9-mavzu: diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat
Download 281.38 Kb. Pdf ko'rish
|
9-12
11-MAVZU: SEZGILARNING TURLARI Tayanch tushunchalar:. interioretseptiv, psixosomatika, retseptorlar, proprioretseptor, eksterioretseptiv, nospesifik, oriyentirlash. A.N.Leontev seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o’tish boshqacha hayot tarixi bilan bog’liq deb ko’rsatadi va yuksak tashkil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a’zolari tarkib topadi deb ko’rsatadi. Sezish qobiliyatining paydo bo’lishi psixika taraqqiyotidagi dastlabki davrdir. Keyinchalik hayvonlar nerv sistemasining taraqqiysiga va jumladan sezgi organlarining taraqqiysiga qarab, tashqaridan bo’ladigan ta’sirni aks ettirish, sezish qobiliyati o’sib, tobora murakkablasha bordi. Masalan, maxsus sezgi organlari bo’lmagan eng sodda hayvonlarda, aftidan, faqat umumiy, differentsiallashmagan sezuvchanlik mavjud bo’lsa kerak. Taraqqiyotning ancha yuqori bosqichlarida hayvonlarda sezgi organlari paydo bo’ladi, nerv sistemasining analiz qilish qobiliyati ham o’sadi. Biologik taraqqiyotning yuqori bosqichlarida hayvonlarning ba’zi turlarida sezgi organlari hayron qolarlik darajada takomillashadi. Masalan, burgutning ko’rish organi, itning hid bilish organlari va hokazo. Nerv sistemasining sezgi organlarining taraqqiyoti, shu bilan birga hayvonlar psixikasining ham taraqqiyotiga, hayvonlarning hayot kechirish tarziga, shu hayvonlarning qayerda, qanday yashashiga, qanday oziqlanishiga, qanday ovqat topishiga, kimga qarshi kurashishiga va shu kabilarga bog’liqdir. Masalan, parrandalar umrining ko’p qismini havoda, uchib yurib o’tkazadi. Bunday hayot kechirish bepoyon bo’shliqlarda adashmaslik zaruriyatini tug’diradi. Biror faoliyatni bajarishdagi barcha harakatlar kishi tomonidan nazorat qilinib tuzatilib boriladi. Nazorat qilish va holatlarni tuzatish qobiliyatidan mahrum bo’lgan kasallar hatto eng oddiy ish-harakatni ham muvaffaqiyatli bajara olmaydi. Ular stakanni stoldan olishda, og’izga olib kelishda xatolarga yo’l qo’yadilar. Nazorat qanday yo’l bilan amalga oshiriladi? Bu sezgi organlari ko’rish, eshitish, muskul sezgi va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Chunki har bir ish – harakatni bajarayotganimizda barcha harakatlarimizni ko’zimiz orqali yoki eshitish sezgimiz orqali tekshirib turamiz. Albatta, harakatni boshqarish va nazorat qilishda bosh miya ham katta rol o’ynaydi. Har qanday harakat o’zining oxirida oladigan natijasining maqsadiga qarab boshqariladi va nazorat qilinadi. Bajarilgan harakatning natijalari uning maqsadi nuqtai nazaridan baholanadi va tuzatiladi. Har qanday ish harakatni bajarishdan oldin uning modeli miyada tayyor bo’ladi, ana shu modelga qarab u boshqariladi, olingan natija modelga qarab baholanadi. Odam bilan uning tevarak-atrofidagi olam o’rtasida doimo o’zaro bir- biriga ta’sir qilish jarayoni bo’lib turadi. Odam bu protsessda dunyoni o’z psixikasi bilan aks ettiradi. Shu bilan birga, voqelik odam ongida ko’zgudagi kabi passiv ravishda aks etmay, balki aktiv ravishda aks etadi: odam tevarak-atrofdagi olam bilan o’zaro bir-biriga ta’sir ko’rsatar ekan, shu jarayonda olamga ta’sir etadi, uni o’zgartiradi va uni o’z ehtiyojlariga moslashtiradi. Psixik mahsullar - psixik jarayonlarning natijasidir. Bularga sezgi va idroklarning obrazlari, tasavvurlar, muhokamalar, tushunchalar shaklidagi subyektiv psixik mahsullar kiradi. Yoqimli va yoqimsiz tuyg’ular, tinchlik-farosat, hayajonlanish va ma’yuslanish, uyg’oqlik va uyqu holatlari, dadillik va taraddudlanib qolish holatlarini boshdan kechirish holatlarga kiradi. Xilma-xil psixik hodisalarni: bilish, emotsional soha (hissiyot sohasi) va iroda sohasi deb uchga bo’lish qadimdan bor. Odam ongi faoliyatida zohir bo’ladigan ana shu turlar psixik funksiyalar deb ataladi. Bilish hodisalari boshqacha aqliy, intellektual jarayonlar deb ataladi. Sezgilar, idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq – bilish jarayonlaridir. Periferiyadagi nervlardan ba’zilari qo’zg’alishi periferiyadan markazga ham, markazdan periferiyaga ham o’tkazadi. Sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlardan qo’zg’alish bir xil tezlik bilan o’tmaydi; sezuvchi nervlar qo’zg’alishni harakatlantiruvchi nervlarga nisbatan sekinroq o’tkazadi. Sezuvchi nervlar ayrim sezgi organlariga yoyilib, har bir organning asosiy negizini tashkil etadi. Har bir sezuvchi nerv muayyan organga ko’ruv, eshituv, hid bilish va shunga o’xshash organlarning biriga xos bo’lgan spetsifik qo’zg’alishlarni o’tkazadi. Harakatlantiruvchi nervlar ayrim organlarning va muskul ayrim qismlari harakatini idora etadi. Katta yarim sharlar po’stining peshona qismlarida periferik nerv sistemasining ham, vegetativ nerv sistemasining ham funksiyalarini birlashtiradigan yuksak markazlari bor. Bosh miya po’stidan periferik nerv sistemasiga ham, vegetativ nerv sistemasiga ham impulslar kelib turadi. Binobarin, vegetativ nerv sistemasini, shuningdek, boshqa qism va markazlarni bosh miya po’sti idora etadi. Vegetativ nerv sistemasi umumiy nerv sistemasining bir qismi bo’lib, ichki organlar hazm, nafas, qon aylanish organlarining ishlarini va ichki sekretsiya bezlarining faoliyatini idora qiladi. Vegetativ nerv sistemasi organizmning umuman hamma hayotiy jarayonlarini idora etadi. Organizm jarayonlarining shu tariqa vegetativ nerv sistemasi tomonidan idora etilishi organlar faoliyatining kuchayishi va susayishida, ortishi va kamayishida ko’rinadi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar bilangina bog’lanib qolmay, balki organizmning boshqa hamma qismlari bilan ham bog’langandir. Vegetativ nerv sistemasining markazdan qochuvchi tolalari hamma sezgi organlarida va teri hujayralarida bor. Vegetativ nerv sistemasi o’sha tolalar orqali sezgi organlariga ta’sir etib, ularning faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Jumladan, vegetativ nerv sistemasi sezgi organlarining adaptatsiyasiga (ya’ni moslanishiga) ancha yordam berar ekan. Vegetativ nerv sistemasi markaziy nerv sistemasining turli qismlariga, jumladan, bosh miya po’stiga ham ta’sir etadi. Shuning uchun ham vegetativ nerv sistemasining ta’siri psixik jarayonlarda ham ko’rinadi. Vegetativ nerv sistemasi ikki bo’lakdan: simpatik nerv sistemasi va parasimpatik nerv sistemasidan iborat. Simpatik nerv sistemasining markazlari gipotalamusda, orqa miyaning ko’krak va yuqori bel bo’limlaridadir. Simpatik nerv sistemasining tolalari tanadagi hamma organlarga yoyiladi. Parasimpatik nerv sistemasining markazlari to’rt tepalikda, o’rta miyada (Varoliy ko’prigi), uzunchoq, miyada va orqa miyaning dumg’aza bo’limidadir. Simpatik va parasimpatik nerv sistemalari ichki organlar faoliyatini idora etishda “antagonistlar” rolini belgilaydi. Har bir analizatorning periferiyadagi chekka tarmoqlari tegishli sezgi organlarida - ko’ruv organida (ko’z), eshituv organida (quloq), hid bilish organida (burun - halqum) va boshqa organlarda bo’ladi. Analizator – avvalo sezgi va idroklarimizning nerv-fiziologik apparatidir. Analizator quyidagicha ishlaydi: analizatorning chekka tarmoq egati (retseptor) tegishli qo’zg’alishlarni sezib, qaytadan ishlab, maxsus nerv qo’zg’alishiga aylantiradi. Masalan, ko’ruv retseptori tabiatdan yorug’lik tebranishlarini, eshituv retseptori esa havo tebranishlarini ajratib oladi. Analizatorning ikkinchi bo’limi qo’zg’alishni periferiyadagi (chekka) tarmoqlardan bosh miya po’stiga o’tkazadi. Sa’y- harakatlarning amalga oshirilishi beto’xtov ravishda nazorat qilinadi, uning mahsulasi harakatning pirovard maqsadi bilan qiyoslanadi va unga ayrim tuzatishlar kiritiladi, xuddi shu tarzda boshqaruv betinim takrorlanaveradi, harakatni nazorat qilish jarayoni esa sezgi a’zolari yordami bilan vujudga keladi. Sa’y-harakatning sensor (sezgi a’zolari yordamida) nazorat qilishning isboti uning oynadagi o’z aksiga qarab chizishda o’z ifodasini topadi. Ma’lumki, oynada qalamning odam qo’li harakat yo’nalishi bo’yicha emas, balki qarama-qarshi tomonga harakatlanayotganday tuyuladi. Inson ko’rish orqali mashqlanishi tufayli ma’lumotlardan foydalanish bilan harakatni muvofiqlashtirishni uddalaydi. Sa’y-harakatlarning nazorat qilish jarayoni va ularni boshqarish teskari aloqa prinsipiga binoan ro’yobga chiqadi. Ushbu hodisani amalga oshish imkoniyati quyidagi omillarga bevosita bog’liq holda kechadi: a) sezgi a’zolari aloqa kanali vazifasini bajargan taqdirda; b) ular axborot manbai sifatida harakat rolini o’ynaganda; v) sa’y-harakatlarni aks ettiruvchi alomatlar bu jarayonda xabar yetkazuvchi sifatida qatnashganida va boshqalar. Ta’kidlab o’tilgan omillar orqali amalga oshadigan teskari aloqaning bunday shaklini (ko’rinishini) rus tadqiqotchi P.K.Anoxin teskari afferentatsiya deb atagan. Afferentatsiya (lotincha aggogepz keltiruvchi degan ma’no anglatadi) hamda tashqi qo’zg’atuvchilardan hamda ichki organlardan, axborotni qabul qiluvchi hissiy a’zolardan markaziy nerv sistemasiga kelib tushuvchi nerv impulslarining doimiy oqimini bildiradi. To’g’ri aloqa-axborotlarining tashqaridan kirib borishini anglatib kelsa, teskari afferentatsiya uning aks holatini aks ettiradi. Sa’y-harakatlarning hammasi ham organlarning faoliyatini tushuntirish uchun xizmat qiladi va nazorat (boshqaruv) jarayoni qanday kechishini tahlil etish imkoniyatiga ega. Senzitivlik (lotincha zepsis sezish, his qilish degan ma’no anglatadi). Senzitivlik yuzasidan insonda bironta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur bo’lgan o’ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo’lishi uchun qo’zg’ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi. XX asrning ikkincha yarmida paydo bo’lgan layoqatni miyaning mikrotuzilishi va sezgi a’zolari bilan bog’lovchi faraz eng mahsuldor bo’lib hisoblanadi. Miya hujayralarini tadqiq etish iste’dodli shaxs nerv hujayralarining morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash mumkinligi faraz qilinadi. Layoqatlar bilan nerv jarayonlarining ayrim differentsial xususiyatlari hamda oliy nerv faoliyatining tiplari o’rtasida bog’liqlik mavjudligi to’g’risida faraz ham haqiqatga yaqindir. Rus psixologi B.M. Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati tiplarining xislatlari ta’siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida qandaydir sifat xususiyatlari paydo bo’lishini aniqlashga urinishgan. Jumladan, asab tizimining alohida sezgilari ma’lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga kelishi mumkin. Eksterioretseptiv sezgilar - ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri sezgilari. Proprioretseptiv sezgilar - muskul-harakat, statik sezgilar; Interioretseptiv sezgilar - organik sezgilar. Sezgi - qo’zg’atuvchilarning idrok a’zolari retseptorlariga ta’siri tufayli vujudga keladigan, obyektiv dunyo xossalarining subyektiv in’ikosidir. Inson tartibsiz holdagi kechinma va tasavvurlar orasidan ba’zi obyektlarni ajratib oladi va bu bilan go’yoki ushbu tartibsizliklarni tartibga keltiradi. Inson sezgi a’zolariga ta’sir qilish uchun biron narsa idrok etildi, anglandi deyishga hali erta. Predmet yoki predmet emas deb hisoblash insonning o’ziga bog’liq: kim uchundir tashqi muhitda musiqaviy ovoz va shovqinlar, ularda uyg’unlashmaganlik (dissonans) va uyg’unlik (konsonaj); kimgadir esa mashinaning ishlashidan darak beruvchi shovqin yoki hayvonlar tomonidan chiqarilayotgan ovozlar, kim uchundir suhbatdoshning nutqidagi mantiqiy urg’u berishlar, kimgadir turar joylarni muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz rejalashtirish va boshqalar. Kimlar uchundir esa, agar u bunday narsalarni bilmasa, ular go’yoki yo’qdek “zo’r berib eshitmaslik va ko’rmaslik” payida bo’ladi. Download 281.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling