9-Mavzu. Biznes faoliyatida menejment reja


Tadbirkor rahbarning nutq madaniyati va uning ruhiy-psixologik jihatlari


Download 29.34 Kb.
bet5/7
Sana11.05.2023
Hajmi29.34 Kb.
#1451085
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu

Tadbirkor rahbarning nutq madaniyati va uning ruhiy-psixologik jihatlari. Notiqlik sanhati ko’hna sanhatlardan biridir. Bu sanhatda tarixiy davr va jamiyat hayoti aks etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayot o’z ifodasini topgan. Taraqqiyot va tanazzul davolari bo’lgan. Ovropada yunon, Sharqda Xitoy, Hind, islom notiqlik sanhatlari taraqqiyot etgan.
Jamiyat hayotining hamma jabhalarida notiqlik san’ati mavjud. Notiqlar - rahbarlar, dindorlar, muallimlar, huquq xodimlari va boshqalar. Notiqlik san’ati ijtimoiy mavqe jihatdan quyidagi guruhlarga bo’linadi: ijtimoiy-siyosiy notiqlik, ilmiy (akademik) notiqlik, sud notiqligi, ijtimoiy-maishiy notiqlik, diniy notiqlik.
Tadbirkor rahbar faoliyatida har xil ziddiyat (konflikt)lar va mojorolar uchrab turadi. Mehnat shart-sharoitlari, mehnat natijalari, moddiy va ma’naviy extiyojlarning qondirilmasligi, mehnatdan qoniqmaslik tufayli tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasida ziddiyatlar va mojarolar kelib chiqadi. Bu yerda tadbirkor rahbar bilan xodimlar o’rtasidagi va shaxslararo ziddiyatlarni farqlash kerak. Bu hollardagi ziddiyatlarning bir necha sabablari mavjud: moddiy-texnik sabablar; xo’jalik-tashkiliy sabablar; ijtimoiy-kasbiy sabablar; ijtimoiy-demografik sabablar; ijtimoiy-psixologik sabablar.
Tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasidagi ruhiy-psixologik ziddiyatlar kelib chiqishi uch holatda yaqqol ko’zga tashlanadi:

  • mehnat jarayonining noto’g’ri uyushtirilishi;

  • shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi;

  • jamoa ahzosining shaxsiy o’ziga xosligi.

Xullas, bozor iqtisodiyoti sharoitida har qaysi bug’indagi tadbirkor shuni tushunib yetmog’i kerakki, har qanday sharoitda ham insonga g’amxo’rlik qilish, inson ruhiy holatini barqaror etishga qaratilgan jarayonlarni tashkil etish va yo’naltirish, jamoaning har bir ahzosini mehnatdan moddiy va ma’naviy qoniqish hosil qilishiga erishtirish uning zimmasidagi muqaddas vazifadir.

Download 29.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling