9-mavzu. Bioelektrogenez. Membrana (tinchlik) potentsiali. Model sistеmalaridagi yuzaga keladigan elеktr potеntsiallar farqi-diffuzion, fazalararo va Donnan potensiallari
Rasm. Kimyoviy sinapsning tuzilishi va ishlash mexanizmi
Download 445.78 Kb.
|
5-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aralash sinapslar
11.3.Rasm. Kimyoviy sinapsning tuzilishi va ishlash mexanizmi.
Elektr sinapslar, asosan, umurtqasiz hayvonlarda mavjud bo’lib, bu sinapslarda qo’zg’alishning uzatilishini tushuntirishda nerv tolasi qo’zg’alganida kelib chiqadigan harakat toklari o’sha tola boradigan hujayraga ta’sir ko’rsatadi deb hisoblanadi. Elektr yo’li bilan ishlovchi sinapslarning sinaptik tirqishi 2-3,5 nm ni tashkil qiladi va bu sinapslarda kechikish qayd etilmaydi. Aralash sinapslar elektr va kimyoviy sinaptik uzatish mexanizmlarining ayni bir sinapsda bo’lishi hisoblanib, bunday sinapslarda signallar kimyoviy sinapslarga nisbatan tezroq uzatiladi. Qo’zg’alishni kimyoviy yo’l bilan o’tkazadigan sinapslarda (parasimpatik neyronlar sinapslarida, simpatik gangliyalar, nerv-muskul birikmalari) atsetilxolin, adrenalin kabi mediatorlar mavjudligi qayd kilingan. Qo’zg’alishning toladan o’tish mexanizmlari ikki jarayon, ya’ni signalni membrananing yon atrofidagi bo’laklariga ta’sir etishi va shu bo’laklarda harakat potentsialining hosil bo’lishidan iborat. Membrananing ta’sirlangan joyida, masalan, unga o’rnatilgan katod ostida depolyarizatsiya rivojlanadi. Buning sababi, tola ichida natriy ionlari tola bo’ylab ikki tarafga tarqaladi va membrananing qo’shni bo’laklarini depolyarizatsiyaga uchratadi. Bu passiv depolyarizatsiya mahalliy javob paydo bo’lishiga va uning miqdori membrana depolyarizatsiyalanishi kritik darajasiga yetishiga sabab bo’lishi mumkin. Natijada harakat potentsiali yuzaga kelib, membrananing yonbosh qismlarini qo’zg’atuvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. Membrananing ko’zg’atilgan qismi yon atrofidagi qismlarni ham qo’zg’atadi va shu tarzda qo’zg’alish tola bo’ylab ikki tarafga tarqaladi. Mielinsiz tolalarda qo’zg’alish uzluksiz holda, tolaning boshidan oxirigacha harakat potentsiallari vujudga kelishi tarzida tarqaladi. Bu esa natriy va kaliy kanallarining nerv tolasi membranasida tekis taqsimlanishiga bog’liq. Qo’zg’alishning mielinli tolalardan o’tishida esa boshqacha holat kuzatiladi. Ya’ni qo’zg’alish tolalardan salьtator ravishda o’tadi. Salьtator o’tkazishning sababi shundaki, mielinli tolalarda potentsialga bog’liq bo’lgan natriy va kaliy kanallar membranada tekis tarqalmagan. Ranьve bo’g’imlarida ularning soni mielinsiz tola membranasidagi kanallar sonidan 200 marta ko’p. Tolaning mielinli qismlarida bunday kanallar deyarli yo’q, ya’ni tolaning bu qismlari qo’zg’aluvchanlikka ega emas. Agar qo’zg’algan bo’g’imga eng yaqin turgan bir yoki ikki bo’g’im shikastlansa, qo’zg’alish uchinchi, to’rtinchi bo’g’imlarga sakrab o’tib, ularda harakat potentsiali hosil qiladi. Qo’zg’alishning mielinli tolalardan salьtator o’tkazilishida energiya sarfi ancha kam va qo’zg’alishning o’tish tezligi mielinsiz tolalardagiga nisbatan juda yuqori bo’ladi. SHuning uchun, mielinli tolalar nerv tizimi faoliyatini aniq va tez bajarilishini ta’minlab turadi. Download 445.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling