9-mavzu. Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari. Reja
Registrlardagi xato yozuvlar tuzatish usullari.Hisob registrlarida yozuvlarni olib borish
Download 165 Kb.
|
9-mavzu
9.3. Registrlardagi xato yozuvlar tuzatish usullari.Hisob registrlarida yozuvlarni olib borish.
Buxgalteriya hisobida yo’l qo’yilgan xatolar, albatta, to’g’rilanishi shart. Xato yozuvlarni tuzatish hisobda alohida metodologik masalani tashkil etadi va «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi. Lekin xato yozuvlarni to’g’rilashning nazariy va amaliy imkoniyatlari normativ hujjatlar bilan belgilangan doiradan kengroq. Tuzatish usullari yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlangan vaqti va qo’llaniladigan hisob shakllariga bog’liq. Agar xatolar davriy hisobotni soliq organlariga topshirilgunga qadar aniqlangan bo’lsa, xato yozuvni to’g’risiga almashtirish yo’li bilan to’g’rilanadi. Xato yozuvlarni almashtirish deb quyidagilar tushuniladi: a)Hisobning daftar shaklida - tozalash, suvash, ustidan chizish, izohlangan tuzatish va boshqa tuzatish usullari; b)Hisobning avtomatlashgan shaklida - bevosita olib tashlash yoki taxrir qilish yo’li bilan noto’g’ri yozuvni to’g’risiga almashtirish. Xato yozuvlarni to’g’rilashda u yoki bu usulni qo’llash aniq vaziyatga bog’liq. Mazmuni operasiya ma’lumotlardan iborat bo’lgan ayrim hujjatlarda xato raqamni o’chirib yoniga to’g’risini yozish yetarli. Agar o’chirish, suvash yoki ustidan chizish imkoniyati bo’lmasa, tuzatilgan raqamga shunday izoh beriladi: « ga tuzatilganligi ishonilsin», «qo’shib yozilgan ga ishonilsin» yoki «ustiga chizilgani o’qilmasin» deb tegishli lavozimli shaxsning imzosi qo’yiladi, ayrim hollarda muhr ham bosiladi. Xato yozuvlarni bunday usullarda ma’lum vaqtlargacha to’g’rilash mumkin. Bu vaqtni shartli ravishda qaytish nuqtasi deymiz. Xatolarni tuzatish bo’yicha qaytish nuqtasi deb, ma’lum sana emas, balki davriy hisobotni soliq organiga topshirish kuni hisoblanadi. Davriy hisobotni soliq tashkilotiga topshirish qonunchilik bilan tartibga solinganligi uchun qaytish nuqtasi soliq davrining boshlanish kuni bilan hisobotni soliq organiga topshiriladigan oxirgi kun orasida bo’ladi. Ma’lumki, hisobot haqiqatan topshirilgandan so’ng uni qaytarishning iloji yo’q. Agar xatolar qaytish nuqtasidan o’tgandan keyin aniqlangan bo’lmasa, to’g’rilash operasiyalarini berish yo’li bilan tuzatiladi (albatta, ayrim xatolar bo’yicha provodkalar berilmaydi. Masalan, hisobot davridan oldingi chorakda sotib olingan asosiy vositalar bo’yicha xatoga yo’l qo’yib kafolat muddati ko’rsatilmagan ekan, buni tuzatish uchun qyech qanday qo’shimcha operasiya talab qilinmaydi. Bu xato tahririy usul bilan tuzatiladi). I Download 165 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling