9-mavzu banklarning vujudga kelishi va rivojlanishi reja banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyalari
Download 294.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulkiy jihatdan
10.3. Banklarning turlari
Kapitalistik tuzumning rivojlanishi turli mulkchilik shakllarining rivojlanishiga, moliyaviy mablag‘larning alohida moliyaviy muassasalar ixtiyorida markazlashuviga olib keladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ko‘pchilik kapitalistik mamlakatlarda ayrim banklarning milliylashtirilishi yuz berdi. Bu o‘z navbatida banklarning mulkiy, huquqiy, funksiyasi, tabiati va boshqa qator mezonlari bo‘yicha tavsiflanishiga sabab bo‘ldi. 10 Zamonaviy iqtisodiyotda banklar quyidagi mezonlar bo‘yicha tavsiflanadi. Mulkiy jihatdan – davlat banki, aksiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma banklariga bo‘linadi. Banklarni mulkchilik nuqti nazardan tasniflanganda asosan ularning ustav kapitali tarkibida kimning ulushi 51 foizdan yuqori bo‘lsa, bank shu shaxslarning nomlarini oladi. Masalan, bank kapitalining asosiy ulushi xususiy yoki kooperativ tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelsa, mazkur banklar xususiy yoki kooperativ bank deya yuritiladi. Davlat banklari kapitalining asosiy ulushi davlatga tegishli bo‘ladi, ko‘pchilik mamlakatlarda mamlakat Markaziy banklari davlat banki hisoblanadi. O‘zbekistonda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Davlat – aksiyadorlik Xalq banki, aksiyadorlik tijorat “Asaka” banklarning kapitali tarkibida asosiy ulush davlatga tegishli bo‘lganligi bois mazkur banklar davlat banklari hisoblanadi. Mamlakatimizda aksiyadorlik tijorat banklari sifatida, aksiyadorlik tijorat “Agrobank”ni, Aloqabank, Turonbank va boshqalarni keltirish mumkin. Mamlakatimizda yopiq turdagi aksiyadorlik tijorat banklari mavjud emas. Xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma banklar mamlakat qonunchiligiga asosan belgilangan miqdordagi ustav kapitali xorijiy ishtirokchilar tomonidan shakllantirilsa mazkur banklar shu maqomga ega bo‘ladi. Mamlakatimizda xorijiy kapital ishtirokidagi banklarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Download 294.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling