9-Mavzu: Atmosfera havosini muhofaza qilish Reja Atmosfera va uning tarkibi


Havo muhitini muhofaza qilish tadbirlari


Download 237.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana28.03.2023
Hajmi237.46 Kb.
#1302868
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-мавзу Атмосфера (1)

Havo muhitini muhofaza qilish tadbirlari. 
Ko‘kalamlashtirish rivojlangan va transport ko‘p qatnamaydigan shaharlarda 
atmosfera havosini toza saqlash, uning tarkibida zaharli gazlar miqdorini 
kamaytirish inson salomatligini asrashning muhim omillaridan biridir. Buning 
quyida bayon etilgan chora tadbirlarga rioya qilish lozim bo‘ladi.


1) 
Yer kurrasining deyarli hamma qismida uchraydigan o‘simliklarning 
tabiat va inson hayotidagi ahamiyati katta. Yashil o‘simliklarda fotosintez jarayoni 
bo‘lib, buning natijasida suvdan atmosferaga kislorod ajralib chiqib havoni 
kislorodga boyitadi. Fotosintezning ikkinchi tomoni bu biologik jarayon natijasida 
qandlar, kraxmallar, oqsillar, yog‘lar, lipidlar hosil bo‘ladi. Yer yuzining quruqlikda 
va suvda yashovchi barcha yashil o‘simliklari har yili fotosintez natijasida 120 mlrd 
tonnaga yaqin biomassa hosil qiladi. Shu sababli shaharlar, va qishloqlarda yashil 
o‘simliklar qoplamini asrash imkoniyati bor joylarda uning yangilarini hosil qilish 
talab zamon talabi hisoblanadi. Qishloqlar va shaxarlar hududlarida gazonlar, 
gulxonalar, bog‘lar, ko‘chalar, uylar, va korxonalar atroflarida gazonlar tashkil etish 
buta va daraxt o‘simliklarni ekib ochiq joy qoldirmaslik imkonini ko‘rish lozim. 
Bularning hammasi siz bilan biz yashayotgan makonimizning havosini toza asraydi 
uni kislorodga boyitadi va salomatlikni yaxshilayd. 
2. Texnologik tadbirlar. Havoga tashlanadigan chiqindilar miqdorini mutloq 
to‘xtatish zarur. Buning uchun sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlarni 
takomillashtirib chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish lozim, bunday texnologiyani 
joriy qilinganda unda chiqindilar mutloq bo‘lmaydi.
Masalan o‘tgan asrning boshlarida rangli metallurgiya korxonalarida rudalar 
tarkibidan jami 15 element ajratib olingan bo‘lsa hozirgi misli xom-ashyolarning 
o‘zidangina 25 ta element jumladan, mis, rux, qo‘rg‘oshin, nikel, oltin, kumush, 
molibden, kobalt, kadmiy, selen, tellur, germaniy va ularning boshqa birikmalari 
oltingugurt, vismut, surma, bariy, temir va hakazolar ajratib olinmoqda. Keyingi 
vaqtlarda azotli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalarida ham xom-ashyolar 
to‘la to‘kis, chiqindisiz ishlab chiqarilmoqda.
Atmosferani ifloslantiruvchi kimyoviy moddalar yana qaytadan texnologik 
jarayonlarga qaytarilmoqda.
Sintetik kauchik ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlarida paydo 
bo‘ladigan chiqindilarda hozir sulfat kislotasi, spirt va stirol olish yo`lga qo‘yilgan. 
Diqqatga sazovor texnologik jarayonlardan yana biri ishlab chiqarish jarayonlarida 
ishlatiladigan zaxarli moddalarni zaxarsiz moddalar bilan almashtirishdir. Masalan 
isitish tarmoqlarida ko‘mir yoki mozutdan foydalanmasdan balki, tabiiy gazdan 
foydalanish atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar xajmini 70-90% 
kamaytiradi. Bundan tashqari avtomobillarda benzin yoqilg‘isi o‘rniga gazdan 
foydalanilsa atrof-muhitning ifloslanishi ma`lum darajada kamayadi. Ayrim 
korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish vaqtida havoga ko‘p miqdorda chang 
chiqishini kamaytirish uchun chang tarqatuvchi manbani nam materiallar bilan 
chegaralab qo‘yishi ham changlarni ancha kamaytirishi mumkin. Masalan quruq 
sement ishlab chiqarishning namli sement ishlab chiqarishga o‘tkazilishi havoga 
uchadigan chang zarrachalarini kamayishiga olib keladi.
Texnologik jarayonlarda tabiiy yoqilg‘i yondirishdan elektr toki bilan 
qizdirishga o‘tish chiqindilarning kamayishiga olib keladi. Texnologik 
jarayonlarning uzluksizligini ta`minlash lozim aks holda, chiqindilar to‘planib, qolib 
texnik vositalar va tozalash qurulmalarini ishdan chiqaradi. Demak texnologik 
jarayonlarni uzluksiz texnologiyaga o‘tkazish davrning dolzarb masalalaridan 


biridir.
3. Loyixalashga asoslangan tadbirlar. Loyixalashga asoslangan 
tadbirlarga quyidagilar kiradi:
- Shahar hududini mintaqalarga bo‘lish.
- Tabiiy changlarga qarshi kurashish.
- Sanitariya himoya chegaralarini tashkil qilish.
- Turar joylar loyixalarini takomillashtirish.
- Turar joylarni ko‘kalamlashtirish.

Download 237.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling