9-mavzu. Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari. Reja
Yozuvlarning xarakteriga qarab
Download 165 Kb.
|
9-mavzu
Yozuvlarning xarakteriga qarab hisob registrlari xronologik va tizimli (sistematik) turlarga bo’linadi.
Xronologik registrlar hujjatlarni ro’yxatga olish uchun mo’ljallangan. Ulardagi yozuvlar xronologik tartibda yoki hujjatlarning buxgalteriyaga kelib tushish paytiga qarab amalga oshiriladi. Bu yerda ro’yxatga olinayotgan ma’lumotlarning hyech handay guruhlanishi amalga oshirilmaydi. Bir turdagi operasiyalar bo’yicha hujjatlarni ro’yxatga olish uchun xizmat qiladigan vedomostlardan tashqari xronologik registrlarga turli jurnallar (masalan, ro’yxatga olish jurnali) kiradi. Tizimli (sistematik) registrlar xo’jalik operasiyalarini ma’lum guruhlash (sistemalash) uchun mo’ljallangan. Ularda maxsus ustunlar bo’lib, ularga tegishli operasiyalarning summalari yozib qo’yiladi. Xronologik yozuv registrlariga misol keltiramiz: Mahsulotni jo’natish va sotish vedomosti
Sintetik registrlarga mahsulot ishlab chiqarish va sotishning analitik hisob schyotlarining shakllariga operasiyalarning u yoki bu tartibda guruhlanadigan barcha registrlar kiradi. Hozirgi paytda xronologik va tizimli yozuvlarni bir martalikda olib boradigan turli-tuman aralash (kombinasiyalashtirilgan) registrlar tobora keng tarqalmoqda. Fermer xo’jaliklarida tizimli hisob «Bosh jurnal» deb nomlanadigan registrlarda yuritilishi mumkin. Unda yozuvlar varaqning yuzida (birinchi betida) ham xronologik, ham tizimli tartibda yuritilishi mumkin. Aralash registrlar sintetik va analitik hisobni bir martalikda yuritish yo’li bilan ham tuzilishi mumkin. 200 yil dekabridagi «Hisob-kitob» schyotining debeti bo’yicha oborot vedomosti
Aralash registrlardan foydalanish xronologik va tizimli ma’lumotlarni yoki sintetik hamda analitik hisob ko’rsatkichlarini bir martalikda bir ish amalida olish imkonini beradi. Shuningdek, hisobli ro’yxatga olish ishlarining hajmini qisqartirib, uni ancha yaqqollashtiradi. Uning afzalliklari aynan mana shundadir. Download 165 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling