9-Mavzu. Biznes faoliyatida menejment reja


Tadbirkorning sheriklari bilan munosabatlari


Download 29.34 Kb.
bet6/7
Sana11.05.2023
Hajmi29.34 Kb.
#1451085
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu

Tadbirkorning sheriklari bilan munosabatlari qanchalik to’g’ri tuzilganligi biznesdagi muvaffaqiyatni belgilaydi. Sherik deb, biror bir birgalikdagi faoliyatning ishtirokchisiga aytiladi. Tadbirkorning sheriklari bilan aloqalarini mustahkamlashda quyidagilar katta ahamiyatga ega: umumiy g’oyaga qiziqqan va ularni amalga oshirishga tayyor bo’lgan sheriklar bilan aloqa o’rnatish; boshliq bilan tuzilgan kelishuv (kontrakt) shartlariga qattiq rioya qilinishi; haq to’lash shartlari; ijtimoiy imtiyozlar (berilgan bo’lsa); korxona boshqarilishidagi ishtiroki; yil natijalari bo’yicha dividentlar to’lash shartlari; ishdan bo’shagandan o’z ulushini olish va hakazolar ta’minlanadi.
Tadbirkor rahbar tashkilotchiligi - mehnat jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, ishlab chiqarish va tarbiyaviy jarayonlarga tasir ko’rsatish, guruh faoliyatini oliy maqsadlarga qarata olish qobilyati kabi masalalarni qamrab oladi. Tadbirkor rahbar jamoani moddiy va ma’naviy mehmatlar ishlab chiqarishiga rahnamolik qilar ekan, shuni unutmaslik kerakki, odamlar bir-birlari bilan o’zaro munosabatda, bir-birlariga har jihatdan muxtoj, shaxsiy ehtiyoj va maqsadlarga egadirlar. Shu bois har qanday tadbirkor-rahbar eng avvalo insoniy qadriyatlarga diqqat-e’tiborini qaratmog’i lozim bo’ladi.
G’arb olimlaridan Robert Ryukert (Robert Reukert) va Orbo’la Yokep (Orvill Walker) hamkorlikning quyidagi printsiplarini taklif qiladilar: 4

  • Mavjud tashkiliy struktura va jarayonlar resurslarni bir bo’limdan ikkinchi bo’limga o’tishini ta’minlasa, hamkorlik samarali bo’ladi.

  • Hamkorlik, turli funksional bo’limlarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mexanizm bo’lib, konfliktlarni gorizontal bosqichda yechish qoidasi va amaliyotini o’zida mujassamlashtiradi. Lekin, doimiy ravishda konfliktlarni vujudga kelishi va uni yechish faoliyat samarasini pasaytiradi.

Tadbirkorning o’z xizmatchilari bilan munosabatni mustaxkamlashda quyidagilar katta ahamiyatga ega:

  • muammoli ishga taalluqli masalalar muxokama qilinadigan suhbat va uchrashuvlarni muntazam o’tkazib turish;

  • ishchi va xizmatchilarning firma ishini muhim masalalarini muxokama qilish va yechishga kengroq jalb qilish;

  • firma bo’linmalarining boshliqlari bilan muntazam ravishda muloqot lozim.


Download 29.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling