`a yodgorligi Qang’ davrining oxirida va Kushon davriga to’g’ri keladi.
Ko’p sonli arxaik davr yodgorliklari joylashgan qadimgi Kaltaminor madaniyati keng yoyilgan hududdan arxaik irrigatsiya tizimi haqida mukammal ma`lumotlar olishimiz mumkin.
1955 yilda Dingilja darasdan eramizdan oldingi V asrga oid (Ko’zaliqir yodgorligining yuqori qatlamlariga teng) yodgorlik ochildi va bu tarixda Dingilja yodgorligi nomi bilan kiritildi.
1958-1960 yillarda V.G.Vorobeva boshchiligida katta ko’p xonali imorat o’rganildi. Bu 45x25 m hajmda bo’lib, boy aslzoda kishining qarorgoqi deb taxmin qilinadi. Imorat sharqdan g’arbga harab qurilgan bo’lib, shimoliy sharqiy qismi mustahkam, balandligi 2 metrga teng devor bilan o’ralgan. Kiruvchi bosh darvoza janubiy devorning markazida o’rnatilgan bo’lib, markaziy yo’lakka olib boradi. Bu yo’lak binoni ikkiga bo’ladi. Mana shu uslubni zamonaviy Xorazm me`morchiligidagi daqlizga qiyoslash mumkin. Bino qator to’g’r iburchakli imoratlardan iborat. Qazib o’rganilgan xonalarning ko’pchiligida kvadrat va to’g’ri burchakli o’choqlar topilgan. Bu o’choqlar zamonaviy ko’rinishdagi g’ishtlardan qurilganligi diqqatga sazovor. Demak, xulosa o’rnida shuni ta`kidlash lozimki, me`morchilikda hozir ham qo’llanilayotgan ba`zi an`analarning tarixi qariyb 2000-2500 yillarga borib taqaladi. Dingiljadan topligan sopollarning deyarli barchasi arxaik uslubda yasalgan bo’lib, bronza va ilk temir davri an`analarini ham bir oz eslatib yuboradi. Bundan tashqari yozuvlar bitilgan xumcha, qizil tus berilgan chashklaarni ham uchratish mumkin. Bu esa Dingilja qal`asining Qang’ davriga tegishli ekanligini ko’rsatib turibdi. Dingilja qal`asi haqida so’z borar ekan, bu yodgorlikning bevosita dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi kishilar qarorgohi ekanligini alohida ta`kidlash lozim.
Xullas, O‘zbekiston arxeologik ekspeditsiyalari tomonidan ilk va o‘rta asr davriga oid muhim yodgorliklar tadqiqot etilib, bu davrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyotiga oid qimmatli arxeologik manbalar qo‘lga kiritilgan. Bu manbalar, shubhasiz xalqimizning jahon xalqlari sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini belgilaydi.
Zarafshon va Qashqadaryo vohasi, xususan so’g’d diyori nafaqat Vatanimiz, balki O’rta Osiyo miqyosida qadimgi madaniyat maskanlaridan biri sanaladi. Voha kishilik tarixi taraqqiyoti turli rivojlanish bosqichlariga oid tarixiy, madaniy yodgorliklarga nihoyatda boydir. Zarafshon va Qashqadaryo vohasi tarixiy madaniy yodgorliklarga boyligi mazkur xududda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida etirof etilgan. Qashqadaryo vohasini arxeologik jixatdan o’rganilish ishlari o’tgan asr o’rtalaridan boshlangan. Bu tadqiqotlar O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix, arxeologiya va etnografiya institutining YA.G’ulomov boshchiligidagi O’zbekiston arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan. Bunda ibtidoiy davr madaniyat izlari hisoblanuvchi bir qancha qiziqarli tosh qurollari kollektsiyasi Zarafshon, Quyi Qashqadaryo voxasida er sathidan terib olingan. Voxalarning bronza davri jamoalari madaniyati to’g’risida O’zbekiston arxeologik ekspeditsiya xodimlari tadqiqotlari malumot beradi. Qadimgi so’g’d sug’orish inshoatlari to’g’risida A. Muxammadjonovning izlanishlari muhim hisoblanadi. Shaharsozlik madaniyati, yani ilk temir davri, antik davr yodgorliklarini o’rganishda R.H.Sulaymonovning tadqiqotlari muhim. Shuningdek, o`rta asr yodgorliklarini o’rganishdaM.H. Isomiddinov, M.H. Hasanov, A. Sadullaevlarning bu borada amalga oshirgan tadqiqotlari juda ahamiyatlidir. Hususan, bu hududdagi arxeologik izlanishlar Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiyasi, Toshkent Davlat Universiteti arxeologlari faoliyati bilan bog’liq. S.B.Luninaning bir qator ilmiy ishlari Janubiy Sug’d tarixiy geografiyasiga bag’ishlangan. Qashqadaryo vodiysi sharqiy qismidagi arxeologik izlanishlarni S.K.Kabanov, V.D.Jukov, G.YA.Dresvyanskaya, Z.I.Usmonova, A.S.Sa`dullaev, N.N.Krashenninnikova, N.P.Stolyarova, P.Niyozov va boshqalar olib borishgan. V.Tomoshek o’z vaqtida antik manbalarga suyanib Qashqadaryo vodiysining sharqiy qismi «So’g’d erlari» Navtak ekanligini aytadi. Uni bir qator tadqiqotchilar qo’lab-quvvatlaydilar. V.E.Masson Qashqadaryoning quyi oqimida joylashgan, bir- biridan 20 km uzoqlikda bo’lgan ikkita shahar Erqo’rg’on va Kalai Zahoki Maron deyarli bir paytda qurilgan deb o’z tadqiqotlarida keltiradi.
Mustaqillik yillarida Erqo’rg’on yodgorligi R.H.Suleymonov tomonidan atroflicha tadqiq qilinib qo’lga kiritilgan manbalar Qarshi shaxrining 2700 yillik yubileyiga asos bo’ldi. Qashqadaryo voxasini arxeologik jihatdan o’rganishda 2000 yildan e`tiboran Kaliforniya universiteti xodimlari S.Mexandeli , K. Kodella S.Ganimoti, K. Villiam arxeologiya instituti xodimlari B. Matboboev , M.Xasanov, Toshkent Milliy universiteti xodimlari R.H.Suleymonov, O.N. Pushpenleo, A. V. Omelchenkolar ishtirokida arxeologik xarita borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar muhim bo’ldi. Ayniqsa M. Xasanov, S.Mexandelilar hamkorlikda Sangirtepa yodgorligi tadqiqoti natijalari ahamiyatlidir. Shuningdek 2001-2002 yillarda Shaxrisabz shaxrining yubileyi munosabati bilan M. Xasanov, A. Raimqulov kabi olimlarning olib borgan tadqiqotlari axamiyatlidir. eng muximi Qashqadaryo voxasini arxeologik jixatdan o’rganishda Qarshi shahrining 2700 yilligi yubileyi munosabati bilan o’tkazilgan xalqaro anjuman materiallari juda katta axamiyat kasb etadi.
Zarafshon vohasi Vatanimiz miqyosida qadimgi shaharlar tarixi, ilk shaharsozlik madaniyatini o’rganishda o’ziga xos istiqbolli o’lka hisoblanadi. Sababi, voha ilk sug’orma dehqonchilikka asoslangan madaniy oblastlardan biri sanaladi. Shu bois ilk shaharsozlik uchun shart-sharoitlar mavjud bo’lgan. So’g’d diyori, xususan Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida Afrosiyob, Ko’ktepa, Buxoro, Varaxsha, Panjikent, Erqo’rg’on, Uzunqir, Sangirtepa, SHahrisabz kabi qadimgi shaharlar arxeologik tadqiqoti natijalari vohalarning qadimgi tsivilizatsiya markazlaridan biri ekanligini ko’rsatdi.
Тадқиқот жараёнида Маймурғ мулклиги ҳудудида мавжуд бўлган илк ўрта асрлар даврига оид 250 дан ортиқ ёдгорликлар рўйхатга олинди. Ёдгорликларнинг аксарият қисми табиий сой бўйларида (Камангаронсой, Ургутсой, Ғуссой, Тўрткўлсой, Мўминободсой, Тераксой ва Чепсой), дарё (Зарафшон дарёси)дан сув олган каналлар атрофида жойлашган. Мавжуд ёдгорликларни функционал жиҳатдан шаҳарлар, қишлоқ маконлари, қалъалар (қоровул қалъалари), қалъа-қўрғонлар ёки қасрлар, якка ҳолда қурилган турар жойлар ва диний ибодатхоналар каби турларга бўлиш мумкин. Шаҳар мақомига эга бўлган ёдгорликларнинг умумий майдони 6-17 гектар (Қулдортепа, Кофирқалъа, Хўжа Гузар, Хўжа Саққо, Қўрғонтепа, Новзандактепа ва Қуюқтепа) бўлиб, арк, шаҳристон ва работ қисмларидан иборат. Арклар алоҳида қурилиб, атрофи мудофаа девор ва ҳандақ билан ўралган. Улар орасида энг йирик ёдгорликлар Қулдортепа ва Кофирқалъа шаҳарлари бўлиб, олиб борилган археологик қазишмалар натижасида қурилиш меъморчилиги борасида янги маълумотлар қўлга киритилди. Жумладан, Қулдортепа ёдгорлигида ўтган асрнинг 50-йилларида Б.Я. Ставиский бошчилигида стратиграфик ва планиграфик қазишмалар олиб борилган. Натижада ёдгорликнинг шаҳристон мудофаа девори милодий I асрда, арки эса III-IV асрларда шакллангани, VIII аср ўрталарига келиб, аркда ҳаёт тўхтагани, бироқ, IX-XII асрларда бу ерда ҳаёт давом этса-да, аммо аҳоли сони камайиб, шаҳар нуфузи тушиб кетганлиги борасидаги хулосага келинган. Шунингдек, Б.Я. Ставиcкий археологик маълумотларни ёзма маълумотлар билан қиёсий таҳлил қилиш асосида, Қулдортепа Маймурғнинг марказий шаҳри бўлганлигини эътироф этган. Ёдгорликда 2018-2019 йилларда диссертант томонидан амалга оширилган қазишмалар натижасида шаҳарнинг шаклланишига оид янги маълумотлар аниқланди. Жумладан, арк мудофаа деворида олиб борилган қазишмалар натижасида, унинг антик даврда қурилгани ва милодий IV-V асрларга келиб қайта таъмирланганлиги маълум бўлди. Шунингдек, шаҳристоннинг жанубидаги мудофаа деворида стратиграфик қазишма (V қазишма) натижасида иккита қурилиш даври аниқланди. Мудофаа деворининг биринчи қурилиш даври қирқманинг ташқи яъни, жанубий томонида қайд этилиб, бунда пахса платформа (2,3 м.) ва унинг устидан хом ғиштдан (42-44х42-44-х13-14 см.) терилган, ташқи томони ярим айлана (гофрасимон усулда) шаклдаги антик даврда қурилган мустаҳкам баланд девор очилди. Иккинчи қурилиш даври эса мудофaа деворнинг ички томонида қайд этилиб, пахса платформа (1,1 м.) устидан хом ғиштли (36-37х36-37х11-12 см.) қўшимча «рубашка» кўринишдаги янги девор кўтарилган. Натижада, унинг эни кенгайиб 11 м га етган. Олиб борилган археологик қазишмалар натижасида ёдгорликнинг арки ва шаҳристон деворлари милодий I асрда шаклланганлиги аниқланган.

Download 66.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling