Dala o‘lchashlarinig kameral ishlari.
Kameral ishlar uch bosqichdan iborat bo‘ladi:
− Nivelirlash yo‘lini bog‘lash ishlari;
−Bog‘lovchi va oraliq nuqtalarning balandliklari hisoblash;
− Topografik plan chizish ishlari.
Nivelirlash yo‘lini bog‘lash ishlari.
Bu bosqichda yo‘ldagi nisbiy balandliklarning bog‘lanmasliklarini hisoblash, xatolikni baholash va uni taqsimlashdan iborat bo‘ladi.
Nivelir yo‘lidagi bog‘lanmaslik quyidagiga teng:
fh= ∑ ho‘rtacha – ∑ hnazariy . (9.3)
bu yerda ∑ho‘rtacha – reykalarni qora va qizil tarafidagi o‘rtacha nisbiy balandliklarni yig‘indisi; ∑ hnazariy- nivelir yo‘li yopiq bo‘lganligi sababli “no‘l”ga teng, ya’ni ∑ hnaz.=0
Agar, fh ≤10 bo‘lsa, (n –stansiyalar soni) u holda bog‘lanmaslik fh barcha o‘rtacha nisbiy balandliklarga bir xil miqdorda teskari ishora bilan tarqatib chiqiladi.
hto‘g‘rilangan = ho‘rtacha+ . (9.4)
Bog‘lovchi va oraliq nuqtalarning balandliklari hisoblash ishlari.
Bog‘lovchi nuqtalarni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Hd4=Hv1+ h1to‘g‘rilangan; Nv5= Hd4+ h2to‘g‘rilangan;
Ha3=Hv5+h3to‘g‘rilangan; Nv1= Ha3+ h4to‘g‘rilangan; (9.5)
Oraliq nuqtalar balandliklarini hisoblashda asbobning sath balandligidan foydalaniladi.
Asbobning sath balandligi (NASB) xar bir stansiyada (J) nazorat uchun ikki marta oldingi va keyingi reykalarning qora tarafida olingan sanoqlar bo‘yicha aniqlanadi:
NASB=Nketingi+akeyingi,
NASB=Noldingi+voldingi. (9.6)
Farqlar 10mm dan oshmasa, kvadratlarni barcha uchlarining balandliklari hisoblanadi:
Noraliq= NASB – S. (9.7)
bu yerda S-oraliq nuqtaga qo‘yilgan reykaning qora tarafidan olingan sanoq.
Nivelirlash ishlarining qayta ishlash namunasi 9.1−jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |