13
Xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlari bo‘yicha – banklarning faoliyatiga
e’tibor
qaratadigan bo‘lsak, ayrim banklar iqtisodiyotning
turli tarmoqlariga xizmat
ko‘rsatadi. Jumladan,
avtomobilsozlik, neft sanoati, qurilish va boshqa sohalar.
Masalan, mamlakatimiz Sanoatqurilishbanki ko‘plab tarmoqlarga xizmat ko‘rsatadi,
biroq asosiy faoliyati og‘ir sanoat korxonalariga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.
SHuningdek, Agrobankning asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligi
korxonalariga,
Asakabank mashinasozlik sohasiga va hokazo.
Filiallarining soni bo‘yicha – ayrim banklarda filiallar umuman mavjud
emas,
ayrimlarida esa mamlakatning barcha hududlarida filiallari mavjud.
Mamlakatimizda bunday banklar sirasiga Agrobank, Xalqbank, Mikrokreditbanklarni
kiritish mumkin. Ushbu banklarning mamlakatimiz tumanlarining deyarli barchasida
o‘z filiallari faoliyat yuritadi. Banklarning filiallari yuridik
shaxs sifatida barcha
huquq va majburiyatlarga ega bo‘lmaydi, ular tegishli nizom asosida bosh bank
tomonidan berilgan chegaralangan huquq va majburiyatlar doirasida faoliyat yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: