9-mavzu. Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari. Reja
Download 165 Kb.
|
9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teskari provodka berish usuli
- Qizil storno usulida xatolarni to’g’rilash
. Qo’shimcha yozuv usuli. Bu usuldan foydalanishning ikkita sharti bor: a) xo’jalik operasiyalarini summasida xatoga yo’l qo’yilgan; b) operasiyada keltirilgan summa haqiqiy ko’rsatiladigan summaga qaraganda kam bo’lgan.
Bunda xato yozilgan summa bilan to’g’risining orasidagi farq summaga ilgarigidek qo’shimcha operasiya beriladi va shu bilan xato yozuv tuzatilgan bo’ladi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishga xaqiqiy sarflangan material 5000 so’m, lekin xato qilib 4000 so’m yozilgan. Bunda xatoni tuzatish chizmasi quyidagicha bo’ladi.
II. Teskari provodka berish usuli. Shunday bo’lishi mumkinki, xatolar summani kamayishi tomoniga emas, ko’payishi tomoniga yo’l qo’yilgan. Bu vaqtda xatolarni tuzatish teskari operasiya berish usuli bilan bajariladi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishga haqiqiy sarflangan summa 4000 so’m bo’lib, xato qilib 5000 so’m yozilgan bo’lsa, xatoni tuzatish chizmasi quyidagicha bo’ladi:
Basharti schyotlar korrespendensiyasida xatolarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, oldin teskari yozuv beriladi, so’ng to’g’risi yoziladi. Masalan:1.Asosiy ishlab chiqarishga materiallar sarflandi - 5000 so’m xato yozuv berildi: D-t - 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»- 5000 so’m. K-t -1010 «Xom ashyo va materiallar»- 5000 so’m. To’g’ri yozuv: D-t - 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» K-t-1010 «Xom ashyo va materiallar» Xato berilgan operasiyani tuzatish usuli: 2.Oldin xato berilgan operasiyaning teskarisi provodkasi beriladi. D-t-1010- 5000 so’m. K-t-2310- 5000 so’m. So’ng to’g’ri operasiya provodkasi beriladi. 3.D-t-2010 - 5000 so’m. K-t-1010 - 5000 so’m.
Buday tuzatishda schyotlarning oborotlari sun’iy ravishda ko’paytirilmaydi. Bu usulda schyotlarning oxirgi qoldiqlari o’zgarmaydi, lekin oborotlari sun’iy ravishda ko’payadi. III. Qizil storno usulida xatolarni to’g’rilash. Yuqorida ksltirilgan xatoni ko’chirish yo’li bilan tuzatish mumkin.
Bunda:
2- operasiya «kizil storno» usulida xato yozilgan summa o’chirildi; 3- operasiya to’g’ri summani aks etgirilishi. Aralash yozuv usulida xatolarni to’g’rilash. Bunda xato yozilgan summa qizil siyoxda takror yoziladi, to’g’risi esa oddiy siyoxda yozib qo’yiladi. Bu usulda ikkiyoqlamali yozuv tamoyili buziladi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishga 5000 so’mlik sarflangan material xato qilib yordamchi ishlab chiqarishga yozilgan. Aralash yozuv usulida 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotining debetiga yozilgan 5000 so’m qizil siyoxda takror yoziladi va bu summa 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining debetiga oddiy siyoxda yozib qo’yiladi. Xo’jalik operasiyalarini hisob registrlarida aks ettirish ma’lum tartibda rasmiylashtirilgan va ishlangan hujjatlar asosida amalga oshirilishi kerak. Hujjatlardagi xo’jalik operasiyalarni hisob registrlariga yozish operasiyalarni tarqatish deb nomlanadi. Operasiyalarni tarqatish hujjatlarini kontirovkalash (belgilab qo’yish) asosida amalga oshiriladi. Ko’pincha operasiyalar oldin qisqa va kuzatish uchun qulay bo’lgan shakldagi sintetik hisob registrlarida aks ettiriladi. Ularning har bir yozuvi mazkur yozuvning faqat navbatdagi raqami va summasini ko’rsatadi. Keyin operasiyalar analitik hisob registrlariga tarqatiladi. Lekin hozirgi vaqtda amaliyotda boshqacha tartib keng tarqalgan: oldin yozuvlar sintetik va analitik hisobning aralash registrlarida aks ettirilib, keyin esa hisobot davrining oxirida bir oydagi umumiy yakunlar sintetik hisobning tizimli registriga - Bosh daftarga yozib qo’yiladi. Analitik hisob registridagi yozuvlar sintetik registrlardagiga qaraganda mukammalroq. Ularda, odatda yozuvlar sanasi va raqami, operasiyalarning qisqacha mazmuni (yoki yozuvga asos bo’lgan hujjatga ilova), pul ifodasidagi summa (moddiy boyliklar bo’yicha esa natura ko’rinishidagi soni ham) ko’rsatiladi. Analitik hisobdagi bunday mukammal yozuvlar mazkur operasiyaning mazmunini chuqurroq o’rganish kerak bo’lganda har gal hujjatga murojaat qilmaslik uchun zarurdir. Hisob registrlaridagi yozuvlar qo’l bilan yoki avtomatlashgan yordamida amalga oshirilishi mumkin. Hisob registrlari aniq va o’z vaqtida yuritilib, u joriy hamda yakuniy ma’lumotlarni belgilangan muddatda olinishiga rioya qilib, mablag’lar hamda mehnatni eng kam sarf qilgan holda tashkil etilishi kerak. Hisob registrlarini qisqartirish va soddalashtirish ko’p yillar mobaynida bir qancha yo’nalishlar bo’yicha olib borilgan. Ulardan biri yuqorida ta’riflangan operasiyalarning sintetik va analitik yozuvlarini bitta umumiy registrda olib borishdir. Ko’pchilik registrlarda chiziqli (lineynaya) yozuv deb nomlangan usul keng tarqalgan. Uning mohiyati shundan iboratki, schyotning krediti bo’yicha aks ettiriladigan summa debetidagi unga to’g’ri keladigan qatorda aks ettiriladi. Chiziqli yozuvdan foydalanish ayniqsa debitorlik va kreditorlik majburiyatlarning o’z vaqtida to’lanishi ustidan kuzatishni ta’minlaydigan turli - tuman hisob-kitob operasiyalarini hisobga olishda qulaydir. Chiziqli yozuv texnikasini yuqorida keltirilgan maxsus ishlab chiqarish va sotish vedomostiga qarab tushunib olish mumkin. Hisobli ro’yxatga olishda qisman summalarni ko’p martalik vedomostlarda oldindan jamg’arish hamda guruhlovchi vedomostlarda bir vaqtning o’zida (odatda oyning oxirida) qilinadigan hujjatli ma’lumotlarni guruhlash yo’li bilan yozuvlarni hisob registriga tayyorlash katta ahamiyatga egadir. Guruhlovchi vedomostlar ko’p martalik vedomostlarga o’xshagan. Sintetik hisobda yozuvlar sonini qisqartirishga har bir xo’jalik operasiyasini aks ettirish bilan emas, balki tegishli vedomostlarda hisoblab chiqilgan bir turdagi korrespondensiyaga ega bo’lgan barcha operasiyalar bo’yicha umumiy yakunini yozish yo’li bilan erishiladi. Hisobdagi ro’yxatga olishning ilg’or usullari shaxmatli yozuv tamoyili deb nomlanadigan yozuvga asoslanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, xo’jalik operasiyalarini summasi faqat bir marta yoziladi va bir vaqtning o’zida tegishli schyotlarning debeti hamda kreditida aks ettiriladi.. Shaxmatli tamoyilga asoslangan registrga misol tariqasida Bosh daftarni keltirish mumkin. Xullas, hisobdagi ro’yxatga olishni yaxshilash va uning mehnat sig’imini kamaytirishda mashinali yozuvlardan foydalanish alohida ahamiyatga egadir. Download 165 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling