9-mavzu. Bioelektrogenez. Membrana (tinchlik) potentsiali. Model sistеmalaridagi yuzaga keladigan elеktr potеntsiallar farqi-diffuzion, fazalararo va Donnan potensiallari


Download 445.78 Kb.
bet13/15
Sana10.11.2023
Hajmi445.78 Kb.
#1762297
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
5-maruza

SINAPSLAR VA SINAPTIK JARAYONLAR.


Sinapslarning tuzilishi va funktsiyasi -Sinapslar nerv tolasida hujayralararo signal uzatishni ta’minlovchi maxsus kontaktlar hisoblanadi. Sinapslarda presinaptik, postsinaptik membranalar va sinaps tirqishi farqlanadi ( rasm. 8.2.1). Sinapslar, birinchidan, qanday hujayralararo joylashish o’rniga ko’ra tasniflanadi. Masalan, nerv aksoni va nerv hujayrasi tanasi, ya’ni soma o’rtasida joylashgan sinapslar akson-soma sinapslari, akson va dendrit o’rtasida joylashgan sinapslar esa akson-dendrit sinapslari deb ataladi (rasm 8.2.2). SHunga o’xshash, ikkita aksonni bog’lab turuvchi akson-akson sinapslar va ikkita dendritni bog’lovchi dendrit-dendrit sinapslar mavjud. Ikkinchidan, qo’zg’atuvchi va tormozlovchi xususiyatiga ko’ra va nihoyat, uchinchidan, signalni uzatish xarakteriga ko’ra tasniflanadi. Elektr sinapslar deyilganda signallarni elektr toki asosida uzatuvchi sinapslar tushuniladi. Signal uzatish transmitter yoki fiziologik faol moddalar, ya’ni mediatorlar yordamida uzatilsa, ular kimyoviy sinapslar deyiladi.
Miyada ba’zan alohidalangan yakka sinapslar uchraydi. Odatda esa, bir necha sinapslar yig’ilib, guruhlangan holatdagi sinaps bog’lanishni ta’minlaydi. Bunday sinapslarga akson-dendrit sinapslar misol bo’lib, bunda ikki yoki bir necha sinapslar yonma-yon joylashadi va bir yo’nalishga qaratilgan holatda bo’ladi. Nerv hujayralari o’zaro va muskul, sekretsiya bezlari va boshqa hujayralar bilan sinapslar orqali birikadi. Sinapslar harakat potentsiali uzatilishini ta’minlaydi. Bu jarayon presinaptik membranadan neyromediator ajralib sinaps oralig’iga tushishi va postsinaptik membranani qo’zg’algan yoki tormozlangan holatga olib kelishi tarzida kechadi. Sinapslar tuzilishi va funktsiyasiga ko’ra kimyoviy, elektr va aralash sinapslarga bo’linadi.
11.2.Rasm.Sinaps bog’lanishlar tiplari (G.SHeperd, 1987 bo’yicha).
Kimyoviy sinapslar asosan umurtqali hayvonlarda mavjud bo’lib,bu sinapslarda harakat potentsiali kechikishi 0,3 ms ni tashkil etadi va bu vaqt davomida presinaptik membranada joylashgan pufakchalardan sinaps tirqishiga atsetilxolin, adrenalin, dofamin, serotonin, gistamin, glitsin kabi mediatorlar diffuziyalanib postsinaptik membranaga borishi hamda retseptor bilan birikishi amalga oshib, so’ngra postsinaptik potentsial vujudga keladi (rasm 8.2.3).




Download 445.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling