Havoni avtotransport chiqindilaridan muhofaza qilish. Shahar
havoni
ifloslantiradigan asosiy omillardan biri avtotransport vositalaridir. Atmosferaning
ifloslanishi sanoat va transport rivojlangan mamlakatlar eng yuqori bo‘lib bu
ko‘rsatgan Amerika qo‘shma shtatlarida deyarlik 80% tashkil etadi.
Havoga
chiqadigan chiqindilarni kamaytirish uchun mator smindrida hosil bo‘ladigan
zaxarli gazlarni neytralizator yordamida tutib qolish yonilg‘ilarning to‘la yonishini
ta`minlaydigan matorlar ishlab chiqarish, shaharlarning asosiy yo`llari va
yo`laklarining gaz bo‘lishini ta`minlash chorrahalarda tartib o‘rnatish,
transport
harakatini to‘g‘ri yo`lga qo‘yish maqsadida shahar qurulishi imkoni bor darajada
o‘zgartirish ko‘chalar chetlariga daraxtlar o‘tkazish, yer osti yo`llarni ko‘paytirish
kabi ishlarni oshirish zarur.
Yeng zarur tadbirlardan biri havoni ifloslantiradigan
avtomobildan chiqqan
chiqindilarni cheklash maqasadida davlat avtomobil inspeksiyasi shahar va tumanlar
hududidagi avtomobillarni hisobga olish, uning
texnik holatini tekshirish,
chiqayotgan is gazning miqdori tasdiqlangan davlat me`yoridan oshib ketsa
avtotransport karbyuraturlari tuzatilib sozlanmaguncha
mazkur mashinani
ishlatishni man etish choralarni amalga oshirish shart. Masalan, avtomobilni birinchi
rejimda ishlatilsa uning dudburnidan chiqadigan is gazi 1,5% dan, ikkinchi rejimda
ishlatilsa, 1% dan oshmoqligi lozim. Bu tadbirlar amalga oshirilsa havoning
ifloslanishi keskin kamayadi.