9-Mavzu: Bolalarni rasmga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish Reja
Download 23.89 Kb.
|
qayta hikoya qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning bog’langan nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi. «Navro‘z bayrami» mavzusida hikoya tuza oladilar. Navro‘z taomlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Hikoya to‘qishga qiziqish uyg’onadi. Kerakli jihozlar: «Navro‘z bayrami» surati. Mashg’ulotning borishi: «Navro‘z bayrami» surati ilib qo‘yiladi va mazmuni bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. Tarbiyachi: Bolalar, qanday bayram bo‘lib o‘tdi? Biz avval Navro‘z bayramini bog’chada o‘tkazdik. Navro‘z ertaligi juda qiziqarli bo‘ldi. Sahiy, quvnoq Bahoroy bizga sovg’a-salomlar berdi. Hammangiz Navro‘z bayramini uyingizda davom ettirdingiz. Mana bu suratga qarang.
Suratda qaysi bayram tasvirlangan? Navro‘z bayrami qachon nishonlanadi? Navro‘z bayramini odamlar qanday nishonlaydilar? Suratda qanday urf-odatlar tasvirlangan? (Doshqozonda sumalak pishirilyapti, kishilar o‘z yaqinlari, mahalla-kuy, qo‘ni-qo‘shnilar bilan hamjihatlikda bayramni kutib olyaptilar, bolalar varrak uchiryaptilar, karnay-surnay navolari chalinyapti, bolalar raqs tushyaptilar) Navro‘zda tabiatda qanday o‘zgarishlarni ko‘ryapsiz? Sumalakni kimlar pishiryaptilar? Sumalak pishirishda kimlar yordam berishyapti? Hozir biz «Navro‘z bayrami» mavzusidagi surat asosida hikoya tuzishni o‘rganamiz. Hikoya tuzishda hozir ishlatgan so‘zlardan foydalanishingiz mumkin. Tarbiyachining namunasi. Biz Navro‘z bayramini mahallamiz bilan birgalikda kutib oldik. Bog’da katta dasturxon yozildi. Qo‘shnilar dasturxonga turli xil pishiriqlar qo‘ydilar. Qo‘shni qiz Feruza uyidan lola terib chiqdi. Biz lolalarni idishga solib dasturxonga qo‘ydik. Buvimning juda shirin sumalak pishirishlarini hamma biladi. Bu yil ham buvim sumalak pishirdilar. Buvimga qo‘shni ayollar yordam berdilar. Biz o‘tin, suv tashib keldik. Mahallamiz qariyalariga akam choy damlab berdilar. Karnay- surnaylar chalindi. Nodir bilan Shahzoda raqsga tushdilar. Biz kattalarga yordamlashib bo‘lgach, varrak uchirdik. Mening varragim eng balandda uchdi. Unga hamma o‘rtoqlarimning havasi keldi. Buvim sumalak pishgach qo‘shnilarga tarqatdilar. Biz hammamiz mazza qilib sumalak yedik. (So‘ngra 5-6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi va baholanadi). Download 23.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling