9-Mavzu: Atmosfera havosini muhofaza qilish Reja Atmosfera va uning tarkibi


Download 237.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana28.03.2023
Hajmi237.46 Kb.
#1302868
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-мавзу Атмосфера (1)

Yashil o‘simliklarning ahamiyati 
 Yer kurrasining deyarli hamma qismida uchraydigan o‘simliklarning tabiat va inson 
hayotidagi ahamiyati ulkandir. 
Yashil o‘simliklar deyarli barcha tirik organizmlarni nafas olish uchun zarur 
bo‘lgan kislorod bilan ta’minlaydi. Ular o‘z faoliyati davomida fotosintez jarayonida 
organik moddalar hosil qiladi. Yashil o‘simliklar hosil qilgan oziq moddalarda 
quyosh energiyasi to‘planadi. Bu to‘plangan energiya hisobiga yerda hayot davom 
etadi. Ya’ni kishilar sanoatda foydalanadigan energiya resurslarining asosini ana shu 
yashil o‘simliklarda to‘plangan quyosh energiyasi tashkil etadi. 
Sanoat uchun kerak bo‘lgan ko‘pgina xom-ashyo mahsulotlarini ham yashil 
o‘simliklar yetkazib beradi. Tabiatda kislorodning qayta hosil bo‘lishi yashil 
o‘simliklar tufayli uzluksiz davom etib turadi. Ana shu muhim jarayonning asosini 
suv va karbonat angidridi tashkil etadi.
Fotosintez natijasida suvdan kislorod ajralib chiqadi va havoni kislorodga 
boyitadi. Fotosintezning ikkinchi tomoni bu biologik jarayon natijasida qandlar, 
kraxmallar, uglevodlar, nuklein kislotalari hosil bo‘ladi. Nuklein kislotalar esa 
oqsillarni hosil qiladi. 
Bir gektar yerga 50 kg ga yaqin lavlagi urug‘i ekilganda, ana shu yerdan ming 
tonnagacha qand moddasi olinadi. Yoki bir gektar o‘rmon zonasida o‘suvchi o‘simliklar har 
yili 3600 kg ga yaqin havodagi uglerodni qabul qiladi. Lekin okean va dengizlarda 
yashovchi suvo‘tlar quruqlikda yashovchi yashil o‘simliklarga nisbatan ancha ko‘proq 
karbonat angidridni qabul qiladi va biomassa to‘playdi. 
Yer yuzining quruqlikda va suvda yashovchi barcha yashil o‘simliklari har yili 
fotosintez natijasida 120 milliard tonnaga yaqin biomassa hosil qiladi. 
O‘simlik inson hayoti uchun faqat kislorod manbai bo‘lib qolmasdan, balki 
zarur mahsulotlar: kraxmal (non), qand, oqsil, moy, kauchuk, portlovchi moddalar, 
tola, qog‘oz, efir moylari, smolalar, antibiotiklar, yog‘och oshlovchi moddalar
bo‘yoqlar, dorivor moddalar, tamaki, choy, kofe, kakao, vino, mevalar, sabzavotlar, 
har xil kislotalar, vitaminlar, kleylar, asallar va hayvonlar uchun yem-xashaklar 
yetkazib beradi. Yana shuni ta’kidlash zarurki, hattoki toshko‘mir, ko‘mir smolasi, 
ko‘mirlar, torflar, sapronellar yoki neftlar ham o‘simliklardan hosil bo‘ladi. 

Download 237.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling