9-mavzu. Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari. Reja


Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli


Download 165 Kb.
bet7/9
Sana08.05.2023
Hajmi165 Kb.
#1444454
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-mavzu

9.5. Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli.
Buxgalteriya hisobining memorial - order shakli 1928 - 1930 yillarda yuzaga kelgan. Kartochka - orderli shakldan materiallar hisobining hujjatli - nusxa ko’chirish shakli deb nomlangan shakliga (dokumentno - kopirovalnaya forma) o’tilgan.
Bu shaklning mohiyati shundan iboratki, unda dastlabki hujjatlar asosida memorial-orderlar tuzilib, ularda mazkur operasiyalar bo’yicha korrespondensiyalanuvchi schyotlar (operasiyalar) ko’rsatiladi va shu bilan sintetik hisob yozuvlari tartibga keltiriladi.
Memorial-order № 31
200 yil yanvar uchun

Asosiy (hujjatlarga ilova va yozuv mazmuni)

Debeti bo’yicha

Schyot krediti
bo’yicha

Summa

3 - sonli ish haqini taqsimlash vedomosti

20
23
25
26
29




123500
16700
65600
30650
9010




Jami




70

245460

200 yil, 3 fevral
Ilova: 4 varaqdan iborat.
Memorial-order bir turdagi hujjatlar ma’lumotlarini birlashtiruvchi yig’ma hujjatlar asosida (misolda ish haqini taqsimlash vedomosti) yoki shu ma’lumotlar korrespondensiyalanuvchi schyotlar bo’yicha guruhlanadigan ko’p martalik vedomostlarning yakuniy ma’lumotlari asosida tuziladi. Yozuv uchun asos hisoblanadigan hujjatlar, albatta, orderga biriktirib qo’yiladi. Har bir memorial-order uchun doimiy raqam belgilanib, bir turdagi operasiyalar (kassa, hisob - kitob schyotlari, ish haqi va hokazo)ning har bir turi uchun bir oyda bitta order tuzish imkonini beradi.
Orderlarni ro’yxatga olish jurnalida - sintetik hisobning xronologik registri ro’yxatga olinadi. Ro’yxatga olish vedomosti quyidagi ko’rinishga ega:

Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling