9-mavzu. Bioelektrogenez. Membrana (tinchlik) potentsiali. Model sistеmalaridagi yuzaga keladigan elеktr potеntsiallar farqi-diffuzion, fazalararo va Donnan potensiallari
Download 445.78 Kb.
|
5-maruza
Na+/К+ ion nasosi. Miotsit hujayrasi ichki va tashqi muhitidagi ionlar konsentratsiyasi bir xilligi membrana orqali metobolik energiya sarflanishi bilan ionlarning konsentratsiya gradiyentiga qarshi faol tashilish mexanizmlari orqali ta’minlab turiladi. Na+ -К+ ion nasosi miotsit hujayra membranasida va T-tibulalar devorida joylashgan bo‘lib, Na+ -К+ ionlarining bog‘langan transport tizimi hisoblanadi. Bu tizim ishlashi uchun ma’lum sharoit talab etiladi, masalan hujayra tashqarisida [К+]о = 0 bo‘lsa, bu mexanizm tabiiyki ishlamaydi. Hujayra tashqarisiga chiqarilayotgan Na+ ionlari va konsentratsiya gradiyentiga qarshi kiritilayotgan К+ ionlari o‘rtasidagi nisbat turli adabiyotlarda turlicha 3:2, 3:3, 3:1 kabi ko‘rsatilgan. Odatda esa, ushbu nisbat 3:2 holatda ifodalanadi, 3:3 xolat noelektrogen bo‘lib, bunday xolatda membranada potensiallar farqi kuzatilmaydi. Na+ -К+ ion nasosining harakatlantiruvchi kuchi (Na+,К+) –ATF aza fermenti hisoblanib, uning faollashishi uchun Na+, К+, Са2+ , Мg2+ ionlari kerak bo‘ladi. Miotsit hujayra membranasining ichki tomonida bu tizim ishlashi uchun Na+, Мg2+ ionlari, ATF, membrana tashqi tomonida esa К+ ionlari bo‘lishi talab etiladi.
Dastlab oraliq fosforlanishda Na+ ionlari va defosforlanishda К+ ionlari qatnashadi. Na+ -К+ ion nasosi 3 ta Na+ ionini hujayradan chiqarib yuborishi uchun bir molekula gidrolizlangan ATF sarflanadi. (Na+-К+) –ATF aza tizimi yurak glikozidlarining membrana tashqi tamoniga ta’siri ostida, shuningdek sulfigidril reagentlar, N-etilmaleimid, simob va etakrin kislota asosidagi diuretik moddalar ferment faollashishidagi SH-guruhini bog‘lash orqali ingibirlaydi. Na+-К+ nasosining bloklanishida dastlab tinchlik potensiali ЕМ bir oz qutbsizlanish ta’sirida 2-6 mV ga o‘zgaradi. Qisqa vaqt davomida blokada qo‘zg‘aluvchanlik va xarakat potensialiga ta’sir ko‘rsatmasada, bir necha minutdan so‘ng ЕМ tinchlik potensiali qiymati va hujayra yuzasi kengligiga bog‘lik holda ionlar konsentratsiya gradiyentining pasayishi kuzatiladi. Natijada qutbsizlanish ortib, xarakat potensiali o‘sishi pasayadi va nihoyat qo‘zg‘aluvchanlik yuqoladi. Shu holatda membrana tinchlik va harakat potensiali qiymati bevosita Na+ -К+ ion nasosining faoliyati bilan bog‘liq. Na+ -К+ ion nasosi tizimining ishlash tezligi miokard hujayralarida yurak ritmi chastotasiga bog‘likligi qayd etilgan. Download 445.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling