9-Mavzu: Atmosfera havosini muhofaza qilish Reja Atmosfera va uning tarkibi


Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar


Download 237.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana28.03.2023
Hajmi237.46 Kb.
#1302868
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-мавзу Атмосфера (1)

Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar 
Samarqand shahar doirasida o‘nlab korxonalar chiqindilari atmosferani 
ifloslantirishda qatnashadi. Ularga Kimyo zavodi, “Krasniy dvigatel“, “Chinni 
ishlab chiqaruvchi“, “Xolodilnik“, “Vino-spirt“, “Konserva“ ishlab chiqaruvchi
paxta tozalash zavodlari, sut kombinati, mebel fabrikasi va boshqalar kiradi. 
Shahar 
havosining 
ifloslanishida 
sanoat 
korxonalariga 
nisbatan 
avtomashinalarning hissasi ko‘proqdir. 
Havodagi ifloslanishlarning 70-80 % avtomashinalarga to‘g‘ri keladi. 
(Rahmatullaev A, Husainov X.1998). Novikov Yu.V., Beknazarovning (1983) 
yozishicha, avtomobillar havoga 200 dan ortiq turli aerozol zarrachalarini chiqaradi. 
Har bir avtomobilga bir yilda 200 kg (asosan benzin) va 300.000 kg havo sarflanadi. 
Ana shu yoqilg‘idan bitta avtomobil havoga bir yilga 700 kg uglerod oksidi, 230 kg 
yonmagan uglevodlar, 30 kg azot oksidi va 2-5 kg qattiq modda chiqaradi. 
Samarqand shahrida 100 mingdan ortiq mashinalar mavjud. Demak, har 4 
samarqandlikka bittadan ortiq mashina to‘g‘ri keladi (Rahmatullaev A. va boshqalar. 
1998). Avtomobillar ko‘p yuradigan katta ko‘chalar atrofida uglerod oksidining 
miqdori ruxsat etilgan me’yor (REM) dan 2-3 marta, azot oksidi, 2-2,5 marta 
ortiqligi kuzatilgan. Shaharda Ro‘dakiy, Gagarin, Oxunboboev, Universitet 
xiyoboni, A.Ikromov, A.Temur, Sh.Rashidov, V.Abdullaev ko‘chalarida gazlar 
bilan ifloslanish juda kuchli. Shahar aholisini turli gazlar bilan ifloslanish darajasi 


bo‘yicha birinchi o‘rinda superfosfat ishlab chiqaruvchi kimyo zavodi atroflari
ikkinchi o‘rinda Temiryo‘l vokzali, uchinchi o‘rinda Universitet xiyoboni va 
to‘rtinchi o‘rinda Registon avtobus bekati, beshinchi o‘rinda Dahbet ko‘chasidagi 
chorrahalar turadi. 
Atmosferada atom va vodorod bombalarining portlatilishidan ajralib chiqqan 
radiaktiv moddalar miqdori ham ko‘payib bormoqda. 
Havo ifloslanishining yana bir turi shovqindir. Ortiqcha shovqin-suron kishilar 
sog‘lig‘iga, ayniqsa, asabga, kayfiyatga ta’sir etadi. 

Download 237.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling