9-mavzu: avtomobil yo‘llarini qidiruvida yuzalarni taxeometrlarda nivelirlash usuli orqali tasvirga olish reja


Download 357.49 Kb.
bet2/6
Sana24.06.2023
Hajmi357.49 Kb.
#1654102
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-ma\'ruza YMSH

A- I- II - ... – V magistrall yo‘li III yoki IV- sinf nivelirlash dasturi bo‘yicha to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda ikki marta nivelirlanadi. Magistral yo‘lini nivelirlash yo‘lni bog‘lash natijasida 1, 2, 3 ..., nuqtalar balandliklari aniqlanadi. Bu nuqtalar ko‘ndalanglarga kabi hisoblanadi. Ko‘ndalanglarni niverlash qo‘shni ko‘ndalang chiziqlardan xosil bo‘lgan 1 – aa0 – 2, 2- v - v0 -3 va h.o. poligonlarda amalga oshiriladi. Ko‘ndalanglar va nuqtalar oralig‘idagi masofalar 50-100m etib belgilanadi. Magistral yo‘llar va ko‘ndalanglardan joydagi predmetlar va konturlar tasvirga olinadi.
2. Paralell chiziqlar usulida - hududi bo‘ylab yoki uning o‘rtasidan o‘tgan teodalit – nivelir yo‘li planli – balandlik asosi bo‘lib xizmat qiladi. Tasvir olish yo‘llari teodalit nivelir yo‘lining tomonlariga perpendikulyar etib paralell chiziqlar shaklida olinadi.
3. Poligonlar usuli - relefi aniq ko‘rinishda bo‘lgan tekis joylarda qo‘llaniladi. Planli - balandlik asosi hudud chegaraliri va relefini harakterli nuqtalardan o‘tkaziladi. Tavsilotni tushirish uchun shu yo‘llarda ko‘ndalanglardan foydalaniladi.
4.Kvadratlar usuli - ochiq, relefi tekis joylarda foydalaniladi. Kvadradratlarning uchlaridagi nuqtalar planli-balandlik asosi bo‘lib xizmat qiladi. Kvadratlar bilan nivelirlashda burchaklarning uchlari raqam va harflar bilan belgilandi (9.2 –rasm).

9.2-rasm Kvadratlar tuzib nivelirlash chizmasi


Misol uchun M nuqtaning belgisi – v3, S – nuqatniki d5 va h.o.


Katta maydonlarni nivelirllashda joyida avval burchak o‘lchash asbobi va ruletka yordamida tomonlari 100 – 1000 m masofali tashqi katta kvadrat uchlarini belgilab olinadi.So‘ngra, har bir katta kvadratlar tomonlari 20 m va h.o. dan iborat ichki kvadratlar bilan to‘ldiriladi. Tomonlar uzunligi tasvir olish masshtabi, relef kesimining balandligi joyning harakteriga bog‘liq holda qabul qilinadi.

Download 357.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling