9-mavzu. Bioelektrogenez. Membrana (tinchlik) potentsiali. Model sistеmalaridagi yuzaga keladigan elеktr potеntsiallar farqi-diffuzion, fazalararo va Donnan potensiallari


-rasm. Kimyoviy sinapsning tuzilishi va ishlash mexanizmi


Download 445.78 Kb.
bet8/15
Sana10.11.2023
Hajmi445.78 Kb.
#1762297
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
5-maruza

9.3-rasm. Kimyoviy sinapsning tuzilishi va ishlash mexanizmi.

9.4-rasm. Sinaps bog‘lanishlar tiplari (G.SHeperd, 1987 bo‘yicha).
Kimyoviy sinapslar asosan umurtqali hayvonlarda mavjud bo‘lib,bu sinapslarda harakat potensiali kechikishi 0,3 ms ni tashkil etadi va bu vaqt davomida presinaptik membranada joylashgan pufakchalardan sinaps tirqishiga atsetilxolin, adrenalin, dofamin, serotonin, gistamin, glitsin kabi mediatorlar diffuziyalanib postsinaptik membranaga borishi hamda retseptor bilan birikishi amalga oshib, so‘ngra postsinaptik potensial vujudga keladi.
Elektr sinapslar asosan umurtqasiz hayvonlarda mavjud bo‘lib, bu sinapslarda qo‘zg‘alishning uzatilishini tushintirishda nerv tolasi qo‘zg‘alganida kelib chiqadigan harakat toklari o‘sha tola boradigan hujayraga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblanadi. Elektr yo‘li bilan ishlovchi sinapslarning sinaptik tirqishi 2-3,5 nm ni tashkil qiladi va bu sinapslarda kechikish qayd etilmaydi.
Aralash sinapslar elektr va kimyoviy sinaptik uzatish mexanizmlarining ayni bir sinapsda bo‘lishi hisoblanib, bunday sinapslarda signallar kimyoviy sinapslarga nisbatan tezroq uzatiladi.
Qo‘zg‘alishni kimyoviy yo‘l bilan o‘tkazadigan sinapslarda (parasimpatik neyronlar sinapslarida, simpatik gangliyalar, nerv-mushak birikmalari) atsetilxolin, adrenalin kabi mediatorlar mavjudligi qayd kilingan. Qo‘zg‘alishning toladan o‘tish mexanizmlari ikki jarayon, ya’ni signalni membrananing yon atrofidagi bo‘laklariga ta’sir etishi va shu bo‘laklarda harakat potensialining hosil bo‘lishidan iborat. Membrananing ta’sirlangan joyida, masalan, unga o‘rnatilgan katod ostida depolyarizatsiya rivojlanadi. Buning sababi, tola ichida natriy ionlari tola buylab ikki tarafga tarqaladi va membrananing qo‘shni bo‘laklarini depolyarizatsiyaga uchratadi. Bu passiv depolyarizatsiya mahalliy javob paydo bo‘lishiga va uning miqdori membrana depolyarizatsiyalanishi kritik darajasiga yetishiga sabab bo‘lishi mumkin. Natijada harakat potensiali yuzaga kelib, membrananing yonbosh qismlarini qo‘zg‘atuvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Membrananing ko‘zg‘atilgan qismi yon atrofidagi qismlarni ham qo‘zg‘atadi va shu tarzda qo‘zg‘alish tola bo‘ylab ikki tarafga tarqaladi.
Miyelinsiz tolalarda qo‘zg‘alish uzluksiz holda, tolaning boshidan oxirigacha harakat potensiallari vujudga kelishi tarzida tarqaladi. Bu esa natriy va kaliy kanallarining nerv tolasi membranasida tekis taqsimlanishiga bog‘liq.
Qo‘zg‘alishning miyelinli tolalardan o‘tishida esa boshqacha holat kuzatiladi. Yа’ni qo‘zg‘alish tolalardan saltator ravishda o‘tadi. Saltator o‘tkazishning sababi shundaki, miyelinli tolalarda potensialga bog‘liq bo‘lgan natriy va kaliy kanallar membranada tekis tarqalmagan. Ranve bug‘imlarida ularning soni miyelinsiz tola membranasidagi kanallar sonidan 200 marta ko‘p. Tolaning miyelinli qismlarida bunday kanallar deyarli yo‘q, ya’ni tolaning bu qismlari qo‘zg‘aluvchanlikka ega emas. Agar qo‘zg‘algan bug‘imga eng yaqin turgan bir yoki ikki bug‘im shikastlansa, qo‘zg‘alish uchinchi, to‘rtinchi bo‘g‘imlarga sakrab o‘tib, ularda harakat potensiali hosil qiladi.
Qo‘zg‘alishning miyelinli tolalardan saltator o‘tkazilishida energiya sarfi ancha kam va qo‘zg‘alishning o‘tish tezligi miyelinsiz tolalardagiga nisbatan juda yuqori bo‘ladi. Shuning uchun, miyelinli tolalar nerv tizimi faoliyatini aniq va tez bajarilishini ta’minlab turadi.

Download 445.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling