9-mavzu: avtomobil yo‘llarini qidiruvida yuzalarni taxeometrlarda nivelirlash usuli orqali tasvirga olish reja


Yuzalarni kvadratlar tuzib nivelirlash


Download 357.49 Kb.
bet3/6
Sana24.06.2023
Hajmi357.49 Kb.
#1654102
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-ma\'ruza YMSH

Yuzalarni kvadratlar tuzib nivelirlash. Kvadratli usuli ochiq, relefi tekis joylarda foydalaniladi. Kvadradratlarning uchlaridagi nuqtalar planli balandlik asosi bo‘lib xizmat qiladi:
1 Kvadratlar bo‘yicha nivelirlashda abrisda kvadrat burchaklarning uchlari raqam va harflar bilan belgilandi;
2 Katta maydonlarni niverillashda joyida avval burchak o‘lchash asbobi teodolit va ruletka yordamida tomonlari 100 – 1000 m masofali tashqi katta kvadrat uchlari belgilab olinadi. So‘ngra, har bir katta kvadratlar tomonlari 10 marta kichik bo‘lgan uzunlikdan iborat ichki kvadratlar bilan to‘ldiriladi. Belgilangan nuqtalar joyida qoziqlar bilan mahkamlanadi;
3 Rejalash jarayonida abris olib boriladi va unda joyning chegaralari, tafsilotlar ko‘rsatiladi;
4 Nivelirlash ishlari nivelir bilan o‘rtadan turib” nivelirlash usulida nivelirlanib, kvadrat uchlari bog‘lovchi va oraliq nuqtalarga ajratilib nivelirlanadi;
5 Nivelirlash joyning relefiga ko‘ra: bir, uch yoki unda ko‘p va har bir kvadratni alohida−alohida stansiyalarda olib borish amaliyotga kiritilgan.
Dala ishlari.
Dala ishlari joyida kvadrat to‘rlarini rejalash va nivelirlash ishlaridan iborat bo‘ladi. Ushbu o‘lchash ishlarini tartibini bayonini keltirami:
1. Joyida kvadrat to‘rlarini rejalash. Joyida kvadratlarni rejalash ishlari quyidagicha bajariladi:
− joyida AD chizig‘ini o‘tkazib A va D nuqtalarini qoziqlar bilan belgilaymiz (9.2− rasm).
−Lenta yoki dalnomerlardan foydalanib kvadratlar tomoniga d masofalarni qo‘yib chiqamiz;
− A nuqtaga burchak o‘lchash asbobini o‘rnatib, joyidagi AD chizig‘idan 90000 teng bo‘lgan gorizontal burchak o‘lchanib, AV chizig‘i bo‘yicha yo‘nalishni belgilab olamiz;
− AV chizig‘i bo‘ylab, A nuqtadan boshlab ketma-ket d masofa-larni qo‘yib chiqamiz. Bu ishlarni V,S nuqtalarida xam xuddi yuqoridagi usul bo‘yicha VS, SD yo‘nalishlarda d masofani belgilaymiz va tashqi kvadratni hosil qilamiz;
− Ichki kichik kvadratlarni rejalash uchun 2 - nuqtaga burchak o‘lchash asbobini o‘rnatib 2-2 yo‘nalishi bo‘yicha (VS yo‘nalishidagi 2- nuqtagacha ishorat qozig‘ini o‘rnatib) d masofalarni o‘lchab joyida qoziqlar bilan belgilab chiqamiz. Bu ishlar barcha 3-3, 4-4 va h.o. yo‘nalishlarda birdek amalga oshirladi;
− Kvadratlarni rejalash bilan bir vaqtda joyida relefni xarakterli nuqtalari va planda tasvirlash uchun tafsilot belgilanib boriladi. Tafsilotlar perpendikulyar (misol, K nuqta, 9.2- rasmda) yoki chiziqli tutashtirish (misol, L nuqta, 9.2 - rasmda) usulida kvadratlar tomoniga nisbatan o‘lchanib barcha o‘lchash ishlari abrisga tushiriladi. Abrisda, kvadrat uchlari, relefni xarakterli nuqtalari va oqim yo‘nalishlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Download 357.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling