9-mavzu: avtomobil yo‘llarini qidiruvida yuzalarni taxeometrlarda nivelirlash usuli orqali tasvirga olish reja


Download 357.49 Kb.
bet4/6
Sana24.06.2023
Hajmi357.49 Kb.
#1654102
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-ma\'ruza YMSH

2. Nivelirlash ishlari. Kvadrat uchlarini nivelirlash tartibi uning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lib, 100 m va undan ortiq bo‘lganda xar bir kvadrat alohida-alohida nivelirlanadi. Kvadrat tomonlari kichik bo‘lsa, bir nechta kvadratni bir stansiyadan nivelirlash mumkin. Bu holatda kvadrat uchlari texnik aniqlikdagi nivelirlash yo‘lini barpo etadi. 9.2- rasmda keltirilgan nivelir yo‘li v 1, v 4, v 5, a 3 bog‘lovchi nuqtalardan tashkil topgan;
− Nivelir yo‘li v 1 nuqtadan ichki nivelirlash yo‘li orqali reperga (Rr) bog‘langan.
Yopiq nivelirlash yo‘lini geodezik davlat to‘ridagi reperga bog‘lash quyidagicha bajariladi:
Reperni bilan v1 nuqtalar orasidagi orttirmalar hisoblanadi. Agar to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlar bщyicha nivelirlashda aniыlangan h to‘g‘ri va hteskari orttirmalarining farqi yo‘l qo‘yishimiz mumkin bo‘lgan IV–sinf nivelirlashlardan oshmasa (bu yerda L− masofa, km), u holda ho‘rtacha va v1 nuqtaning balandligi hisoblanadi:
Nv1= N R r + h o‘rtacha. (9.1)
Tasvir olinayotgan uchastkani davlat geodezik to‘riga bog‘lash zarur bo‘lmagan hollarda nivelir yo‘llarini biror nuqtasiga shartli balandlik berilib, barcha kvadrat uchlarining balandliklari shu shartli balandlikda hisoblanishi ham mumkin.
Nivelirlarni o‘lchash uchun o‘rnatilgan joylari (stansiyalar) J1, J2, J3 va J4 xarflar bilan ko‘rsatilgan. Nivelir bog‘lovchi nuqtalar oralig‘ida o‘rnatilib, texnik nivelirlash usuli bo‘yicha o‘lchashlar bajariladi. Stansiya J1 dan bog‘lovich nuqtalarga reykalar o‘rnatilib, reykalarning qora va qizil tarafidan olingan sanoqlar bo‘yicha nisbiy balandliklar hisoblanadi:
hqora=a qora - v qora,
va
hqizil= aqizil- v qizil . (9.2)
Hisoblangan nisbiy balandliklar farqi 10 mm dan ko‘p bo‘lmagan taqdirda (׀hqora- hqizil׀׀ ≤ 10 mm) h o‘rtacha aniqlanadi.
− J1 stansiyadan yaxshi ko‘rinadigan kvadrat uchlariga o‘rnatilib, oraliq nuqtalar kabi, faqat reykaning qora tomonidan sanoqlar olinadi. Xuddi shunday tafsilot va relefni xarakterli nuqtalari nivelirlanadi.
Boshqa J2, J3,J4 stansiyalarda ham nivelirlashlar xuddi shu tartibda bajariladi.

Download 357.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling